Yog’larni tayyorlash
Yog’lar - asosan o`simlik urug’laridan tayyorlanadi. O`simlik mahsulotlaridan
juda xilma-xil usulda dorivor yog’lar olinadi. Bularni o`sha o`simlik ustida so`z
155
yuritganimizda izohlab beramiz. Biz bu joyda ko`pchilik hollarda olinadigan
yog’larni uch xil uslubi haqida so`z yuritamiz.
1-uslub: Alangasiz yog’ olish. Buning uchun o`simlik, uning guli yoki bargi
yoki bo`lmasa, tanasi olib shisha bankaga solib to`ldiriladi va ustiga toza kunjut yoki
zaytun yog’i solib og’zi yopilib, quyoshda 5-6 kun qo`yiladi. 7- kuni banka
ichidagi o`simlik mahsuloti chiqarib, undagi yog’ni siqib olib, bankani yana oldingi
solingan mahsulot bilan to`ldiramiz va undagi yog’ bilan aralashtirib, quyoshda
qo`yamiz. Bu uslub 5-6 ba`zida 7 marotaba takrorlanadi.
Bu usulda yog’ tayyorlash jarayonida har doim mahsulotning rangi, hidi, ta`mi,
quyosh nuri ta`sirida yog’ga o`tadi. Tayyor bo`lgan yog’ tindirilib, shisha yoki sopol
idishga solib og’zi yopiq holda saqlanadi va olingan yog’ o`sha o`simlik va uning
qismi nomi bilan nomlanadi.
2-uslub: Alangali yog’ olish.
Bu uslubda shifobaxsh yog’larni olish 3 uslubda bajariladi.
a) agar yog’ olinadigan o`simlik mahsuloti quritilmagan bo`lsa, unda mahsulot
mis yoki tosh qozonga solinadi va ustiga toza kunjut yoki zaytun yog’i solinib, past
olovda to o`simlik mahsuloti yetilib pishgancha qaynatiladi (kuydirish darajasigacha
olib borilmaydi) va u olovdan olib ilik holda tindiriladi. Sarimsoq, anzur, piyoz
misolida.
b) yoki bo`lmasa o`simlik shirasini siqib olib, ustiga 2:1 nisbatda yog’ solib past
olovda qaynatamiz, toki yog’ qaynash harakatidan qolsin, bu uslubda shira
tarkibidagi suvni bug’lantirib, uning tarkibiy qismini yog’ga o`tkazamiz.
v) bu uslubni umri qisqa o`simliklar, asosan qizil gul, tog’ guli va boshqa
gullardan yog’ olish uchun qo`llaymiz. Buning uchun o`simlik gullari va gul barglari
quritib olib kuyiladi va zarurat tugilganida esa shu quritilgan dorivor mahsulotdan
bir sig’im olib, mis qozonlarga solib ustidan bir piyola suv solib qaynashgacha
yetkazamiz va uning ustiga bir piyola zaytun yoki kunjut moyi solib past olovda
156
asta-sekinlik bilan aralashma tarkibidagi suvni bug’lantirib yuboramiz (qozondagi
yog’ harakatdan qoladi). Keyin qozonni olovdan olib, yoqni issiq holda tindirib
olamiz. Ehtiyot bo`lish kerakki, yog’ qizimasin, chunki yog’ning shifobaxshlik
kuchi so`nadi.
Birinchi tayyorlov uslubi. Xushbo`y qamish, dafna bargi, bal'zam yog’ochi,
hind sodaji, qora andiz, qorachayir, archa bujuri, mirt, yovvoyi zira va
sarimsoqlarning har biridan ikki uqiyadan olib, yirik qilib yanchiladi va qozonga
solib, ustiga sharob va suv quyiladida, ivitib qo`yiladi. Keyin ustiga besh bo`lak
kunjut yog’idan qo`shib, qo`shaloq idishda uch soat davomida past olovda
qaynatiladi, shunda doimo kovlab turiladi, keyin olovdan tushirib, sovutib qo`yiladi
va yog’ suziladi.
Ikkinchi tayyorlov uslubi. Qizil gul, seylon dolchini, ho`l mirt shirasi va
murrlarning har biridan ikki uqiyadan olib, yirik qilib yanchiladi va ustiga suv yoki
sharob solib ivitiladi keyii birinchi gal pishirilgan yog’ni qo`shib, uch soat past
olovda qaynatiladi va sovutib suziladi.
Uchinchi tayyorlov uslubi. Sunbul, qalampirmunchoq va may`a yelimlarining
har biridan uch uqiyadan, muskat yong’oqidan besh uqiya va bal'zam yog’idan olti
uqiya olinadi. Dorilarni yirik qilib yanchib, ustiga suv quyiladi, aralashma qizigach,
yuqorida ko`rsatilgan pishirilgan yog’ni, shuningdek, bal'zam yog’i va sovuq may`a
yelimini qo`shib kovlash orqali yaxshilab aralashtiriladi va suvi ketib yog’i
qolguncha qaynatiladi.
Ilon yog’i. Temiratkilarga va orqa teshik bo`shashganga foyda qiladi.
Tarkibi. Uch misqol kunjut yog’idan olib, sopol qozonga solinadi, keyin unga
beshtadan o`ntagacha tirik qora ilonni solib, qozonning og’zi berkitiladi va ular
titilib ketguncha past olovda qaynatiladi. Keyin olovdan tushirib, sovutib
qo`yiladida, qozonning og’zi ochiladi, shunda uning bug’idan saqlanish kerak; yana,
157
u sovub bug’i ketguncha qo`yib qo`yiladi, so`ngra shisha idishga solib qo`yib,
keragida olib, surtib ishlatish mumkin.
Qovoq yog’i. Bu yog’ning yolg’iz o`zi butun badandagi har qanday haroratga
foyda qiladi. Agar harorat tashqi a`zoda bo`lsa, bu yog’ o`sha yerga surtiladi, agar
qovuq va buyrakda bo`lsa, ularning ustiga surtiladi, bu yog ichiriladi va ovqatga
qo`shib beriladi. Agar harorat butun badanda bo`lsa, u ichiriladi va ovqatga qo`shib
beriladi. agar harorat boshda bo`lsa, bu yog’ boshga surtiladi va burunga tortiladi.
Agar ichaklarda o`tkir o`t bo`lsa, bu ichiriladi. U haqiqatan ham, bularning
hammasiga foyda yetkazadi. Tayyorlash: katta pishgan qovoqni olib, po`chog’i
artiladi va maydalab siqiladi, uning suvidan to`rt qism va yangi kunjut yog’idan bir
qism olib, ikkalasi past olovda suvi ketib , yog’ning o`zi qolguncha qaynatiladi,
keyin suzib, shishaga solib qo`yib, iste`mol qilinadi.
Rayhon yog’i. Tizza, bug’imlar va butun badandagi bodga foyda qiladi.
Tayyorlash: Rayhon suvidan bir qism va kunjut yog’idan ham bir qism
olinadida, suvning hammasi bug’lanib ketib , yog’ qolguncha qaynatiladi. Keyin
suziladi va shisha idishga solib, og’zi mahkamlab berkitib qo`yiladi. Bir ichimi biz
yuqorida aytgan kasalliklar uchun bir misqoldan yarim uqiyagacha bo`lib, uni bir oz
zira qo`shib qaynatilgan no`xat suvining ikki uqiyasi bilan ichiriladi va ustidan
zirboj bilan ovqatlantiriladi, a`zolarga bu yog’ surtilsa ham foyda qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |