6. Surxondaryo okrugi – Surxondaryo viloyati hududi. Shimoli-g‘arb
va shimoli-sharqdan Xisor tog‘lari bilan o‘ralgan. Sug‘oriladigan, lalmikor
dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Cho‘l mintaqasida so‘nggi
yillarda sug‘oriladigan dehqonchilik meliorativ tadbirlar asosida amalga
oshirilmoqda.
7. Chirchiq–Ohangaron okrugi – Chirchiq va Ohangaron
daryolarining vohasi. Sirdaryoning o‘rta oqimi, Toshkent viloyatiga
qarashli Tyanshan tog‘ tizmasining g‘arbiy qismidagi tog‘ oldi va tog‘li
qismlarni tashkil etadi. Sug‘oriladigan va lalmi dehqonchilik, o‘rmon
xo‘jaligi va yaylov chorvachiligi keng rivojlangan. Meliorativ tadbirlar
o‘tkazish zarurati yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |