Bosh og’riqlari va uning turlari haqida
Bosh og’rig’i sudo bosh a`zolarida bo’ladigan og’riq bo’lib, uning sababi
mizoj buzilishi yoki uzluksizlikning buzilishidan kelib chiqishi mumkin. Bu
buzilishlar - miya moddasining o’zida yoki miyani o’ragan pardada,
tomirlarida bo’lishi mumkin. Ayni holda bosh og’rig’i hamkor a`zolar tufayli
ham kelib chiqishi mumkin. Og’riqning joylashgan joyiga qarab, agar u
boshning yarmida bo’lib, og’riq doimiy bo’lsa Shaqiqa (migren) deyiladi.
Agar og’riq boshning hamma qismini o’rab olsa, doimiy xarakterga ega
bo’lsa u bayza yoki huda (temir qalpoq) bosh og’rig’i deyilib, og’riq boshni
temir qoplagandek qisib olganligi sababli shu nom bilan yuritilgan. Bosh
og’riqlari kechishiga qarab kuchli, o’rtacha va kuchsiz bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |