293-modda. Jangovar navbatchilikni o‘tash qoidalarini buzish
Jangovar navbatchilikni o‘tash (jangovar xizmat) qoidalarini buzish qo‘riqlanayotgan
obyektlarga zarar yetkazilishiga yoki jangovar topshiriq bajarilmay qolishiga sabab bo‘lsa, —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish O‘zbekiston Respublikasiga to‘satdan qilingan hujumni o‘z vaqtida
payqamaganlik yoki daf etmaganlikda ifodalansa, shuningdek, og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |