Gamesvideo o’yinini keltirishimiz mumkin. Bunday komp’yuter o’yinlari biznes,
ommaviy axborot vositalari va nodavlat tashkilotlari buyurtmalari bo’yicha
yaratilgan. Yan Bogost ning o’zi mahsus o’yinlar va hayotga mos bolgan o’yin
qoidalari yordamida real dunyoning qonun-qoidalari, muammolarini o’rganish
mumkinligiga va ularning mumkin bo’lgan yechimlari tushuntirila olinishiga
astoydil ishonadi. U bunga misol sifatida aeroportlarda bagajlarni ko’rib chiqish
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
qoidalarining tez-tez o’zgarib turishi anchagina salbiy holatlarga olib kelishi
mumkinligini bojxona simulyatori deb nomlangan video o’yin yordamida tahlil
qilib, tushuntirib berishga muvaffaq bo’lgan.
Endi yangi raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi yaqin
kelajakda maktablarni qanday darajada o’zgartirib yuborishi mumkinligini ko’rib
chiqamiz. Kelajakda biror bir inson planshet sotib olib va unda sun’iy intellektli
dasturini joylashtirib olgandan so’ng, o’zining o’qituvchisi bilan muloqot
qilmasdan ham bilim olishi mumkin bo’ladi. 10-15 yiillardan so’ng, sun’iy
intellect vositasida oliy ta’lim olish xuddi yozish va o’qishga o’xshab oddiy xol
bo’lib qoladi. 2017 yilning noyabrida Mikrosoft kompaniyasi xitoy tilini o’rganish
uchun mo’ljallangan mahsus dastur ishlab chiqdi. Unda o’quvchi chatda
o’qituvchi-botning qisqacha so’zlardan iborat (audio va matnli ko’rinishdagi)
ma’lumotlariga javob bergan xolda ta’lim oladi. Ammo Mikrosoftning ushbu
raqamli o’qituvchisi navbatdagi oddiy chat-bot emas, balki undagi sun’iy intellect
algoritmi foydalanuvchining javoblarini tahlil qilgan xolda uni o’qitish uchun
kerakli bo’lgan imkoniyatlarni tanlaydi va shuning asosida ta’lim jarayonini
amalga oshiradi. Real hamsuhbatni imitatsiya qilish uchun raqamli o’qituvchiga
dastur interfeysi ham yordam beradi. U Osiyoda ommabop bo’lgan WeChat
messenjeriga o’xshab ketadi. Shunday qilib, raqamli texnologiyalarning
rivojlanishi ta’limni asta-sekinlik bilan o’zgartirib, bilim olish jarayonini
soddalashtiradi. AQSH da turli xildagi servislar maktab o’quvchilariga uy
vazivalarini tezroq bajarish imkonini yaratadilar. Bu tendentsiyalar tufayli oddiy
o’quv qo’llanmalar, o’quv qo’llanmalar va referatlarning aktualligi sekin-asta
yo’qolib bormoqda. Chunki har bir o’quvchi kerakli ma’lumotlarni topish uchun
googldan, vikipediyadan yoki elektron kutubxonalardan foydalanish imkoniyatiga
ega. Hozirgi paytda raqamli elektron ko’rinishdagi informatsiya yetarli bo’libgina
qolmay, balki keragidan ham ko’proqdir. Faqatgina talaba va o’quvchilar kerakli
ma’lumotlarni qaerlardan olish mumkinligini bilsalar bas. Talabalaga ta’lim
beruvchi o’qituvchilar, repetitorlar va masofaviy ta’lim pedagoglari yoshlarga
bilim berish uchun elektron yordamchilardan keng miqyosda foydalanmoqdalar.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Masalan, Djordjiya universiteti o’qituvchisi Ashok Goel alohida o’quv kanalida
talaba chat-boti uchun raqamli yordamchini ishga tushurgan. U Djil Uotson chat-
botiga talabalar uchun to’g’ri va insonga hos javob tanlash uchun forumlardan 40
mingta ma’lumotni joylashtirdi. Bu algoritm talabalarga nafaqat uy vazifalarini
bajarishga ko’mak beradi, balki smartfon yordamida darsdan tashqari
mashg’ulotlar o’tkazishga ham imkon beradi. Xozirda Yotsonnikiga o’xshash
botlar dunyodagi barcha yetakchi universitetlarga tadbiq qilinmoqda. Ulardan biri
Oslodagi BI Norwegian Business School dir. Massachusets texnologiya instituti
media laboratoriyasida ishlab chiqilgan Tega ismli robot o’quvchiga individual
yondoshuv asosida ta’lim beradi. Ushbu ta’lim muassasasida talabalar ispan tilini
Tega roboti bilan birgalikda planshet komp’yuterda o’yinlar vositasida
o’rganishadi. Ta’lim jarayoni o’qituvchi sifatida emas, balki sinfdosh yoki
kursdosh bilan birgalikda ta’lim olish ko’rinishida tashkil qilingan. Masofaviy
ta’limning zamonaviy servislari ham yangi raqamli texnologiyalar vujudga kelishi
bilan o’zgarib ketmoqda. Masalan, Duolingo servisi chet tillarni o’qitishda o’z
botini ishlatmoqda. O’quvchi chat-botga savol beradi va javobini tezlik bilan oladi.
Ammo sun’iy intellektning tezlik bilan rivojlanishi chat-bot bilan va repetitor bilan
bo’ladigan mashg’ulotlarni o’tmishda qoldirishi mumkin. Chet tillarni o’rganish
uchun mo’ljallangan Parla dasturi ham sun’iy intellektga asoslangan raqamli
o’qituvchi yaratishga bo’lgan katta bir qadam deyish mumkin. Undagi ta’lim
texnologiyasi o’quvchining bilim darajasini tahlil qilgan xolda uning uchun
individual ta’lim dasturini yaratadi va uni talabaga moslashtiradi. Bu tizimni ishlab
chiqqanlarning fikricha, to’g’ri va xato savollarni, misol va masalalarning yechich
tezligini, talabaning qiziqishini hisobga olgan xolda sun’iy intellect dasturi uning
uchun o’qitishning individual yondoshuvini topa oladi. Parla va Mikrosoft kabi
ta’lim dasturlari yaqin 5-10 yillar ichida mobil o’qituvchilar paydo bo’lishini
anglatadi. Bu boradagi muammolarni o’rganish jarayonida bir savol tug’ladi: “Nega
komp’yuterlar vosidasida o’qitish jarayoni insonlarnikiga qaraganda yaxshi deb
hisoblash mumkin?”. Chunku, birinchidan, zamonaviy raqamli information jamiyatda
aqlli mashinalardan cho’chish hissi borgan sari kamayib bormoqda. Ikkinchidan,
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ko’pchilik mamlakatlarda malakali o’qituvchilar yetishmaydi va bu yetishmovchilikning
o’rnini iloji boricha tezlik bilan raqamli texnologiyalar vositasida to’ldirish zarur. PISA
2009 o’tkazgan izlanishlardan ham ma’lum bo’ldiki, Braziliyada 35% va Meksikada
70% oqituchilar sifatli ta’lim berish uchun yetarli bo’lgan malakaga ega emas ekanlar.
Xindiston, Xitoy va Yaponiyada ham yuqori malakali o’qituvchilar soni unchalik ko’p
emas. Bot.Me: A Revolutionary Partnership deb nomlangan ilmiy izlanishda so’rov
o’tkazilgan insonlarning 63% qismi sun’iy intellect bilan jihozlangan mashinalar
insoniyatning ko’pgina muammolarini hal qilib berishiga ishonishlarini bildirganlar.
An’anaviy ta’limdagi yana bir muammo – har bir talabaning har xil tezlik bilan bilim
olishidir. Kimlardir bir marta o’qiganda barcha materialni tushunib olishsa, boshqa
talabalarning berilgan o’quv materialini o’zlashtirib olishlari uchun ancha vaqt kerak
bo’ladi. O’qituvchining esa talabalarni guruxlarga bo’lib, ularning o’zlashtirish
darajalariga mos ravishda o’qitishni tashkil qilish uchun imkoniyati yo’q. Matematika
bo’yicha
ta’limning
online
platformasi
bo’lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |