TURISTIK – REKREATSIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING
EKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ashurova M.X., BuxDU
Fozilova M.B., talaba
Turistlik resurslar har bir mamlakatning milliy boyligi bo‘lib, davlat mulki hisoblanadi. Ammo
ulardan bir qismi jahon ahamiyatiga molik obyektlar va yodgorliklar hisoblanib YUNESKO ning
ro‘yxatiga kiritilgan. Bunday ro‘yxat har yili YUNESKO tomonidan o‘rnatiladi va yangilanadi.
Barcha tabiiy va madaniyat yodgorliklari davlat tomonidan muhofaza qilinadi, umumjahon
ahamiyatidagi obyektlar va yodgorliklarni ta’mirlashga, saqlab qolishga BMT tomonidan mablag‘
ajratiladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston katta turistlik resurslar salohiyatiga ega bo‘lib, uning hududida
4000 dan ortiq tarixiy-arxitektura yodgorliklari va go‘zal tabiiy-iqlimiy resusrlari mavjud. Ularning
3/1 qismigina faoliyat ko‘rsatmoqda, qolganlari esa yangi turmahsulotlar tayyorlashga va yangi
turmarshrutlar ochilishga imkoniyat beradi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina tarmoqlar kabi turizm
industriyasi ham tez rivojlanib bormoqda. Turistlik biznesni mavjud investitsiya, texnologiya, hamda
malakali ishchi– xodimlar orqaligina shakllantirib bo‘lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda
turistlik resurslarga ega bo‘lish lozim.
Rekreatsiya faoliyati nuqtai nazardan turistlik resurslarga tabiiy va antropogen geosistemalar
kiradi, tabiat manzaralari, rekreatsiya faoliyati ehtiyoji qiymatiga va maishiy xususiyatga ega,
insonlarni ko‘rsatilgan vaqtda ma’lum texnologiyalar yordamida sog‘ligini tiklash va dam olishida
foydalanish mumkin bo‘lgan, rekreatsiya faoliyati qobiliyatiga ega resurslar kiradi.
Tabiiy turistlik resurslar
Tabiiy turistlik resurslarni asosiy ahamiyati shundan iboratki, insonlarning jismoniy va ruhiy
qobiliyatlarini tiklashda foydalanish vositalari bo‘lib xizmat qiladi. Turistlar asosiy ehtiyojlarini
tabiatdan qondiradilar. Turistlik faoliyatni tashkillashtirishda landshaftlar, iqlim, suv obyektlari,
dengizlar, mineral suv va davolovchi botqoqlar asosiy resurs vazifasini bajaradi. Bu resurslar o‘zi yoki
inson tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Bu resurslarni geografik, biologik, geologik va boshqa
jihatlarga ko‘ra baholash mumkin. Dam olishni tashkil etish uchun tabiiy turistlik resurslarni tahlil
etishni talab qiladi. Tabiiy resurslar sifatida alohida tabiat komponentlari yoki bir butun tabiat
kompelkslarini olish mumkin. Barcha tabiiy resurslarni rekreatsiya yoki turistlik potensial nuqtai
nazardan qarash lozim. Ammo tabiiy resurslardan foydalanish darajasi mintaqa ixtisoslashuviga ko‘ra
har xil bo‘lishi mumkin.
Tabiiy turistlik resurslar кelib chiqishiga ko‘ra:
- tabiiy(geologik, iqlimiy, gidrologik, termal suvlar);
- biologik – tirik tabiat (tuproq resurslari, flora, fauna);
- energoinformatsiyali, tabiatdan o‘ziga xos maydon va landshaft sifatida foydalanish bo‘lib, bu
resurslar madaniy, ziyoratli kabi turizm turlarini rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Rekreatsiya sifatida foydalanish turiga ko‘ra:
- mineral suvlar;
109
- botqoqlar;
- tuzlar;
- o‘rmonlar.
Resurslarning davomiylik darajasiga ko‘ra:
• tugaydigan tabiiy resurslar, ular o‘z navbatida yangilanib turadigan (chuchuk suv, o‘simlik va
hayvonot dunyosi) va yangilanmaydigan (minerallar) turlarga bo‘linadi.
• tugamaydigan tabiiy resurslar, ularga quyosh energiyasi, shamol, dengiz to‘lqinlari, suvlari
kiradi.
O‘zi qayta tiklanishi va o‘sishi imkoniyatiga ko‘ra:
• qayta tiklanadigan resurslar, bunga o‘rmonlarni misol keltirish mumkin, o‘rtacha 10 yilda
qayta tiklanadi.
• qayta tiklanmaydigan resurslar.
Tabiiy turistlik resurslar orasida asosiy o‘rinni rekreatsiya resurslari egallaydi, ular mamlakat
aholisini, hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Undan tashqari tabiiy resurslardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish natijasida bir qancha
muammolar ham kelib chiqmoqda. Bunda tabiatdan noto‘g‘ri foydlanish, ko‘plab qurilishlarni amalga
oshirish tufayli bo‘lmoqda. Natijada ekosistemalar muvozanati buzilib, ekologik muammolarni kelib
chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Rekreatsiya deb, insonlar sog’ligini va mehnatga qobiliyatini dam olish obyektlarida qayta
tiklashi, sayyohlik yo’li bilan tabiatning turli maskanlariga borishi, arxitektura va tarixiy
yodgorliklarni borib ko’rishiga aytiladi. Rekreatsiya sohalari bir qancha bo’lib, ularga kurort –
sanatoriya va boshqa salomatlik obyektlarida sog’likni tiklash, sayyohlik yo’li bilan tabiatning go’zal
go’shalariga (daryo, ko’l, o’rmon, tog’, g’orlar, sharshara va b.) borish, sport bilan shug’ullanish,
hamda noyob tarixiy va arxitektura yodgorliklari bilan tanishishlari kiradi. Rekreatsiya faoliyati
bevosita rekreatsiya resurslari asosida shakllanadi. Rekreatsiya resurslari tabiiy va madaniy, iqtisodiy,
tarixiy resurslarning bir qismlaridan iborat bo’lib, kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra
rekreatsiya resurslari ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreatsiya resurslari. Tabiiy
rekreatsiya resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat, go’zal tabiat
go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari, tog’ etaklaridagi o’simlik dunyosi,
xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari
aholining dam olishi, sport bilan shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar
atrofidagi yashil mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona va milliy bog’lar ham tabiiy rekreatsiya
resurslaridir. Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va san’at
obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreatsiya maqsadida foydalish mumkin bo’lgan ijtimoiy
obyektlar, antropogen rekreatsiya resurslariga kiradi.
Rekreatsiya faoliyati dunyoning ko’p mamlakatlarida daromat manbaiga aylangan iqtisodiyot
sohasi hisoblanadi. Mаmlakatimiz ham rekreatsiya resurslariga boy hisoblanib, nafaqat dam olish,
sayyohlik, sog’likni tiklash, shuningdek chet el sayyohlarini qabul qilish imkoniyatlariga ega.
O’zbekiston tabiati rang – barang bo’lib, yilning issiq vaqtlaridan tashqari, qish va kuz fasllarida ham
dam olishni tashkil etishni imkoniyati mavjud. Misol uchun tog’li hududlarda qishki sport – dam
olishni amalga oshirish mumkin. Toshkent viloyatida joylashgan Chimyon sport – dam olish
majmuasi kata imkoniyatlarga ega. Xuddi shunday majmualarni Qashqadaryo, Surxondaryo
viloyatlari tog’li mintaqalarida ham tashkil etish mumkin. Sog’likni tiklash manbasi hisoblangan
mineral suv va balchiqlar soni mamlakatimizda 200 dan ortadi. Bu er osti suvlari kimyoviy tarkibi,
tibbiy – biologik va boshqa xususiyatlariga ko’ra bir – biridan farq qiladi. Shuning uchun bu joylarda
turli shifoxonalar, sanatoriy – kurortlar va boshqa sog’lomlashtirish muassasalar qurish mumkin.
Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon, Sangzor, Ohangaron va boshqa bir qancha daryolarga oqib
tushuvchi tog’ soyliklari rekreatsiya resurslariga boy bo’lib, bu mintaqalarda dam olish oromgohlarini
tashkil etish ko’paysa, birinchidan, aholini salomatligi yaxshilanadi, ikkinchidan, shu joy aholisi ish
110
bilan ta’minlanib, iqtisodiy daromat oshadi. Demak, tabiat qo’ynilarida dam olish va sog’lomlashtirish
muassasalarini qurishning ahamiyati yuqori ekan, lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Ya’ni
dam olishning ham o’ziga yarasha mezonlari mavjudki, ularni tuliq hisobga olish rekreatsiya
resurslaridan samarali foydalanishga olib keladi. Bu mezonlarga mavjud resurslardan rekreatsiya
faoliyatida foydalanishning ekologik xususiyatlari kiradi.
Rekreatsiya faoliyati (dam olish, sog’lomlashtirish) ma’lum hududda amalga oshiriladi. Mazkur
hudud hordiq chiqarishga kelganlarni ekologik nuqtai nazardan sig’dira oladimi yoki yo’q, bu
ekologik sig’im mezoni bilan aniqlanadi. Ekologik sig’im bu, dam oluvchilar miqdori mazkur
ekologik maydonga to’g’ri kelishini ko’rsatuvchi o’rtacha me’yor hisoblanadi. Bu borada ma’lum
andoza va me’yoriy ko’rsatgichlar ishlab chiqilgan. Bunga quyidagi jadvalni misol keltirish mumkin.
Jadvaldan ko’rish mumkinki, agarda suv havzasi maydoniga nisbatan cho’miluvchilar soni
oshib ketsa, u holda suvning ifloslanishi ortib, insonlarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishi
mumkin. Bahor oylarida tog’ yonbag’rlari, qirlar, adirlarda dam oluvchilar soni keskin ortadi. Bunda
dam olish hududiga nisbatan dam oluvchilar soni ancha ortiq bo’ladi. Bu jarayonda turli giyohli,
manzarali o’simliklarga ziyon etkiziladi, atrof – muhit turli chiqindilar bilan ifloslanadi, natijada
ekologik muvozanat buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |