tida yotadi. Ularning uzun chiqaruv nayi teri yuzasiga ter teshi-
gi bo‘lib ochiladi. Ter bezlari terida bir xil tarqalmagan. Ular
boshi va lab jiyaklarida bo‘lmaydi. Ter bezlari suyuqlik bilan bir-
511
ga turli modda almashinuv da hosil bo‘lgan moddalarni ajratadi
va termoregulyatsiyada katta ahamiyatga ega.
Moy bezlari tuzilishi jihatidan oddiy alveolyar bezlar turku-
miga kirib so‘rg‘ichsimon va to‘r qavat chegarasida yotadi. Ular-
ning naylari soch qopchasiga ochiladi. Qo‘l va oyoq kaftida moy
bezlari yo‘q.
Kuyish
Kuyish, deb to‘qimalarning yuqori harorat, kimyoviy modda-
lar, elektr toki va nur energiyasi ta’sirida kelib chiqqan jarohati-
ga aytiladi.
Kuchli kuyishda bemorda jiddiy umumiy buzilishlar kuzatiladi.
Toqimalarning shikastlanish xarakteri va nechogli chuqur shi-
kastlanishiga ko‘ra kuyishning bir neva darajasi kuzatilishi mum-
kin.
Kuyishning 1-darajasi uncha yuqori bo‘lmagan
termik omilning
tez muddatli tasirida kuzatilib, terining qizarib va biroz shishishi
bilan xarakterlanadi. Teri kapillyarlari kengayadi va ularni o‘tka-
zuvchanligi oshishi hisobiga qonning suyuq qismi atrofdagi to‘qi-
malarga chiqadi.
Bu darajadagi kuyishning otish muddati 2–3 kun. Kuygan joy-
da teri pigmentatsiyasi va keyinroq epidermisning ko‘chib tushishi
kuzatiladi.
Kuyishning 2-darajasi pufaklar paydo bolishi bilan xarakter-
lanadi. Yallig‘lanish birmuncha yaqqol yuzaga chiqadi. Talaygi-
na suyuq lik chiqadi, shunga ko‘ra u epidermis ostida yigiladi va
epidermisni ko‘chirib pufaklar hosil qiladi. Ular birnecha minut
otgach yoki ertasiga paydo bolishi mumkin. Pufak yorilganida te-
rining tiniq qizil sorgichsimon qavati ko‘rinadi. Kuyish asoratsiz
o‘tganda, 4–6 sutkaga kelib pufakdagi suyuqlik so‘rilib ketadi. In-
feksiya tushib og‘irlashganida pufakdagi suyuqlik yiring laydi.
Kuyushning 3-darajasi terining yuza qatlami yoki barcha ich-
ki qavatlarning jonsizlanishi bilan xarakterlanadi. Kuygan yuza-
da to‘q rangli po‘stloq paydo bo‘ladi. Po‘stloq ko‘chgandan keyin
o‘sha joy ikkilamchi chandiq bo‘lib bitadi.
Kuyishning 4-darajasida teridan tashqari, ichkarida joylashgan
to‘ qimalar – mushak va suyaklar kuyadi. Bu juda sekinlik bi-
lan bitib, kat ta chandiqlar hosil qiladi. To‘qimalarni ayrim joy-
lari ko‘chib tushib, hatto oyoq-qo‘llar oz-ozidan uzilib tushishi
512
mumkin. Kuygan yuza nechog‘li katta bo‘lsa, bemorning ahvo-
li shunchalik og‘ir bo‘ladi. Tananing 30 % va undan ko‘proq qis-
mi kuysa, kuyish kasalligi kelib chiqib, unda ko‘pincha o‘lim ho-
lati yuz mumkin.
Sovuq urish
Sovuq urishi past harorat ta’sir etganda kelib chiqadi. Bunda
bemor a’zolarini noqulay sharoitlarda: ho‘l, tor poyafzal kiyish,
holdan toyish, 40 °C dan yuqori haroratda ham sovuq urishi
mum kin. Kopincha, qo‘l va oyoqlarning barmoqlari, quloq, bu-
run uchini sovuq uradi.
Sovuq urishining tortta darajasi farqlanadi.
1-darajada terining oqarishi va sezuvchanligining yo‘qolishi
bilan xarakterlanadi. Bemor isitilgandan keyin badan terisining
shu qismi qizil-ko‘kimtir bo‘lib qoladi, ozgina shishadi va quriy-
di. Sogayishdan oldin odam sovuqqa sezgir bo‘lib qoladi, ba’zan
terining rangi ko‘kimtir bo‘lib qoladi.
2-darajada qon aylanishining chuqur buzilishi kuzatilib, keyin-
roq tiniq suyuqlik bilan to‘lgan pufaklar hosil bo‘ladi. Pufaklar
atrofidagi teri ko‘kimtir-qizil tusga kiradi. Infeksiya tushmasa,
o‘rta hisobda 2 hafta ichida bitadi.
3-darajada teri va uning ostidagi to‘qimalar irib nekrozlana-
di, jonsizlanish gemmoragik suyuqlik bilan tolgan yumshoq pu-
faklar hosil bolishi bilan xarakterlanadi. Bu pufaklar po‘stloq
paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘lgan to‘qimalar ko‘chib tushgan-
dan so‘ng ularning ornida chandiqlanish boshlanadi. Jarohat 1–2
oy ichida bitadi.
4-darajada nekroz chuqur joylashgan to‘qimalar, shu jumla-
dan, su yak larni ham qamrab oladi. Tananing shikastlangan qis-
mi to‘q ko‘kim tir rangga, qoramtir suyuqlikka tola pufaklar bi-
lan qoplanadi. Pufaklar sovuq olishidan 2 haftadan keyin paydo
bo‘ladi. Keyinroq shikastlangan qism qurib ko‘chib tushadi.
Sovuq urishda bemorning ahvoli uning darajasiga bog‘liq.
Sovuq urishning dastlabki ikki darajasida bemorning umumiy
ahvoli unchalik ogir bolmaydi, keyingi darajasida toksemiya va
infeksiya qo‘shilishiga bog‘liq holda klinikasi namoyon bo‘ladi
– yuqori harorat, holsizlik, ishtaha yo‘qligi, leykositoz, E.Ch.T
oshishi va hokazo.