www.ziyouz.com kutubxonasi
11
Kurdiyya
(quddisa sirruho)
Basrali va ahvazlik edi. Sha’vonaga xizmat qilgan.
Shunday naql qilinadi: “Sha’vonaning xizmatida edim, bir kecha uxlab qolibman. Oyog‘i
bilan tepib, aytdi: “Turgil, ey Kurdiyya! Uyqu joyi bu yer emas, qabrdir”.
Undan so‘radilar:
– Sha’vonaning suhbatlarida qanday barakotlar topding?
– Uning suhbatlaridan bahramand bo‘lganim ondin e’tiboran dunyoni aslo do‘st
tutmadim, rizq uchun aslo qayg‘urmadim, talab xususida dunyo ahlidan hech kimsani
nazarimda ulug‘ ko‘rmadim, musulmonlardan hech birini xor ko‘rmadim.
Do'stlaringiz bilan baham: |