o’yinlarni bekorchi vaqt o’tkazish deb hisoblaganlar, boshqalari esa uni yosh
tushunadilar. Xozirgi davrda esa bunday ehtirosli yondoshuvlarni uzoqni ko’ra
bilmaslik bo’lganligini qayd etish mumkin. Turli darajadagi va sohalardagi
ta’limga oid mutaxassis-ekspertlarning holisona fikrlariga ko’ra, video o’yinlari,
boshqa turdagi media vositalarga qaraganda real dunyodagi bilimlarni va
tajrivalarni virtual dunyoga kirgan holda yaxshiroq o’zlashtirish imkonini yaratar
jarayonlarning rivojlanish mantiqi haqida juda yaxshi taa’surot hosil qiladi va
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
buning natijasida nega ba’zi bir tsivilizatsiyalar yer yuzidan izsiz yo’qolib ketishi
va ba’zilarining esa tez sur’atlar bilan rivojlanib ketishi sabablarini tushuntirib
beradi. Shunday qilib, agarda o’quvchi oddiy tarix kitoblaridan o’tmishning muhim
voqea-hodisalari haqida qandaydir ma’lumotlar olsa, katta miqyosdagi va yaxshi
o’ylab tashkil qilingan o’yin simulyatorlari undan ko’ra ko’proq va muhimroq
ma’lumotlarni bilish hamda o’zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Ya’ni, insoniyat
jamiyatining rivojlanishi aniq qonuniyatlarga bo’ysunishini va xuddi shu tufayli
qandaydir yo’nalishlarda rivojlanishini anglashga imkon beradi. Masalan, Serious
Games deb nomlangan jiddiy komp’yuter o’yinlari tarafdorlari bunday
o’yinlarning tashqi ko’rinishiga kamroq ahamiyat berib, uning o’yin mexanikasiga
asos solingan abstract printsiplarga ko’proq e’tibor berish kerakligini uqtiradilar.
Nimalargadir o’rgatuvchi va nimalardir bo’yicha malaka oshirishga imkon
beruvchi komp’yuter o’yinlarining ko’zga yaqqol tashlanib turgan afzalliklariga
qaramasdan, zamonaviy ta’lim tizimida video o’yinlar vositasida o’qitish usulidan
juda kam miqyosda foydalaniladi. Buning sababi, nafaqat jamiyatning komp’yuter
o’yinlariga nisbatan salbiy munosabati, ko’pchilik katta mavqega ega va keksa
yoshdagi pedagog-olimlarning kom’yuter o’yinlari kontseptsiyasini juda yuzaki
tushunishi (yoki komp’yuter savodxonligi past darajada ekanligi tufayli umuman
tushunmasligi), balki murakkab, mantiqli, chiroyli, qiziqarli va aynan kerakli
bo’lgan komp’yuter o’yinlarini yaratish uchun juda katta mablag’lar kerakli
bo’laganligidir. Bu to’siqni muvaffaqiyatli yengib o’tish uchun ishonch, bilim,
intilish, moliyaviy va tashkiliy baza hamda siyosiy chora-tadbirlar kerak boladi.
Misol sifatida, zamonaviy komp’yuter o’yinlarining asosiy nazariyotchilaridan biri
bo’lgan Yan Bogost tomonidan ishlab chiqilgan tijoriy yo’nalishdagi Persuasive
Do'stlaringiz bilan baham: