152
Har qanday buyum yoki detal ish chizmasi va texnologik xarita asosida tayyorlanadi.
Ish chizmalarida detal yoki buyumning barcha o‘lchamlari va aniq shakli tasvirlangan
bo‘ladi.
Detal va buyum tayyorlashga oid asosiy hujjatlardan biri texnologik xaritadir.
Texnologik xaritalar har qaysi tayyorlanadigan detal uchun, qismlarni yig‘ish uchun,
shuningdek, buyum tayyorlash uchun tuzilgan bo‘lishi mumkin.
Texnologik xaritalar tayyorlanadigan detal yoki buyumning nomi, uning aniq
o‘lchamlari ko‘rsatilgan ish chizmasi, ish (operatsiya) ketma-ketligi va ularning eskizlari, har
bir ishni bajarish uchun kerak bo‘ladigan ish asboblari, kontrol -o‘lchov va rejalash asboblari,
ishni bajarishga yordam beradigan jihoz va moslamalar, vaqt normasi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Detal yoki buyum tayyorlashga oid texnologik jarayon ishlab chiqarish korxonasi bosh
texnologi yoki sex texnologlar byurosi tomonidan ishlab chiqilib, maxsus blankaga
tushiriladi. Bu xildagi detal yoki buyum tayyorlashga oid barcha texnologik jarayonlar
rasmiylashtirilgan texnik hujjat texnologik xarita deb ataladi.
Konstruktorlar detal yoki buyum (mexanizm yoki mashina) loyihasini tuzadi. Injener -
texnologlar ularni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqib hujjatlashtiradi (texnologik xarita -
larda rasmiylashtiradi). Ishchilar bu hujjat asosida detal tayyorlaydilar.
Agar ishchi texnologik xaritaga ma’lum o‘zgartishlar, tuzatishlar kiritib, detalni kam
vaqt, mehnat material sarflagan holda tez, oson, qulay bajarish usulini ishlab chiqsa va u ish -
lab chiqarishga joriy etilsa, bu uning ratsionalizatorlik taklifi buladi.
Asbob-uskuna va moslamalar doimo takomillashib, yangilanib turadi. Shuning uchun
texnologik xaritalarni doimo kuzatib borib, unga o‘zgartishlar, tuzatishlar kiritiladi. Eski,
unumsiz asboblar yangisi bilan almashtirib boriladi.
O‘quv ustaxonalarida detal va buyumlar tayyorlashda tayyor texnologik xaritalar bilan
bir qatorda mehnat o‘qituvchisi tomonidan tuzilgan texnologik xaritalardan ham
foydalaniladi. Bu xildagi xaritalarni tuzishda mehnat o‘qituvchisi o‘quv ustasi bilan
hamkorlikda atroflicha muhokama qilib, uni konkret ko‘rsatmalar bilan yoritishi kerak.
Shuning uchun texnologik xaritalar tuzishda mehnat o‘qituvchisi o‘quvchilarga
topshiriladigan detal yoki buyumni oldindan tayyorlab, buning asosida ish ket ma-ketligini
aniqlaydi. Shu xildagi ish tajribalari asosida buyum tayyorlashning qulay, oson, kam mehnat
va material sarflab tayyorlash usulini aniqlaydi va buning asosida texno logik xarita tuzadi.
Oldindan ishlab chiqarilgan tayyor texnologik xaritalard an ham foydalaniladi, albatta.
Biroq undan foydalanishda uni o‘quvchilar bilan birgalikda muhokama qilib, unga ma’lum
o‘zgartishlar kiritish mumkin. Bu hol keyinchalik o‘quvchilarning sodda texnologik xaritalar
tuzish ishlarini bajarishlariga yordam beradi .
O‘quvchilarning konstruktorlik va ratsionalizatorlik qobiliyatlarini rivojlantirish
maqsadida ularga sodda detallarning texnologik xaritasini tuzish, tayyorlariga o‘zgartishlar
kiritish, shuningdek, buyumlarni loyihalash ishlari topshiriladi.
Quyida detal, buyum, asboblar tayyorlashga oid ayrim tex nologik xaritalarning
namunalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: