294-modda. Chegara xizmatini o‘tash qoidalarini buzish
Chegarachilar naryadi tarkibida bo‘lgan shaxsning chegara xizmatini o‘tash qoidalarini buzishi
chegaraning daxlsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) qonunga xilof ravishda chegaradan o‘tishga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
XXIII bob. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |