See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/195
Sana23.02.2022
Hajmi8,96 Mb.
#182707
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   195
Xitoy tajribasi. Bugun jahonda 400 ta erkin savdo zonasi, 400 ta ilmiy-ishlab chiqarish parki, 
300 dan ziyod eksport-ishlab chiqarish parki, 100 ta maxsus yo‘nalishdagi zona faoliyat ko`rsatmoqda 
(Hosil Karimov, 2019). Dunyoda miqyosida eng yaxshi rivojlangan iqtisodiy zonalar Xitoyda 
joylashgan. Bugungi kunda Xitoyda to‘rtta maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatmoqda — 
Shenchjen, Chjuxay, Shantou va Syamen. Bundan tashqari, 21 ta erkin savdo zonasi, 53 ta yuqori 
va yangi texnologiyalar zonasi, xorijda tahsil olgan mutaxassislarga mo‘ljallangan 70 dan ortiq ilmiy-
texnik zona, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni qayta ishlaydigan 38 ta hudud mavjud (Hosil 
Karimov, 2019).


184 
1978-yil Xitoy hukumati milliy iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishga qaror qildi. Davlat 
siyosati tashqi dunyoga chiqish va ishlab chiqarishni to`g`ri yo`lga qo`yib, ochiqlik siyosatini amalga 
oshirishga qaratilgan edi. 1980-yillar davomida Xitoy bir necha bosqichlarni bosib o'tdi, jumladan 
maxsus iqtisodiy zonalar yaratildi, port shaharlar va rayonlar ochildi, iqtisodiy va texnologik 
rivojlanish zonalari shakllantirishga qaratilgan siyosat yuritildi. 1980-yilda Shenchjen, Chjuxay, 
Shantou kabi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilgan edi. Xitoy hukumati bu maydonlarni rivojlantirish, 
chet el va mahalliy investitsiyalarini jalb etish uchun maxsus zonalarda ko`plab soliq imtiyozlarni 
berish yo`lidan bordi. Erkin iqtisodiy zonalar ishlab chiqarish, savdo aloqalarini yo`lga qo`yish 
borasida alohida rivojlangan hududlarga aylandi. Xitoy asosan fan, texnika-texnologiya, ishlab-
chiqarishni rivojlantirish yo`lidan bordi. Xitoyda alohida erkin turistik zonalar tashkil etilmadi, chunki 
turistik antropogen resurslar juda ham ko`p bo`lib, bugungi kungacha o`z jozibasini yo`qotmagan.
Iqtisodiy zonalarni rivojlantirish davomida, mamlakatda iqtisodiy ahvolning ijobiy tomonga 
o`zgarishi natijasida, Xitoy turizmi rivojlangan yirik mamlakatlardan biriga aylandi. Bugungi kunda 
Xitoyda ichki va tashqi turizm juda ham yaxshi yo`lga qo`yilgan. Forbesning 2019-yilgi 
ma`lumotlarga ko`ra, Xitoy eng ko`p tashrif buyuriladigan mamlakatlar reytingida 4-o`rinni egallaydi 
(China tourism statistics, 2020). Shu bilan birga Xitoyda ichki turizm barcha turizm turlaridan ko`ra 
ko`proq hajmni tashkil etadi
Xitoyda alohida hududlarni tashkil etish borasida hech qanday muammolar yo`q, lekin aholining 
ko`pligi va aynan rivojlangan hududlarda ko`p sonli aholining istiqomat qilishi, transportning zichligi 
sababli Xitoyda havo va chiqindidan “Ifloslanish” muammosi juda yuqori.
Rossiya. Dunyoda maydoni bo`yicha 1-o`rinni egallaydigan Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotni 
rivojlantirish, yirik maydonlarni to`laqonli boshqarish maqsadida asosiy iqtisodiy zonalarni tashkil 
etmoqda. Bugungi kunda Rossiyada iqtisodiy zonalar soni 33 tadan ortiq (Министерство 
экономического развития Российской Федерации, 2020) bo`lib, asosan 5 xil turda tashkil etilgan: 
1.Sanoat ishlab chiqarish zonalari; 
2. Turistik-rekreatsion zonalar; 
3.Texnikani tadbiq etish hududlari; 
4. Qirg`oqbo`yi-port hududlar.
5. Boshqa maqsadlarda tashkil etilgan zonalar.
Ma`lumotlarga qaraganda, Rossiyaning 25 ta asosiy iqtisodiy zonalarida 656 ta rezidentlar faoliyat 
yuritadi va 28 mingdan ortiq ish o`rinlari yaratilgan. Turizmga oid hududiy zonalar ya`ni turistik-
rekreatsion zonalar soni 14 tani tashkil etadi. Masalan, «Бирюзовая Катунь», «Байкальская 
Гавань», «Ворота Байкала», «Алтайская Долина» va «Ульяновск», «Мурманск», «Советская 
Гавань» kabi port hududlar turistik-rekreatsion hududlar hisoblanadi. Rossiya erkin turistik iqtisodiy 
zonalarni tashkil etish borasida, tadbirkorlarga quyidagi imkoniyatlarni yaratib bergan: 
1. Minimal darajadagi ma`muriy to`siqlar joriy qilingan; 
2. Soliq va bojxona imtiyozlari berilgan; 
3. Yerni ijaraga olish va sotib olishda eng past narxlar belgilangan; 
4. Investitsiya loyihasini amalga oshirishda, tajribali kompaniyalar tomonidan yordam bersh yo`lga 
qo`yilgan. 
Rossiyada mavjud barcha asosiy iqtisodiy hududlar zamonaviy va mutlaqo yangi infratuzilma bilan 
ta`minlangan. Lekin ularda mavjud kamchilik shundaki, asosiy ishchilar soni migratlarni tashkil etadi.
Bugungi kunda O`zbekistonda 14 ta erkin iqtisodiy zona mavjud bo`lib, xususan, “Navoiy”, 
“Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida 
umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amaliyotga tatbiq etilgan, qolaversa, 4 ming 600 
dan ortiq ish o‘rni yaratilgan, 96 tadan ortiq kichik sanoat zonalari, “Chorvoq”, “Qadimiy Buxoro” 
erkin turistik zonalari va Namangan viloyatining Nanay sayyohlik zonasi tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi 


185 
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorini amalga oshirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida keltirilgan, erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish 
uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini ro’yxatdan 
o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomi turistik faoliyat subyektlari va barcha tadbirkorlik faoliyati 
subyektlari uchun ham tegishli.
O`zbekistonda jami 7,4 mingdan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud, ulardan asosiy qismi 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent shaharlarida joylashgan. Bugungi kunda aynan shu 
shaharlarda erkin turistik iqtisodiy zonalarni tashkil etish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. 
O`zbekistonda erkin turistik iqisodiy zonalarni tashkil etish borasida qaror va farmonlar mavjud 
bo`lsada, bu borada faoliyat yuritadigan, uni tashkil etadigan tajribali kadrlar taqchilligi muammosi 
hanuzgacha mavjud. Bundan tashqari, O`zbekistonda turizmda boshqa muammolar ham mavjud: 
1.Malakali kadrlar yetishmasligi; 
2.Xizmat ko`rsatish va servisda sifatning juda pastligi; 
3.Narxlar nomutanosibligi; 
4.Jozibador turpaketlarning kamligi; 
5. Aholida turizm madaniyatining shakllanmaganligi; 
6.Ovqatlanish korxonalarining sanitariya-gigiyena talablariga yetarlicha javob bermasligi; 
7.Mavjud turistik resurslardan oqilona foydalana olmaslik; 
8.Joylashtirish korxonalarining kamligi va talabga javob bermasligi; 
9.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yetarlicha yaxshi rivojlanmaganligi, chekka joylarda 
aloqaning deyarli yo`qligi; 
10.Tibbiy xizmat ko`rsatish borasida xalqaro maqomga ega bo`lgan klinikalar sonining kamligi; 
11.Xizmat ko`rsatish va servisda faoliyat yurutuvchi xodimlar maoshining pastligi va boshqalar. 
Xitoy tajribasi o`rganilganda shu narsa ma`lum bo`ladiki, xitoyliklar tashqi turizmdan ko`ra 
ichki turizmni rivojlantirishga ko`proq e`tibor qaratadi. Ularda mavjud iqtisodiy zonalarda asosan 
katta xalqaro darajadagi kompaniyalar va mayda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchilar 
ko`pligini uchratish mumkin. Ularda asosan oilaviy tadbirkorlik kuchli rivojlangan va ular zamon 
talablariga tezda moslashib keta oladilar. Jahon tajribasidan ma`lumki, dunyoda inqiroz kuzatilganda 
kichik tadbirkorlik subyektlaridan ko`ra, katta kompaniyalar ko`proq zarar ko`radi. Shunday ekan, 
O`zbekistonda kichik tadbirkorlik faoliyatlarini ko`paytirish va ichki turizmni yaxshi yo`lga qo`yish 
borasida maxsus turistik hududlarni tashkil etish lozim.
Rossiya Federatsiyasi oqilona tarzda, hududlar salohiyatiga to`g`ri baho berib, yirik 
markazlarga ega bo`ldi. O`zbekistonda turistik-rekreatsion zonalarni tashkil etish borasida, 
Rossiyaning tajribalaridan foydalanish mumkin va bu davlat bizga yaxshi o`rnak bo`la oladi.
Xulosa o`rnida aytish lozimki, O`zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni va erkin turistik iqtisodiy 
zonalarni tashkil etishni davom ettirib, mamlakatda yangi ish o`rinlarini yaratish, eng katta mo 
“Ishsizlik” muammosini ijobiy hal qilish kerak. Mavjud salohiyatdan to`g`ri foydalanish lozim. Tabiiy 
boyliklar bir kun kelib tugaydi, lekin turizmni to`g`ri tashkil eta olasak, undan keladigan daromad bir 
umr farzandalarimizni boqishi mumkin.

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish