Oti noma’lum bir ayol
(quddisa sirruho)
Hazrati shayx Abu Bakr Abu Varroq Termiziy (quddisa sirruhu) ayturki: “Makka yo‘lida
borardim. Bir xotin yayov hajga ketar edi. Mendan so‘radi:
– Ey yigit! Sen kimsan?
– G‘aribman, – dedim.
– Hijozga ketyapsan, – Alloh sen bilandir. Alloh sen bilan bo‘lgach, g‘arib bo‘lurmisanki,
Haq unsiyati (do‘stligi, yaqinligidan) shikoyat qilayapsan? – dedi.
Xotinning bu so‘zidan ko‘p mutaassir bo‘ldim, otimni aytmoqqa toqatim qolmadi.
G‘oyibdan bunday bir ovoz eshitdim: “Tila, bizdan ne tilarsen?” “Ilohi, meni miskinlik
maqomida qo‘ygaysen, bechoralik va xorlik bergaysankim, mening balo chekmoqqa
toqatim yo‘qdir”, dedim”.
Do'stlaringiz bilan baham: |