Avtonom va somatik nerv tizimining o‘zaro farqi
1. Somatik nervlar miya so‘g‘oni va orqa miyaning boshidan
oxirigacha har bir segmentdan chiqadi va segmentar tarqaladi. Av-
tonom nervlar markaziy nerv tizimining to‘rt qismidan chiqadi.
2. Reflektor yoyda (207-rasm) avtonom nerv tizimining ora-
liq neyroni hujayralari orqa miyaning yon shoxlarida joylashib,
ularning aksonlari tugun oldi tolalarini hosil qiladi. Ular mielin
parda bilan qoplangan. Avtonom nerv tizimining effektor neyro-
ni tugunlardan boshlanib, tugun orqa tolalarini hosil qiladi. So-
matik nerv ti zimining effektor neyroni markazdan to a’zogacha
hech qayerda uzilmaydi.
3. Somatik nerv tolalari ustidan mielin parda bilan qoplangan
bo‘l sa, avtonom nerv tolalarida mielin parda juda yupqa yoki umu-
man bo‘l maydi.
4. Somatik nervlar ko‘ndalang-targ‘il mushaklar va sezgi a’zo-
Do'stlaringiz bilan baham: |