Техник конструкциялаш ва моделлаш


Tabiiy gazlarning uzoq masofaga uzatilishi va magistral gaz quvurlarining tasviri



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

Tabiiy gazlarning uzoq masofaga uzatilishi va magistral gaz quvurlarining tasviri
Tabiiy  gaz  qazib  olingandan  so‘ng  talab  darajada  qayta  ishlov  berilishi  oldingi  (2.1,2.2) 
boblarda  qarab  chiqildi.  Tabiiy  gazlarni  gaz  paydo  bo‘lgan  joyda  uzoq  masofalarga,  turli  xil 
iste’molchilarga  yetkazib  berish  uchun  asosiy  gaz  yetkazib  beruvchi  qurilma  hisoblangan 
magistral  gaz  quvurlaridan  foydalaniladi.  Magistral  gaz  quvurlari  o‘ta  muhim  obyekt 
hisoblanib, ularning uzunligi bir necha minglab kilometr masofalarga ega bo‘lishi va xalqoro 
ahamiyatga ega  bo‘lgan ko‘plab mamlakatlar hududlaridan o‘tgan, bir birini bog‘lovchi  yirik 
obyektlar hisoblanadi.  
Magistral  gaz  quvurlarini  gaz  oqimining  ishchi  bosimiga  qarab  quyidagi  uchta  turga 
bo‘lish mumkin:  
Birinchi  turi  yuqori  bosimli  hisoblanib  unda  gaz  oqimining  bosimi  25  kgs/sm2  (2,5 
MPa)dan yuqori bo‘ladi.  
Ikkinchi turi o‘rtacha bosimli hisoblanib, gaz oqimining ishchi bosimi 12—25 kgs/sm2, 
ya’ni (1,2—2,5MPa) oraliqda bo‘ladi.  
Uchinchi  turi  past  bosimli  hisoblanib,  gaz  oqimining  bosimi  —  12  kgs/sm2 
(1,2MPa)gacha bo‘ladi.  
Bundan  tashqari  magistral  gaz  quvurlarida  gaz  oqimining  miqdorini  oshirish  uchun 
quvurning  mustahkamligini  hisobga  olgan  holda,  gaz  oqimining  ishchi  bosimini  50—55 
kgs/sm2  (5—5,5MPa)  gacha  yetkazish  mumkin.  Hozirgi  paytda  yangi  qurilayotgan  magistral 
gaz  quvurlarida  gaz  oqimini  katta  mikdorda  yetkazib  berishni  ta’minlash  uchun  75  kgs/sm2 
(7,5  MPa)  ishchi  bosimga  mo‘ljallangan  magistral  gaz  quvurlari  loyihalanmoqda.  Ilmiy 
tekshiruv va loyihalash institutlarida, o‘ta sifatli, yuqori darajada mustahkamlikka ega bo‘lgan 
metallardan gaz quvurlari tayyorlash uchun  magistral gaz quvurlarda gazning  ishchi  bosimini 
100—120 kts/sm2 (10—12MPa)ga yetkazish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda.  


73 
 
Hozirgi  paytda  Respublikamiz  hududida  foydalanib  kelinayotgan  asosiy  magistral  gaz 
quvurlarining diametri 1350 mm. gacha bo‘lib, ulardagi gaz oqimining ishchi bosimi 5.5 MPa 
gacha mo‘ljallangan.  
Gaz ta’minoti tarmoqlarida gaz quvurlarining diametri 1420 mm. gacha bo‘lib ulardagi 
gaz  oqimining  bosimi  maksimal  7,5  MPa  gacha  mo‘ljallangan  bo‘ladi.  Gaz  quvurlarining 
diametri  qancha  kagta  bo‘lsa,  gaz  yetkazib  berish  miqdori  ko‘payib  boradi  vatejamli 
hisoblanadi.  Xalqaro  aloqadagi  magistral  gaz  quvurlarida  quvurning  diametri  1750  mm  va 
undan ham katta o‘lchamga ega bo‘lishi ham mumkin.  
Magistral  gaz  quvurining  qanday  o‘lchamdagi  diametrga  ega  bo‘lishi,  uning  texnik 
tejamkorligiga,  iste’molchilarning  joylanish  hududlariga,  tabiiy  va  seysmik  sharoitlari  va 
boshqa sharoitlarga bog‘liq.  
Tasvirda  magistral  gaz  quvurining  gazni  qazib  olinishidan  tortib,  iste’molchilarga 
yetkazib berilishining ketmaketligi ko‘rsatilgan. Gaz qazib olingan joydan gaz yig‘uvchi quvur 
orqali  chang  tozalagichga  yetkazib  beriladi.  Chang  tozalagichda  gazning  tarkibidagi  turli  xil 
qattiq birikmalar va mexanikaviy aralashmalardan tozalanadi. Undan so‘ng kuvur orqali oraliq 
gaz  ta’minlovchi  stansiya  (OGTS)  ga  yetkazib  beriladi.  OGTS  da  gaz  qaytadan  moyli 
changtozalagichlar  orqali  tozalanadi,  quritiladi,  maxsus  hid  beriladi  va  magistral  quvur 
mo‘ljallangan bosimgacha gaz oqimining bosimi pasaytiriladi.  
Gazdan  foydalanishning  dastlabki  davrida  gaz  qatlamida  gazning  bosimi  yetarlicha 
bo‘ladi.  Bosh  kompressor  stansiyasi  yer  osti  qatlamida  gazning  bosimi  pasaygandan  so‘ng 
qurilishi  kerak.  Oraliq  kompressor  stansiyalari  (OKS)  taxminan  har  150—180  km  oralikda 
quriladi.  
Magistral  gaz  quvurlaridan  normal  foydalanish va  ta’mirlash ishlarini amalga  oshirish 
uchun  har  25  km  gacha  bo‘lgan  masofada  boshqaruv  armaturalari  (BA)  o‘rnatiladi.  Gaz 
ta’minotining ishonchli ishlashini ta’minlash uchun va ko‘p mikdordagi gazni yetkazib berish 
uchun  bir  paytda  ikki  va  undan  ortiq  tarmoqdagi  gaz  quvurlari  ham  qurilishi  mumkin. 
Magistral gaz quvurlaridan gaz yirik iste’molchilarga — shaharlarga, sanoat korxonalariga gaz 
ta’minlovchi  stansiyalar  (GTS)  orqali  yetkazib  beriladi.  Magistral  gaz  quvurlari  o‘tkazilgan 
hududlardagi  iste’molchilarni  —  sanoat  korxonalarini,  aholi  punktlarini  gaz  bilan  ta’minlash 
ham GTS lar orqali amalga oshiriladi.  
Magistral gaz quvurlarida gaz qazib olingan joydan iste’molchilargacha bo‘lgan oraliq 
birbiri  bilan  muhim  bog‘lanishga  ega,  bunga  sabab  quvurlarning  ichki  hajmi,  ulardan 
o‘tayotgan gaz mikdoriga nisbatan juda kichik hajmga egaligidir. Shuning uchun ham gazning 
quvur ichida jamlanish hajmi kichik mikdorga ega bo‘lganligi sababli faqatgina gazning sutka 
davomida  notekis  taqsimlanishi-nigina  ta’minlashi  mumkin.  Gazning  mavsumiy  notekis 
taqsimlanishini ta’minlash uchun yer osti gaz saqlagich omborlaridan va qish paytida boshqa 
turdagi  yoqilg‘iga  o‘tuvchi  gazmazutli  yoki  gazko‘mir  chang  aralashmasi  yordamida  ish, 
lovchi gaz gorelkalaridan foydalaniladi.  
Magistral  gaz  quvurlari  yuqori  sifatli  uglerodli,  yaxshi  payvandlanuvchi  po‘latdan 
tayyorlanadi.  quvurlarning  bog‘lanishi  payvandlash  natijasida  amalga  oshiriladi. 
quvurlarning  yotqizilish  chuqurligi,  yer  ustidan  quvurning  ustki  qismigacha  0.8  metrdan 
kam  bo‘lmasligi  kerak.  Magistral  gaz  quvurlarini  zanglashdan  himoyalanishi  uchun 
zanglashga  qarshi  qoplamalar  bilan  normal  holatda,  muhim  va  o‘ta  muhim  ko‘rinishli 
katlamlarda himoyalanadi.  
Agarda  quvur  yotqizilgan  hududlarda  tuproq  tarkibining  zanglashga  ta’siri  o‘ta 
xavfli,  daydi  toklar  mavjud  bo‘lgan  hududlarda,  elektrli  himoyalanish  usullaridan 
foydalaniladi (qurilish meyori va qoidalariga asosan).  
Magistral  gaz  quvurlarida  quvurning  optimal  diametri  va  kompressor 
stansiyalarining  soni  texnik  iqtisodiy  hisoblashlarda  aniqlanadi.  Magistral  gaz 


74 
 
quvurlarining asosiy foydalanish ko‘rsatkichi, bu quvurning‘ sutka davomida gaz o‘tkazish 
quvvatini hisoblash demakdir. 
Gaz ta’minoti tarmoqlari uchun ishlatiladigan gaz quvurlari, boshqaruv armaturalari 
va uskunalari.  
Gaz  quvurlari:  Gaz  ta’minoti  sistemalarida  gaz  quvurlari  uchun  asosan  po‘latdan 
tayyorlangan  quvurlar  ishlatiladi.  Ba’zi  bir  hollarda  plastmassali  va  asbestsementli, 
cho‘yan quvurlar ham ishlatilishi mumkin. Po‘latdan tayyorlangan gaz quvurlari bir qancha 
qulayliklarga ega ya’ni: yuqori mustahkamlikga ega, egiluvchan va yaxshi payvandlanadi, 
turli  xil  ko‘rinishli  formada  qayrilish  xususiyatiga  ega.  Shu  bilan  birgalikda  quyidagi 
kamchiliklarga  ham  ega,  ya’ni:  zanglashga  moyil,  katta  qiymatdagi  harorat  kengayishiga 
ega va baho qiymati yuqori.  
Po‘lat quvurlar tayyorlanish usullariga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: choksiz 
va to‘g‘ri chokli; choksiz quvurlarning diametri 100—150 mm gacha bo‘lib, sovuq prokatli 
usulida  tayyorlanadi.  Katta  diametrli  quvurlar  diametri  426  mm  gacha  bo‘lganlari  chokli 
ko‘rinishda bo‘lib, issiq prokatli usulda tayyorlanadi. To‘g‘ri chokli payvandlanuvchi yirik 
diametrli  (quvurning  diametri  426  mm  katta  bo‘lgan)  quvurlar  qalin  o‘lchamli  po‘lat 
listlardan,  presslar  yordamida  qolipli  ko‘rinishga  keltirishda  amalga  oshiriladi.  Spirat 
chokli  quvurlar  kengligi  1000—1500  mm  bo‘lgan  rulonli  po‘latlistlardan  tayyorlanib. 
oralig‘i  payvandlovchi  mashinalar  yordamida payvandlanadi. Spiral chokli  quvurlar,  to‘fi 
chokli quvurlarga nisbatan arzon bo‘lib, katta uzunlikdagi quvurlar tayyorlanadi. 
 Hozirgi  paytda  gaz  ta’minoti  sistemalarida  gaz  quvurlari  uchun  asosan  po‘latdan 
tayyorlangan  quvurlar  ishlatiladi,  quvurlar  mustahkam,  egiluvchan  va  yaxshi 
payvandlanuvchi  bo‘lishi  kerak.  Tashqi  yer  ostida,  yer  ustida  yotqizilgan  va  ichki  gaz 
quvurlari  o‘rtacha  va  yuqori  bosim  uchun  mo‘ljallangan  bo‘lsa  ular  davlat  standart 
o‘lchamlari  (GOST)  ga  javob  berishi  kerak.  Past  bosimdagi  gaz  quvurlari  uchun  talab 
etilgan  standart  o‘lchamlar  mavjud.  quvurlar  ishlab  chiqarilgan  zavodlarda  har  biri 
gidravlik sinovdan o‘tkaziladi.  
Gaz  ta’minoti  sistemalari  uchun  ishlatiladigan  gaz  quvurlariga  zavodda  ishlab 
chiqarilganligi haqida sertifikat bo‘lishi va sertifikatda quvurning nominal o‘lchami, po‘lat 
markasi sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar va h.k. ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.  
Tarmokli  gaz  quvurlari  uchun  ishlatiladigan  quvurning  diametri  50mm,  dan, 
iste’molchilarga  ketayotgan tarmoklar uchun esa  25  mm dan  kam  bo‘lmasligi kerak. Yer 
ostida  yotqizilgan  gaz  quvurlari  uchun  quvur  devorining  qalinligi  3  mm  dan,  yer  ustidan 
o‘tkazilgan gaz quvuri devorining qalinligi 2 m.m dan kam bo‘lmasligi kerak.  
Suv ostidan o‘tuvchi quvur devorlarining qalinligi, hisoblanish qalinligi qiymatidan 
2 mm ortiqcha  bo‘lishi,  ya’ni 5  mm dan  kam bo‘lmasligi kerak.  quvurlarning  o‘lchamini 
ularning ichki va tashqi diametrlari, quvurning qalinligi, uzunligi va shartli o‘tish o‘lchami 
xarakterlaydi.  Shartli  o‘tish  o‘lchami  Dsh  deganda,  quvurning  nominal  ichki  diametri 
tushiniladi.  Bu  qiymatdan  ko‘pincha  hisoblanishga  mos  ravishda  gaz  armaturalarini,  turli 
xil  ko‘rinishli  fason  qismlarini  tanlashda  foydalaniladi.  Quvurlarning  nominal  ichki 
diametri ya’ni shartli o‘tish qiymati yaxlitlashtirilgan qiymatda: 10, 15, 20, 25, 32, 40, 50 
mm va h.k. o‘lchamda qabul qilinadi.  

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish