jismoniy shaxslar orasidagi shartnoma asosida yoki bank kreditlari asosida, yohud
banklar va yirik kompaniyalarning mablag’lari asosida tashkil qilinadi. Venchur
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Ushbu g’oya amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot
yoki ko’rsatiladigan hizmatlarga ichki va tashqi bozorlarda talab mavjudligi;
Bu g’oya asosida tavakkalchilik bilan yangi firma tashkil qilib, uni boshqara
oladigan real tadbirkorning mavjudligi;
Ushbu venchur firmani moliyalashtirish uchun kerakli miqdordagi
“tavakkalchi” kapitalni topish mumkinligi.
Investitsiyalarning boshqa turlaridan farqli o’laroq, venchur biznesga
moliyaviy mablag’ investitsiya qilish quyidagi hususiyatlarga ega:
Venchur biznesga moliyaviy mablag’lar kafolatsiz hamda moddiy ta’minotsiz
jalab qilingani uchun investorlar katta tavakkalchilikka duch keladilar, chunki
muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ular juda katta mablag’larni
yo’qotishlari mumkin. Ammo bunday tavakkalchilikka tayyor bo’lish
tadbirkorlarning venchur biznes muvaffaqiyatiga astoydil ishonishlari va
ularning o’zlari yakka holda bu ishni amalga oshira olmasliklari bilan
tushuntiriladi;
Investorning venchur firma ta’sis (ustav) kapitalida majburiy 50% dan
oshmagan bevosita yoki bilvosita ulushga ega bo’lishi. Ya’ni tavakkal kapitali
firmaning ustav kapitaliga ulush kiritish tariqasida ishtirok etib, bu moliyaviy
mablag’lar ajratilishiga alohida ta’sir ko’rsatidi. O’z navbatida investorlar
moliyalashtirilgan firmaning foydasidan o’z ulushlarini olish huquqiga ham ega
bo’ladilar;
Mablag’lar qaytib bermaslik asosida uzoq muddatga beriladilar, chunki ba’zi
hollarda mablag’larining samaradorligini bilish va tegishli daromad olish
uchun investorlar 3-5 yil kutishlariga to’g’ri keladi;
Investorning moliyalashtirilgan venchur firmani boshqarishda faol ishtiroki
talab qilinadi, chunki investorlar venchur firmaning muvaffaqiyatiga shaxsan
qiziqadilar va shuning uchun mablag’ berish bilangina kifoya qilmaydilar.
Venchur firmalar ikki xil tashkiliy ko’rinishlarda faoliyat ko’rsatishlari
mumkin. Bulardan biri mustaqil venchur firmalar bo’lsa, ikkinchisi yirik
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
tashkilotlar tarkibida tashkil qilinadigan venchur firmalardir. Yangi mahsulot yoki
hizmat turi yaratish bo’yicha loyiha tanlanganida ikki holat albatta hisobga olinadi:
birinchidan, bu loyihaning maqsadlari va hal qiladigan masalalari asosiy
kompaniyaning an’anaviy faoliyati bilan mos tushmasin – ya’ni, ichki venchurning
asosiy maqsadi - katta daromad keltiradigan yangi innovatsiyalar topish va uni
kompaniya faoliyatiga tadbiq etishdir. Ikkinchidan, yangi g’oyalar tanlanayotganda
ulardan olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy natija sarf-xarajatlarni oqlashdan
tashqari, katta foyda keltiradigan darajada yetarlicha miqdordagi kattalikda bo’lishi
lozim. Texnologik rivojlanishning milliy qadriyatlarini hosil qilishda va ularni
amalga oshirishda davlatning, ilm-fanning hamda biznesning imkoniyatlarini
birlashtirishda foydalanilishi mumkin bo’lgan eng muhim uskunalardan biri
texnologik platformalardir. Texnologik platforma – yangi tijoriy raqamli
texnologoyalar, mahsulotlar, hizmatlar yaratishda qo’shimcha zahiralarni jalb etish
uchun barcha qiziquvchilarni (shu jumladan, davlat, fan, biznes va jamiyat
a’zolarini) birlashtirish imkonini beradigan kommunikatsion imkoniyatdir. Uning
vositasida biror bir ilmiy-texnik innovatsiyani amalga oshirayotgan firma va
tashkilotlardan iborat bo’lgan klasterlarga (birlashmalarga) kerakli bo’lgan
ko’mak ko’rsatiladi. Klasterlar esa raqamli texnoligiyalarda yangilik kutilayotgan
yo’nalishlarda tashkil qilinib, uning vositasida yangi bozorbop imkoniyatlar
topiladi. Shuning uchun ham iqtisodiy jihatdan rivojlangan va endigina
rivojlanayotgan ko’pgina mamlakatlar eng yangi raqamli innovatsion
yo’nalishlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida klasterlar tashkil qiladilar.
Ilm-fan va ishlab chiqarish birlashishining yana bir asosiy imkoniyatlaridan biri
raqamli texnologiyalar transferining bozoriy mexanizmini yaratishdir. Raqamli
Do'stlaringiz bilan baham: