Motivatsiya
Mehnat gigiyenasi vrachining faoliyatidagi asosiy vazifalardan biri ishlovchilar
organizmining funksional xolatini tekshirish, uni gigiyenik nuqtai nazardan baholashga
kerakli tadbirlarni taklif etishdan iboratdir. Organizmni mehnat faoliyati sharoitida
o„rganish yo„nalishda olib boriladigan fiziologik tadqiqotlarning maqsadi mehnat
jarayonining kishi xolatiga uning mehnat qobiliyati ta'sirini o„rganib, mehnatni
yengillashtiruvchi, ish qobiliyatini mehnat va dam olishning eng samarador tartibini ishlab
chiqish va charchashni oldini olishga qaratilgan sog„lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab
chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |