Taroqsimon mushak (m. pectineus) kalta, yassi mushak.
Qov suyagining qirrasi va ustki shoxidan boshlanib, son suyagini
taroqsimon chizig‘iga birikadi.
Faoliyati: sonni yaqinlashtiradi va bukadi.
2.
Nozik mushak (m. gracilis) qov simizining pastki qismi va
qov suyagining pastki shoxidan boshlanadi. Sonning medial yuza-
si bo‘ylab yo‘nalib, katta boldir suyagi tanasini yuqori qismining
medial yuzasiga birikadi.
Faoliyati: sonni yaqinlashtiradi, boldirni bukadi va ichkariga
buradi.
3.
Uzun yaqinlashtiruvchi mushak (m. adductor longus) ol-
dingi mushakdan pastda va medialroq joylashadi. Qov suyagining
ustki shoxini tashqi yuzasidan qalin pay bilan boshlanadi. Pastga
va lateral yo‘nalib, yupqa keng pay bilan son suyagi g‘adir-budir
chizig‘ining ichki labiga birikadi. Faoliyati: sonni yaqinlashtiradi
va ichkariga buradi.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |