(symphisis pubica) qov suyaklarining bir-biriga qa-
ragan simfiz yuzalari o‘rtasida hosil bo‘lib, yarim bo‘g‘imlar turku-
miga kiradi. Suyaklarning bo‘g‘im yuzalari tog‘ay bilan qoplan-
gan bo‘lib, o‘zaro tolali tog‘ay disk vositasida birlashadi. Tog‘ay
diskning o‘rtasida sagittal sathda joylashgan bo‘shliq bo‘ladi. Qov
sim fizini ikkita: ustki tomonidan ko‘ndalang yo‘nalgan ustki
qov
boylami va simfizni pastki tomonida tortilgan pastki qov boylami
mustahkamlaydi. Qov simfizi tog‘ay diski ayollarda erkaklarga nis-
batan qalin bo‘ladi.
Butun chanoq
Chanoq suyaklari va dumg‘aza, dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi va
qov simfizi vositasida birikib butun chanoqni (pelvis)
hosil qila-
di. Butun chanoq (54-rasm) suyak halqadan iborat bo‘lib, uning
ichida ichki a’zo lar joylashadi. U ikki qismga: yuqorigi katta cha-
noq va past ki kichik chanoqqa bo‘linadi. Ularni ko‘tarilgan joy,
yonbosh suyagining ravoqsi mon chizig‘i, qov suyagi qirrasi va qov
sim fizining ustki chekkasidan o‘ta digan chegaralovchi chiziq ajra-
tib turadi.
Katta chanoq orqa tomondan
V bel umurtqasining tanasi, yon
Do'stlaringiz bilan baham: |