Yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/183
Sana26.09.2021
Hajmi6,59 Mb.
#185671
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   183
Bog'liq
Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (H.Atabayeva va b.)

Kartoshka
Aham iyati.
  K artoshka  m uhim   oziq-ovqat,  texnik  o'sim lik  b o 'lib , 
tuganagi  tarkibining  75  foizi suv  va  25  foizi  quruq  moddadan  iboratdir. 
Quruq  modda  o'z  navbatida  1  foiz  mineral  birikma,  1  foiz  to'qim a,  1,2
www.ziyouz.com kutubxonasi


foiz oqsil, 0,7 foiz aminokislota, kraxmal  17-13 foiz, qand 0,9 foiz, pektin 
m oddalar  0,7  foiz,  organik  kislotalar  0,2  foiz,  moy  0,1  foiz  va  boshqa 
m oddalar  1,5  foizni  tashkil  etadi.
100 
g iste’mol  qilinadigan  75  kkal.  quvvat  beradi.  Tuganak  tarkibida 
vitaminlardan  RR   0,57  foiz,  V-l  0,11  foiz,  V-2  0,06  foiz,  V-6  0,22  foiz 
mavjud  bo‘lib,  vitamin  С  esa  eng ko‘p miqdorda  12  foizni  tashkil  etadi.
Kartoshka  hamma  turdagi mollar va  parrandalar uchun juda  yaxshi 
shirali ozuqa hisoblanadi.  U mollarga homligicha, qaynatilgan, quritilgan 
va  siloslangan  holda  yediriladi.l  kg  kartoshkaning  tarkibida  0,31  ozuq 
birligi  bor.
R esp u b lik am iz  m iq y o sid a  k a rto s h k a   a so san   o z iq -o v q a t  s i ­
fatida  ishlatish  uchun  yetishtiriladi.  Yetishtirilgan  kartoshkaning  25-30 
foizi  urug'lik  uchun  foydalaniladi.
K artoshka  agrotexnik  ahamiyatga  ega.  U  ko‘pincha  qishloq  xo'jalik 
ekinlari  uchun  yaxshi  o'tmishdoshdir.
Tarixi.
  K artoshkaning  vatani  Janubiy  A m erika  K ardilyerlaridir, 
chunki  And  tog‘i  tum anlarida  va  Tinch  okeani  sohillarida  bu  ekinning 
k o ‘pgina yovvoyi va yarim yovvoyi turlari hozir ham o ‘sadi. U Yevropaga 
XVI  asr  ikkinchi  yarmida  keltirilgan.
M arkaziy  O siyoda,  ju m la d an   0 ‘zbekistonda  kartoshka  XIX  asr 
o'rtalarida keng tarqaladi. O'zbekistonda 1999-yil 52,7 ming ga maydonga 
ekilgan,  o ‘rtacha  hosildorligi  12,1  t  ga  to‘g‘ri  keladi.
Biologiyasi.  K artoshka  issiqlikni  kam  talab  qiladi.  Shuning  uchun 
tuganaklam ing ko‘karishi va o'simlikning o‘sishi ko‘pchilik navlari uchun
6-7°C  dastlabki  harorat  deb  hisoblanadi.  Tuganaklaming  yaxshi  o'sishi 
u c h u n   esa  o ‘rta c h a   h a r o r a t  19-23  °C  ni  ta sh k il  etad i.  T u g an a k  
o ‘stirilayotgan  vaqtda  haro rat  3-5  °C  va  31  °C  dan  yuqori  b o ‘lsa  u 
k o ‘karishdan  to'xtaydi.
Kartoshka ildizi harorat 7 °C dan yuqori bo‘lgan vaqtda hosil bo‘ladi. 
U ning  poyasi  esa  5-6°C  dan  o ‘sa  boshlaydi, jadal  o‘sishi  esa  17-22  °C 
da  yuzaga  keladi.
Y uqori  harorat  kartoshkaning  irsiyatiga  va  sifatiga ham  salbiy  ta’sir 
k o ‘rsatadi,  uning  k o ‘pincha  aynishiga,  hosildorlikning kamayishiga  olib 
keladi.
Kechki m uddatda yozda ekiladigan urug‘lik kartoshka saqlash vaqtida 
yuqori  harorat  ta ’sirida  k o ‘plab  nobud  bo‘ladi,  ekilganda  yerda  chirib 
ketadi. N atijada ekin k o ‘pincha siyrak chiqadi va hosili keskin kamayadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kartoshka  yorug'sevar  o'simlik.  Tuganaklar  undirilayotgan  vaqtda 
yorug‘lik  yetarli  bo‘lmasa  u  rangi  oq,  m o‘rt  va  tezda  sinib  ketadigan 
o ‘simta  hosil qiladi.
Running uzunligi kartoshkaning rivojlanishiga katta ta ’sir etadi. Uzun 
kun  o ‘simlikning  rivojlanishi  uchun  ham ,  tuganak  hosil  qilishi  uchun 
ham  yaxshidir.
Kartoshka  namlikka  talabchan  b o ‘lishi  bilan  birga,  qurg‘oqchilikka 
nisbatan  ham  chidamlidir.  Q urg‘oqchilik,  y a’ni  tuproq  havo  namligi 
yetishm asligi  boshlanishi  bilan  k a rto s h k a   tu gan ak   hosil  qilishdan 
to‘xtaydi, ammo u nobud bo‘lmaydi. Q urg‘oqchilik o ‘tib ketgandan so‘ng 
u tuganak hosil qilishni davom ettiradi, bunda hosildorligi keskin kamayib 
uning sifati  pasayadi.
K a rto sh k a   tu p ro q d a g i  o zu q a  m in e ra l  m o d d a la rg a   n is b a ta n  
talabchandir.  Bir  tonna  tuganakmeva  va  tegishli  poya  barg  yetishtirish 
uchun  6,2  kg azot,  2  kg fosfor  va  8  kg  kaliy  sarflaydi.
Kartoshka  sho‘r  yerlarda  yaxshi  o ‘smaydi,  unga  xlorli  tuzlar  salbiy 
ta ’sir  etadi.  Tuproq  tarkibidagi  xlor  0,015-0,020  foizdan  k o ‘p  bo‘lsa, 
hosildorlik  sezilarli  darajada  kam ayadi,  0,05-0,07  foiz  b o ‘lganda  esa 
tu g an ak lar  deyarli  hosil  b o 'lm ay d i.  Shuning  uchun  sh o ‘r  yerlarda 
kartoshka yetishtirish tegishli meliorativ tadbirlam i amalga oshirish zarur.
K artosh ka  pishib  yetilishiga  q a ra b   ekiladigan  n av lari  quyidagi 
guruhlarga  bo'linadi:  tezpishar  (nihollar  unib  chiqqanidan  pishgunicha 
60-65 kun), ertagi-o'rtagi (70-80 kun), o ‘rtapishar (90-100), o'rtagi-kechki 
(110-120  kun)  va  kechpishar  (130-150  kun).
0 ‘zbekiston  hududida  uning  quyidagi  navlari  ekiladi:
Sedov -
  tezpishar,  serhosil,  tuganagi  mazasi  lazzatli,  kraxmali  uncha 
ko‘p emas, yaxshi saqlanadi, sho‘r yerlarda o ‘sishga birmuncha chidamli. 
Tinim  davri  qisqa,  shuning  uchun  ikki  hosilli  qilib  foydalansa  b o ‘ladi. 
Bu nav asosan erta bahorda ekiladi. Tuganagi juda yirik, rangi oq b o ‘ladi.
Zarafshon  -   tezpishar,  serhosil,  tuganaklari  serkraxmal,  rangi  pushti, 
eti oq. Tinim davri qisqa, shuning uchun ikki hosilli qilib foydalansa bo‘ladi. 
Issiqqa va aynish kasalliklariga chidamli, poyasi past bo'yli serbarg bo'ladi.
So'nggi  yillarda  Respublikamizda  kartoshkaning  Gollandiya  navlari 
k o ‘p  ekilmoqda,  jumladan:
Romana
  -   tezpishar,  serhosil,  tuganaklari  dumaloq,  serkraxmal,  eti 
oq bo'lib,  tupi past bo'yli, yirik barglidir.  Ko'zlari o'rtacha chuqurlikda 
joylashgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish