Bog'liq temir-beton va tosh konstruksiyalar. savol va javoblarda
186. KjS (qobiqsimon temir-beton konstruksiya) tipidagi panellar tiralishining qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor? Bunday turdagi panellarning tayanchdagi balandligi ki-
chik bo‘ladi (200 mm dan kam), shu sababli tayanch mo-
menti M
0
ni qabul qilishi uchun yetarli emas (184-savolga
qaralsin). Shuning uchun bu yerda plastinkasimon sharnir-
lar qo‘llanilib, uning tarkibiga qistirma detallardan tashqa-
ri oraliqda joylashgan po‘lat plastina ham kiradi. Bir tomon-
dan uni yuqoridagi qistirma detallarga, ikkinchi tomondan
esa pastkisiga payvandlanadi, natijada KJSning o‘z ostida-
gi konstruksiyaga nisbatan erkin burilishi ta’minlanadi (89-e
rasm). Plastinkasimon sharnir ko‘priksimonga qaraganda an-
cha sodda va arzon bo‘lishiga qaramasdan unda bitta kam-
chilik bor: tayanch kesimi burilganda, (konstruksiyada solqi-
lik hosil bo‘lganda) tayanch reaksiyasining qo‘yilish nuqtasi
hisobiy o‘qqa nisbatan oraliqning ichki tomoniga siljiydi,
140
ya’ni o‘zining ostidagi konstruksiyaga nisbatan qo‘shimcha
ekssentrisitet hosil bo‘ladi.