Nar
x (so‘
m
)
172
8.7-chizma. Muvozanatli narx.
Talab va taklifning o‘zgarishi spiral bo‘yicha har bir harakatida
ularning manfaati muvozanatli nuqtaga erishilguncha bir-biriga
yaqinlashib borishini va muvozanatli nuqta ular talab va taklifi
tengligini ko‘rsatadi.
Grafikda 1 va 2 nuqtalar o‘rtasidagi farq tovarlar ortiqcha ishlab
chiqarilishini ko‘rsatadi va to‘yingan bozorni xarakterlaydi.
Aksincha, 3 va 4 nuqtalar o‘rtasidagi farqda tovar kamyobligi
vujudga keladi va bu taqchil tovar bozorini tavsiflaydi.
Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta
ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli, bozordagi bir zumlik, qisqa
davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur.
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning
o‘zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor
vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog‘liq.
Qisqa davrli muvozanatlik, ishlab chiqarish va taklifni vaqtin-
chalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish
imkoniyatini taqozo qiladi.
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish
va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi.
Uzoq davrli muvozanatlik o‘zgarishi uzoq muddatli davrdagi
omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni
qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga
keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar haqida so‘z boradi. Bu davrda
yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi
sotuvchilarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi.
Iste’molchining tovar narxlarining o‘zgarishiga sezgirlik
darajasini aniqlashda narxli egiluvchanlik tushunchasidan foydala-
niladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi uncha sezilarli bo‘lmagan
o‘zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdorida katta o‘zgarishlar
bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga talab
nisbatan egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi
sezilarli o‘zgarish xarid miqdorida faqat katta bo‘lmagan
o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
173
Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay
qolganda, narx 1% o‘zgarganda talab necha foizga o‘zgarishini
ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich talabning narxli egiluvchanligi ko‘rsatkichi
deyiladi
50
. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning
egiluvchanligi deb ataladi.
Talabning narxli egiluvchanlik (E
t
) darajasi quyidagi formula
bo‘yicha hisoblanadi:
S
Q
E
t
Bu yerda,
Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi;
S – narxlarning foizli o‘zgarishi.
Talabning narxli egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator
omillar mavjud bo‘ladi. Ularning asosiylari quyidagilar:
1. Mahsulotlarning o‘rnini bosuvchanligi.
Iste’molchiga biror mahsulotning o‘rnini bosuvchi boshqa
mahsulotlar ko‘proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan
bo‘ladi. Masalan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan mahsulot-
larning juda ko‘p o‘rnini bosuvchilari mavjud bo‘ladi, shu sababli
har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan
bo‘ladi.
2. Mahsulot qiymati (narxi) ning iste’molchi daromadidagi
salmog‘i.
Iste’molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik katta
o‘rinni egallasa, unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo‘ladi.
Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga o‘sishi, bir necha
so‘mni tashkil qiladi va bu talab bildirgan mahsulot miqdorida juda
kam o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil
yoki uy narxining 10 foizli o‘sishi, mos ravishda 50 yoki 150 mln.
so‘mni tashkil qiladi. Narxlarning bunday oshishi juda ko‘p oilalar
daromadining katta qismini tashkil qiladi va aytish mumkinki, bu
sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli kamaytiradi.
3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari.
Zebu-ziynat buyumlariga talab odatda egiluvchan, hayotiy zarur
buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va
elektr energiya zaruriy iste’mol buyumlari hisoblanadi, Shu sababli,
50
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York:
McGraw-Hill, 2014. page 57-58
174
ularga narxning oshishi non yoki elektr energiyani iste’mol
qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan
zebu - ziynat buyumlariga narxlar oshganda ularni qiyinchiliksiz
iste’moldan chiqarib tashlash mumkin.
4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha
uzoq bo‘lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan,
agar mol go‘shtining narxi 10% ga ko‘tarilsa, iste’molchi uni xarid
qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt
o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq yoki baliq go‘shtiga
o‘tkazishi mumkin.
Talabga nafaqat tovarlar narxi, balki boshqa omillar, jumladan
iste’molchi daromadlari va boshqa tovarlar narxi ham ta’sir
ko‘rsatadi.
Shu sababli, talab egiluvchanligi bu barcha boshqa omillar
bo‘yicha ham yuqorida qarab chiqilgan tartibda aniqlanadi.
Muayyan tovarga talab boshqa tovarlar narxi o‘zgarishiga
sezgirlik darajasi talabning kesishmali egiluvchanligi (EК) deyiladi.
Mazkur ko‘rsatkich A tovarga bo‘lgan talab V tovar narxi 1%ga
o‘zgarganda necha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
EК
Кesishmali egiluvchanlik nisbiy (EКO) va
nolga yaqin yoki teng(EК=O) bo‘lishi mumkin. Birinchi holda V
tovarga narxning o‘sishi A tovarga talabning qisqarishiga olib
keladi. Bunda A va V tovarlar bir-birini to‘ldiruvchi (avtomashina
va benzin, fotoapparat va fotoplyonka) hisoblanadi. Ikkinchi holda,
A va V tovarlar bir-birining o‘rnini bosuvchi (konfet va tort, sovun
va shampun, choy yoki kofe) hisoblanadi. Uchinchi holda, esa A va
V tovarlar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan yoki daxlsiz hisoblanadi.
Shu sababli, V tovarga narxning o‘zgarishi A tovarga talabga
hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi yoki bu ta’sir sezilarsiz bo‘ladi.
Umumiy holda narx tizimida o‘zaro bog‘liqlikning uchta asosiy
turi mavjud bo‘ladi:
A tovarga talab hajmining o‘zgarishi
V tovar narxining nisbiy o‘zgarishi
175
Do'stlaringiz bilan baham: |