Ijtimoiy-psixologik sabablar – xodimlar faoliyatida yaqqol ko’zga
tashlanadigan yaxshi va yomon xislatlar, qobiliyati, qiziqishlari, xotirasi, tafakkuri,
his-tuyg’usi kabi ruhiy holatlar bilan hisoblashmaslik.
Tadbirkor rahbar faoliyatida qo’l ostidagilar bilan muloqot-muomalada ham
ziddiyatli holatlar ro’y berishi mumkin. Bunga rahbarning yoki xodimning
kalondimog’ligi, muomala madaniyatining pastligi, qiziqqon-jizzakiligi, qo’rsligi,
qo’polligi, tundligi va boshqalar sabab bo’ladi. Xodimning dangasaligi, yalqovligi,
maqtanchoqligi, loqaydligi, beparvoligi ham ba’zan ziddiyatlar tug’diradi.
Tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasidagi ruhiy psixologik ziddiyatlar kelib
chiqishga sabab:
1) mehnat jarayonining noto’g’ri uyushtirilishi;
2) shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murak-kabligi;
3) jamoa a’zosining o’ziga xosligidir.
Tadbirkor rahbar bunday ziddiyatli holatlarni to’g’ri idrok etishi, tahlil qilishi,
baholashi muhim ahamiyatga ega. Agar rahbar har bir ziddiyatli hodisaga holisona,
do’stona, samimiy munosabatda bo’lsa, masala to’g’ri yechimini topadi, bordi-yu,
jizzakilik qilib, yengiltaklik bilan baholasa, nosog’lom axloqiy-ruhiy muhit paydo
bo’lishiga yo’l qo’yadi. Tadbirkor rahbar har qanday ziddiyatli holatda o’zini
tutishi, bosiq bo’lishi, uzoqni ko’zlashi, murosa-madora qili-shi, holatga
moslashishi, suhbatdoshini hamkorlikka, yaxshilikka da’vat qilishi yaxshi natija
beradi.
Bizningcha, tadbirkor rahbarning har qanday ziddiyat va mojaroni bartaraf
etish yo’llari quyidagilardan iborat:
1. Mojaroning kelib chiqish sabablarini aniqlash va uning o’tkirlashishiga yo’l
qo’ymaslik uchun chora-tadbirlar ko’rish.
2. Mojaroli vaziyatni yumshatish – ziddiyatga borgan kishilar bilan oshkora
suhbat va ular sonini kamaytirish choralarini izlash.
Vaziyatni to’la idrok etish, o’zlashtirish – «ahvol»ning xo’jayini bo’lib olish
va qat’iy chora ko’rish.
Mojaro va uning vaziyatlarini chuqur taxlil qilishi:
- mojarolashayotgan tomon va guvohlar bilan alohida suhbat-lashishi;
- ularning maqsadi, qiziqishlari, hulq-atvori, kasbi, tajribasi, turmush sharoiti
va boshqa ruhiy-ma’naviy jihatlarini o’rganish;
- mojaroli vaziyatning sabablarini, jamoaning unga munosa-batini aniqlash;
- mojaro haqidagi axborotlarni haqiqiy ahvol bilan solish-tirish;
- mojaroni hal etishning har xil usullarini ishlab chiqish va tahlil qilish;
- mojaroni hal etishning eng qulay usuli, shakli, vositasi va sharoitlarini
tanlash;
- tanlangan usullarni jamoa tarbiyasi, mehnat vazifalari, maqsadlari bilan
qiyoslab, taroziga solib ko’rish;
54
- tanlangan va tekshirilgan usulni qo’llab, mojaroni bartaraf etish;
- mojaro bartaraf etilganidan hammani xabardor qilish;
- mojaro keltirib chiqargan tomonning nohaqliligi isbotlangach ularni to’g’ri
yo’lga boshlash va hokazo.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qaysi bo’g’indagi tadbirkor shuni tushunib
yetmog’i kerakki, har qanday sharoitda ham insonga g’amho’rlik qilish, inson
ruhiy holatini barqaror etishga qaratilgan jarayonlarni tashkil etish, jamoaning har
bir a’zosi mehnatdan moddiy va ma’naviy qoniqish hosil qilishiga erishish uning
zimmasidagi muqaddas vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |