bog‘lov chi murakkab tuzilishga ega hosilalardir. Ular tashqi ta’sir
yetkazib beruvchi anatomik tuzilmalardan iborat. Sezgi a’zolari-
qabul qilish va faraz qilish shakllarida paydo bo‘ladi. Har turli
bilan qabul qilinadi. Sezgi a’zolari vositasida odam tashqi muhit-
493
kat bilan javob beradi. Ba’zi bir tashqi ta’sirot buyumga bevosita
tekkan vaqtda seziladi (kontakt sezgi): bunga teri sezgisi (og‘riq,
harorat), tilning shilliq pardasidagi so‘rg‘ichlar ovqatni mazasi-
ni biladi. Boshqa bir ta’sirotlar uzoqdan seziladi (distant sezgi):
ko‘rish a’zosi – nurni, eshitish a’zosi – to vushni, hid bilish a’zo-
si turli hidlarni. Sezgi a’zolari faqat tash qi ta’sirotlarni qabul qi-
ladi. Bu ta’sirotlarning tahlili esa bosh miya po‘stlog‘ida bo‘lib,
bu yerga ta’sirot nervlar orqali boradi. Ta’sirotlarni qabul qilish,
o‘tkazish va tahlil qilishda ishtirok etadigan elementlar yig‘indi-
sini, sezgi a’zolarini I.P. Pav lov analizator deb ataydi. Analizator
tashqi muhitning murakkab ta’sirini alohida elementlarga ajrata-
di. Analizator uch qism dan iborat:
1. Periferik qism – retseptor, kimyoviy va fizik ta’sirot ener-
giyasini qabul qilib, nerv qo‘zg‘alishiga aylantirib beradi.
2. O‘tkazuvchi qism – konduktor, qo‘zg‘alishni retseptordan
po‘stloq osti markazlari, keyin esa yarimsharlar po‘stlog‘iga o‘tka-
zadi.
3. Analizatorning po‘stloq markazida kelayotgan qo‘zg‘alish-
lar tahlil qilinadi va boshqa markazlar bilan aloqalar paydo bo‘la-
di. Markaz qancha yuqori joylashsa, qo‘zg‘alishlar shuncha nozik
tah lil qilinib ma’lum bir sezgi paydo bo‘ladi.
Sezgilar ikki guruhga bo‘linadi: 1. Atrof-muhitdagi hodisalar
va pred metlarning xususiyatlarini sezish (og‘riq, bosim va harorat
sezgisi, eshi tish, ko‘rish, ta’m bilish, hid bilish sezgisi). 2. Tana-
ning ayrim qismlari harakati va ichki a’zolar holatini sezish (hara-
kat sezgisi, tana muvozanati sezgisi, a’zolar va to‘qimalar sezgisi).
Shularga asosan sezgi a’zolari ikki guruhga bo‘linadi.
1. Tashqi sezgi a’zolari impulsni ekstraretseptorlardan qabul
qi la di. Ular beshta: teri sezgisi, eshitish, ko‘rish, ta’m bilish va
hid bilish a’zolari.
2. Ichki sezgi a’zolari: a) impulslarni propriotseptiv sohadan:
mu shaklar, bo‘g‘imlar va muvozanat a’zosi (ichki quloq) proprio-
tseptorlaridan qabul qiluvchi; b) intratseptiv sohadan ichki a’zo-
lar va qon tomirlardagi interoretseptorlardan qabul qiladi. Ichki
a’zolardan keluvchi impulslar mo‘tadil holatda sezilmaydi. Ular
ma’lum bir kasalliklarda og‘riq shaklida bilinadi.
494
Ko‘rish a’zosi
Ko‘rish a’zosi odam hayotida uni tashqi muhit bilan aloqasi-
da katta ahamiyatga ega. Ko‘rish a’zosi ko‘z kosasida joylashgan
bo‘lib, ko‘z va ko‘zning yordamchi hosilalaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: