O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti



Download 435,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/21
Sana20.09.2021
Hajmi435,95 Kb.
#180201
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti -2012

«Shahboz va Bulbul» 

Kunlarning birida, bahor ayyomida, Bulbul bilan Shohboz munozara bashlabdi. 

Bulbul kelishgan husni va Xushxonligini pesh qilib Shohbozga maqtanibdi 

uning «Jahl asor»ligi «badjamol» va «badmaqol»ligidan kulibdi: 

Bir chamane sahnida fasli bahor, 

Boz ila Bul edilar so`z guvor. 

Bozga Bulbul dedi, ey jahlasar, 

Senda qani savtu navodin xabar? 

Qushlar aro son kabi bir badmaqol, 

Mumkin emas bo`lmog`i, ey badjamol 

Manman o`shum Bulbuli go`yoxvash 

Nag`mam erur el aro dovudavash. 

Bulbulning  tapqididan  «Savtu  navo»dan  xabardor  bo`lish,  shirin  so`zli 

bo`lish  kerak,  degan  xulosa  chiqadiki,  bu  tarbiyaviy  ahamiyatga  egadir.  Lekin 

Bulbulning  ham  kamchiliklaridan  ko`z  yummaslik  kerak.  Masalan  u  Shihbozni 

tanqid qilar ekan, o`z fazilatlaridan mag`rurlanadi, «manman»likka beriladi. Garchi 

Bulbilning  so`zlari  Shahbozga  og`ir  botsa  ham,  u  Bulbulga  shoir  tilidan  «izzat 

tilasang, bekordan bekorga vaysama, yuz ish qilganingda, birini ayt xudbinlarning 

iqboli past bo`ladi», deb g`oyat oqilona javob qaytaradi: 

Boz dedi onga ki: xomush bo`l, 

Bo`lma til izzat tilasang go`sh bo`l, 



 

65 


Angla yaqinki, mangadur yoz qish, 

Yuzni qilib birni demaslik ravish 

Har kishi xudbin esayu xudparast, 

Sen kibi iqboli netong bo`lsa past. 

Manzili maqsad tilasang soda bo`l. 

Joda kibi sar basar aftoda bo`l. 

Har kishi xudbinu ya`mo erur, 

Chunki ko`zi xokaro ma`vo erur... 

«Shohzod va Bulbul» masali hech narsani pisand etmay, Husn ustiga qo`shin 

tortib borayotgan Aqlshohning mag`rurligini fosh etish uchun keltirilgan. 



«Gul va Daf» 

Doston personajlaridan Mehri dilovar to`y qatnashchilarini «Gulzori bahor»ga 

taklif qilar ekan: 

Har ne ki, ul bazmg`a darkor edi, 

G`ayri talab barchasi tayyor edi- 

deb,  u  erda  ilm  eli  she`r  bilan  badeha  aytayotganini,  nuktadonlar  ma`nolar 

dengizida suzayotganini, soz ahli nag`malar ko`ylayotganini bayon qiladi. Shu payt 

Gulga ko`zi tushib qolgan Daf (childirma) unga qarab: 

Garchi qadim g`am yukidin dal erur, 

Shakl mango aqsonul ashkol erur... deydi. 

Gul unga javob qaytaradi: 

Garchi seni qo`lga ko`tardi gado, 

Bo`ldi navo istobon ul benavo. 

Lek meni boshi o`za shohlar 

Qo`ydilar ul mohi falaktohlar... 

Ko`ramizki,  bu  masalda  Dafni  qo`liga  olib,  navo  istovchilarning  benavo 

bo`lib  qolganligiga,  binobarin  shoir  yashab  ijod  etgan  davrda  san`at  ahllarining 

kamol topishi uchun hech qanday sharoit bo`lmaganiga ishora qilinadi. 




Download 435,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish