See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/195
Sana23.02.2022
Hajmi8,96 Mb.
#182707
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   195
Адабиётлар рўйхати: 
1. Taylor S. Theorizing Educational Tourism: Practices,Impacts and Regulations in Equador/ S. 
Taylor. – New York:Columbia University, 2006.
2. Wood, C. (2001). Educational tourism. In.: N. Douglas, N.Douglas and R. derett (eds). Special 
Interest Tourism: Content and Cases. Brisbane: John Wiley, p. 188-211. 
3. Pittman J. Educational Tourism Empowerment: Implications for Flexible Learning and Digital 
Equity. Tourism & Hospitality. ISSN 2167-0269, an open access journal – 2012. Volume 1. Issue 4. 
1000 e 119 
4. Биржаков М.Б. Введение в туризм. С.Пб. Издательский Торговый дом «Герда», 2000. – 
147-148 стр. 
5. Кусков А.С., Джаладян Ю.А. Основы туризма.Учебник. – М.:КноРУС. 2008. -32-33 стр. 
6. Образовательный туризм как средство развития географической культуры учащихся./ 
В.Л.Погодина// Известия Российского государственного педагогического университета им. 
А.И. Герцена. – 2009. –№116. – С. 59-68. 
7.Тухлиев Н., Абдуллаева Т. Услуги, технологии и продукты в туризме. – Т.:Ўзбекистон 
миллий энциклопедияси нашриёти. 2009.-30 б. 
8.
http://hxperlink.ru
 bor/ykm/html (мурожаат қилинган сана: 07.03.2020 й.) 
9.Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати. Ўзбекистон Республикаси 
давлат статистика қўмитасининг статистик тўплами. Расмий сайт: stat.uz 
O’ZBEKISTON TURIZM SOHASINI DIVERSIFIKATSIYA QILISHDA MADANIY 
MEROS OBYEKTLARINING ROLI 
Kamolov X.Z., BuxDU magistranti 
Bilamizki, yurtimizda turizm sohasiga so’nggi yillarda yaxshigina e’tibor qaratib kelinmoqda. 
Turizmda mavsumiy davrni uzaytirish, ko'rsatiladigan xizmat turlarini ko'paytirish va turizm 
infratuzilmasini yaxshilashda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonga turistlar oqimini 
yanada oshirish uchun moddiy madaniy obyektlarning bugungi holati ham katta rol o‘ynaydi, albatta. 
Mamlakatimizda qadim tarixga ega madaniy meros ob’ektlari va tarixiy obidalar juda ko’p. Ular 
xalqimizning o’tmishini o’zida mujassam etgan milliy qadriyatlarimiz namunasi, xalqimizning 
bebaho mulkidir. Ushbu ko’hna va betakror obidalar asrlar davomida jahon ahlini lol etib kelgan. 
Qolaversa, ular insoniyat tamaddunining ajralmas qismi sifatida ulkan tarixiy va ilmiy ahamiyatga 
ega hisoblanadi. Shuning uchun ularni o’rganish, muhofaza qilish, kelajak avlodga bus-butun 
yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratish asosiy vazifamiz sanaladi. Darhaqiqat, milliy 
davlatchiligimiz tarixini o’zida aks ettiruvchi, kelajak avlodlarga moziydan xabar beruvchi 
yodgorliklar, tarixiy va madaniy obidalarni asrab-avaylash har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Shundan kelib chiqib mamlakatdagi arxeologik obyektlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Hududlardagi moddiy madaniy meros obyektlarni to‘liq inventarizatsiya, muhofaza qilish va 
foydalanish holatini o‘rganish hamda bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bir 
qator ishlar amalga oshirilmoqda. 
Davlatimiz rahbarining 2018-yil 16-yanvardagi “Moddiy madaniy va arxeologiya merosi 
obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoyishiga 


93 
asosan 2018 yilning mart—aprel oylarida Madaniyat vazirligi hokimliklar bilan birgalikda obyektlarni 
xatlovdan o‘tkazilgan. Ushbu xatlovda 259 obyektga jiddiy zarar yetgan
1

Shuningdek, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi jamoatchilik nazorati shaklida obyektlarni 
2018 yilning sentyabr—noyabr oylarida to‘liq qayta xatlovdan o‘tkazilgan. Bunda partiya tomonidan 
5 ming 287 obyekt bo‘yicha dalolatnoma tuzilgan va 45 ming foto material to‘plangan. Natijada 827 
obyekt topilmagani va 381 obyekt avariya holatida ekani haqida axborot taqdim qilingan”
2
. 2019-
yilga jami 150 ta obyektga elektron qayd etish va videokuzatuv tizimi o‘rnatildi. Chiptalarga narxlarni 
shakllantirish va kelib tushgan mablag‘lar sarflanishining shaffof tizim yaratildi.
Madaniy meros turizmni rivojlantirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Olim-u 
mutaxassislar fikridan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, yurtimizda turizmni rivojlantirish 
borasida mana shu jihatlarga ham koʻproq eʼtibor berilishi maqsadga muvofiq. Bino-inshootlar 
qurilishida, albatta, arxeolog, tarixchi olimlar xulosasi asosida ish tutish lozim. Zero, zaminimizning 
har qarichida oʻtmishning ne-ne sir-sinoatlari yashirinib yotganini xorijlik olimlar ham koʻp aytishadi. 
Bugungi kunda yurtimizda yetti yarim mingdan ortiq madaniy meros obyekti ro‘yxatga olingan. 
Xalqimizning boy o‘tmishidan dalolat beruvchi ushbu arxeologiya va me’moriy yodgorliklar, san’at 
asarlari, diqqatga sazovor joylarni asl holicha asrash va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida keng 
ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimizda qadimiy shaharlarimizning yubileylari, buyuk allomalarimizning tavallud 
sanalari keng nishonlanayotgani, tarixiy obidalarimizni asrash, tiklash, arxeologik ilmiy tadqiqotlar 
ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar samarasida tarixiy 
shaharlarimizga kelayotgan sayyohlar oqimi tobora ko‘paymoqda. 
Xususan, Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari 
YUNЕSKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga, “Boysun madaniy muhiti”, “Shashmaqom 
musiqasi”, “Navroʻz”, “Katta ashula”, “Askiya”, “Palov madaniyati va anʼanalari” nomzodlari 
Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga, Usmon Qurʼoni, Abu Rayhon Beruniy 
nomidagi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar toʻplami, Xiva xonligi devonxonasi hujjatlari 
Jahon xotirasi roʻyxatiga kiritilgani yurtimiz madaniy merosining dunyo miqyosida eʼtirof etilganiga 
yorqin misol boʻla oladi. 
Madaniy meros obyektlarining umrboqiyligini ta’minlashda yosh avlod qalbida ajdodlar 
merosiga ehtiromni kuchaytirish, ularni milliy ma’naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash 
muhim ahamiyatga ega. Ta’lim muassasalarida yoshlarga bu boradagi qadriyatlar maxsus kurslar, 
tarbiyaviy soatlarda nazariy bilim bilan birga, tarixiy obidalarga uyushtirilayotgan sayohatlar, turli 
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali chuqur singdirilmoqda. 
Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targʻib qilish tizimi yanada takomillashtirildi, 
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzurida Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi va Oʻzbekistondagi 
Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi. 
Albatta, bu kabi ishlarning ham o’z yutug’i bo’ladi. O‘zbekiston Hindistonda bo‘lib o‘tgan 
«India’s Best Awards - 2019» turizm tadbirining “Madaniy-tarixiy meros bo‘yicha eng yaxshi turistik 
yo‘nalish” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. «India’s Best Awards - 2019» tadbiri «Travel+Leisure» 
yetakchi xalqaro turistik jurnalining Hindistondagi vakolatxonasi tomonidan o‘tkazildi
3
.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 8208 ta madaniy meros ob'yekti mavjud bo’lib, ulardan 4748 tasi 
- arxeologik yodgorliklar, 2250 tasi - me'moriy yodgorliklar, 678 tasi - monumental san'at 
yodgorliklari hamda 532 tasi diqqatga sazovor joylardir
4
. Madaniy meros ob'yektlarini asrashga doir 
katta ishlar qilinganligiga qaramay, ularning ma'lum bir qismi hanuz qoniqarsiz ahvolda. Moddiy 
1
https://uzbektourism.uz 
2
https://mt.uz 
3
https://uzbektourism.uz 
4
https://uzbektourism.uz 


94 
madaniy meros ob'yektlarining barchasini byudjet hisobidan saqlash imkoni yo‘qligi sabab ushbu 
muammo yechimini topishga xususiy sarmoyadorlarni jalb qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Aynan shu sabab O‘zbekistonning milliy boyliklarini qoniqarli holatga keltirishga yo‘naltirilgan 
chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy 
meros ob'yektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash 
bo‘yicha investisiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risida Nizomga ko‘ra, hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “Turizm tarmog‘ini jadal 
rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4095-sonli qarorida hududida turizm infratuzilma 
ob'yektlari, shu jumladan, joylashtirish vositalari joylashgan yoki yaratiladigan moddiy madaniy 
meros ob'ektlari o‘ttiz yilgacha muddatga, biroq kamida o‘n yilga ijaraga beriladi. Bunda ijarachilar 
besh yillik ijara haqiga teng bo‘lgan mablag‘ni hududida o‘zlari joylashgan moddiy madaniy meros 
obyektlarini restavratsiya va konservasiya qilishga yo‘naltirish, shuningdek, moddiy madaniy meros 
ob'yektlarini saqlash normalariga rioya qilish shartlarida dastlabki besh yilda ijaraga haq to‘lashdan 
ozod qilinadilar. Asosiy maqsad – ijara muddatini uzaytirish orqali moddiy madaniy meros 
ob'yektlarini qayta tiklashga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilishdan iborat.
Yurtimizda ko’hna va boy madaniy merosni muhofaza qilish va asrash, uning jahon madaniyati 
va tarixiga qo’shgan beqiyos hissasini xalqaro miqyosda targ’ib etish va bu borada hamkorlikni 
kengaytirish, mazkur sohaga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish, aholi va sayyohlar uchun qulaylik 
yaratish maqsadida 18 aprel-Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kuni respublikamizda 
har yili keng nishonlanmoqda.
Bizda mavjud madaniy meros ob’ektlaridan yanada oqilona foydalanish orqali sayyohlarni jalb 
qilish mumkindir. Bu bo’yicha bir necha takliflarni bildirsam,

Oliy ta’limdagi turizm sohasida tahsil olayotgan talabalarning ko’pgina dars jarayonlarini 
madaniy meros ob’ektlariga tashkil etish va bu jarayonni sayyohlarga ko’rsatish 

Madaniy meros ob’ektlariga milliy taomlarimizni tayyorlanishi tashkil etish(master klass) 

Karavansaroylarda dam olish muhitini yaratish, ya’ni sandali qo’yish… 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, madaniy meros bu bizning ma’naviyat o’chog’imizdir. 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish