Usora - o`simlikni xoxlagan sifatli qismi olinib, kichkina bo`laklarda
maydalanib, keyin yanchiladi, so`ngra qo’goz xaltalarga solib siqib, shirasi ajratib
olib, chinni yoki sopol lagan yoki likopchalarga solib quyoshda ustini xarir ipakdan
qilingan yupqa mato bilan yopib qo`yiladi, toki lagan yoki likopchadagi shiraning
suv qismi bug’lanib, quyuqlashib, qiyom holiga kelsin.
Buxoro xalqi bu qiyomni umumiy qilib ochor deydi, chunki o`tmishda
Buxoro xalqi uzum, qovun, shaftoli, o`rik, tut kabi mevalardan shu usulda qiyom
olib qishda iste`mol qilganlar. Quyosh nuri ta`sirida tayyorlab olingan qiyom -
ochorni usora deyiladi. Ular sopol, chinni idishlarda keyingi vaqtda esa shisha
idishlarda saqlangan.
Rubb - yuqorida zikr qilinganidek, o`simlik mahsulotlarining shirasi ajratib
olingandan so`ng, shu shira mis qozonlarga solib uncha katta bo`lmagan alanga
ta`sirida qaynatiladi. Toki shira tarkibidagi suv bug’lanib, qiyom holiga kelsin, bu
uslubda olingan qiyom rubb deyiladi. O`tmishda Buxoro ahli uzum, nayshakar,
qand lavlagi shirasini ajratib olib katta mis qozonlarga solib sekin qaynatib qiyomga
kelishidan oldin gulob qo`shib, so`ngra shirani tindirib olganlar. Gulob qo`shish 7
marotaba takrorlangan, so`ngra esa shirani qaynatib qiyom holiga keltirib, undan
shirinliklar tayyorlaganlar. Gulob qumi bu texnologik jarayonda sorbent vazifasini
o`tab, shira tarkibidagi boshqa zararli moddalarni o`ziga jamlab oladi.
Tayyorlangan qiyom - rubb chinni, sopol, yaxshisi shisha idishlarga solib
saqlanadi.
Taryoqlar va katta ma`junlar
150
Taryoqlar murakkab dorilarning eng yaxshisi va afzali bo`lib,taryoqning eng
yaxshi xili katta taryoq bo`lib, u taryoqi foruq deb ataladi. Bu dori kasallikni
sog’likdan, o`limni hayotdan , zaharni inson tabiatidan ajratgani uchun unga foruq
nomi berilgan, ya`ni ayiruvchi taryoq ham deyiladi.
Birinchi marta Rim imperatori saroy tabibi Andramax taryoqni kashf etgan.
Taryoqi foruq - murakkab dorilarning eng yaxshi va eng afzalidir, chunki
u ko`p narsalarga foyda qiladi, xususan ilon, chayon va quturgan it zahariga
ichilgan o`ldiruvchi zaharlarga, shuningdek, balg’amda hamda savdodan bo`ladigan
kasalliklarga va ularning isitmalariga, yomon bodlar, falaj, sakta, tutqanoq, yuz
falaji, qaltiroqlik, vasvasalik, jinnilik, ayniqsa moxov kasalligiga hamda peslikka
foyda qiladi.
Bu taryoq yurakni tetiklashtiradi, hislarni o`tkirlashtiradi, ishtahalarni
qo`zg’atadi, me’yordan kuchaytiradi, nafas olishni kuchaytiradi, xafaqonni ketkazadi
va qon tuflashni to`xtatadi, buyrak va qovuqning ko`pchilik og’riqlariga, hamda
ulardan turli narsalarning oqishiga qarshi ham foyda qiladi, toshni maydalaydi,
shuningdek, ichak yaralariga, jigar, taloq va boshqa a`zolarda bo`ladigan ichki
qattiqliklarga ham foyda qiladi. Taryoq bu ta`sirlarni, o`z tarkibidagi sodda
dorilarning aralashuvidan kelib chiqadigan suratining xususiyati tufayli amalga
oshiradi, chunki u ruh bilan tug’ma haroratni kuchaytiradi va shu orqali inson
tabiatiga sovuqlik va issiqlikka qarshi turishda yordam beradi. Bu dori uchun eng
yaxshi nusxa Andromaxning dastlabki asl nusxasidir. Jolinus va ko`pgina tabiblar
kunning tarkibini orttirish yoki kamaytirishga urinib ko`rganlar, buni ular biron
zarurat yoki kuchli sabab tufayli qilmaganlar, balki nomlari zikr etilsin va ulardan
ham Andromaxdan qolgani kabi yodgorlik qolsin degan umidda qilganlar. Tajriba
natijasida najot beruvchi bo`lib chiqqan tarkibdan hech narsani o`zgartirmaslik
durustroq bo`ladi. Taryoqni shu xil vaznda tarkib qilish zarurligi tajribaning
taqozosidir. Agar undagi tarkibiy qismlarning vazni o`zgartirilsa, u bunchalik
151
xususiyatga ega bo`lolmaydi. Agar biror kishi taryoq qismlarining, o`sha xildagi
vaznlari nima uchun taryoqda shu xil xususiyatni keltirib chiqarish sababini
bilaman, deb da`vo qilsa, u kishi rad qilinadigan, yolg’on narsani da`vo qilgan
bo`ladi; u xuddi biror kishining ot, inson va boshqalardagi sodda unsurlarning
vaznlarini bilishni da`vo qilganiga o`xshaydi.
Taryoqning bolalik, o`smirlik, yoshlik, qarilik va o`lish davrlari bor. U olti oy
yoki bir yil o`tgandan keyin bolalik davrida bo`ladi, keyin u o`sa va orta borib,
nihoyat issiq mamlakatlarda o`n yildan keyin, sovuq mamlakatlarda esa, yigirma
yildan keyin o`sishdan to`xtaydi. So`ngra u o`n yoki yigirma yil davomida to`xtab
turadi, keyin yigirma yoki qirq yildan so`ng kuchi kamayib boradi. Nihoyat, uning
taryoqligi o`ttiz yoki oltmish yildan keyin yo`qoladi va u taryoqlik darajasidan
tushgan ma`junlarning biriga o`tadi, qisqacha, taryoqning tarkibiga 64 xildan ortiq
dorivor moddalar qo`shilgan bo`lib, ta`sir etishiga qarab taryoqning - 6 oydan 1
yilgacha bolalik davri bo`ladi, keyin u o`sa borib, o`smirlik, yoshlik, qarilik
davrlarini o`tab 10-20 yildan so`ng kuchi kamayib, 30-60 yildan so`ng oddiy
ma`junga aylanadi.
Biror narsa chaqqan kishiga taryoqning yangi va kuchlisini ichirish kerak,
boshqalarga esa zaifrog’i ichiriladi. Ko`pincha. biror narsa chaqqanda kishiga yangi
taryoqdan yarim misqoldan bir misqolgacha ichirishga to`g’ri keladi. Taryoqning
yangi va kuchlisini eski, kuchsiz va yomonidan ajratadigan sinovlardan biri shuki,
bir kishiga birorta surgi ichirib, ichi surilishi kutib turiladi, ichi surilgach, taryoq
ichiriladi, agar u ichni to`xtatsa, demak, u yangi va yaxshi taryoq, bo`lmasa yomon
taryoq hisoblanadi. Jolinus eslatib o`tgan sinovlardan biri: masalan, yovvoyi
xo`rozni tutish lozim, chunki uning mizoji uyda boqiladigandan ko`ra quruqroq
bo`ladi, menimcha, bu erkak qirg’ovul bo`lsa kerak, keyin u biror zaharli hasharotga
chaqtiriladi, keyin unga taryoq ichiriladi, agar u tirik qolsa, taryoq yaxshi
hisoblanadi,yoki, taryoqni afyun, sassiq alaf va boshqa narsalar ichgan odamga berib
152
ham sinab ko`rish mumkin. Ayrim og’ir kasalliklarda esa, u faqat o`lim muddatini
bir oz kechiktiradi xolos deydi ba`zi tabiblar va bunga mushk dorisi boshqa hamma
narsadan ko`ra foydaliroq bo`lsa kerak deydilar.
Har bir ayrim kasallikda taryoqdan qancha ichirish kerakligiga kelsak, shuni
aytish kerakki, eski yo`tal, ko`krak va biqin ogrig’ida undan bir misqol
miqdoridagisini asal suvi bilan yoki kasalning isitmasi bo`lsa, gulob bilan ichiriladi.
Davriy qaltiratuvchi isitma, sovuqlik va qusishning dastlabki davrida taryoqdan bir
misqol miqdoridagisi uch uqiyadan kam bo`lmagan va to`rt yarim uqiyadan ortiq
bo`lmagan suv yoki sharob bilan ichiriladi. Qulanjga uchragan, me`da yarasi va
ichagi burab og’riydigan kishilarga bir misqol miqdoridagisi, bilganingdek, asal
suvida yoki gulob bilan ichiriladi. Ishtahasi kamaygan kishiga ham, o`zing
bilganingdek, suv yoki sharob bilan ichiriladi, taryoqdan bir misqolni tuyog’o`t
qaynatmasi bilan ichiriladi. Istisqoda bir misqol taryoq ovqatdan oldin yo’tqiziladi
yoki bir yarim uqiya miqdordagi suyultirilgan sirkadan ichiriladi. Qon
tuflaydigan kishiga esa, agar kasallik yaqinda boshlangan bo`lsa, taryoqdan bir
misqolchasi suyultirilgan sirkada ichiriladi, agar kasallik eski bo`lsa, o`sha miqdorni
bir oz ko`paytirib, ertalabki va kechqurun ichiriladi. Ovozi bo`g’ilib qolgan kishiga
bir chayqash miqdordagi taryoqni asalli suv yoki uzum shinnisi bilan ichiriladi, yoki
til tagida tutib turishga buyuriladi. Ichak yaralari va ichdan qon ketishga qarshi yoki
tatim suvi bilan, nafas qisishga qarshi esa, bir uqiyadan kamroq oq piyoz sikanjubin
bilan ichiriladi. Tutqanoqda taryoq bilan tomoq chayiladi, keyin chorak misqoldan
yarim misqolchasini suvda yoki dengiz piyozi sikanjubinida ichiriladi; bosh og’rig’i
va shaqiqada ham shunday qilinadi.
Agar taryoq kashnich qaynatmasi bilan ichirilsa, qovuq va buyrakdagi toshni
maydalaydi. U hayzni to’xtatadi va tabiatni bog’laydi. Sog’liq vaqtlarida taryoq
ichib yurgan kishiga zaharlar ta`sir qilmaydi. U turli ofatlardan saqlanadi va vabo
kasalliklaridan omon qoladi.
153
Taryoqning sifati. Oq piyoz kulchalaridan qirq sakkiz misqol; afo iloni
kulchalaridan yigirma to`rt misqol; andruqurun kulchalari, qoramurch va
afyunlarning har biridan shunchadan dorchindan, ayrim adabiyotlarda o`n ikki
misqol, boshqa bir adabiyotlarda yigirma to`rt misqol; qizil guldan o`n ikki misqol;
yovvoyi sholg’om urug’i, yovvoyi sarimsoq, gulsapsar ildizi, daraxt po`kagi,
chuchukmiyaning quyultirilgan shirasi va balzam zehining har biridan shuncha
vazndan; murr, za`faron, zanjabil, rovoch, tog’ yalpizi, kanavcha, tog’ petrushkasi,
Rum rayhoni, qust, oq murch, uzun murch, kiyik o`ti, kundur yelimi, qorachayir
guli, saqich, qora seylon dorchini, hind sunbuli va julaxlarning har biridan olti
misqoldan; suyuq may`a yelimi, petrushka urug’i, Rum sassiq qavragi, oq indov
urug’i, juvona, kamodaryus, kamofitus, takasoqol shirasi, Iqlit sunbuli, sodaj,
yovvoyi ukrop ildizi, gentiana ildizi, arpabodiyon urug’i, muhr loyi, kuydirilgan
sariq zok, amom, igir, balzam daraxti urug’i, dalachoy, tog’ sunbulining ildizi, arab
yelimi, yovvoyi zira, Rum arpabodiyoni va arab akatsiyasining shirasi - shularning
har biridan to`rt misqoldan; yovvoyi sabzi urug’i, galban yelimi, yahud mumi,
govshir, ingichka lufo va uzun aristoloxiyalarning har biridan ikki misqoldan,- ayrim
adabiyotlarda- uzun aristoloxiyaning o`rniga uning dumalog’i ko`rsatilgan. Qunduz
qiridan,- ba`zi bir adabiyotlarda- ikki misqol,- boshqa bir adabiyotlarda- to`rt misqol
olinadi; eron gavragi haqida ham gap shunday; asaldan o`n ritl, eski xushbo`y
sharobdan ikki qism olinadi. Dorilardan eriydiganlari eritiladi, iviydiganlari
ivitiladi, quruqlari esa yanchib elanadi. So`ngra hammasi asal bilan qorilib, sopol
yoki qalay, yoki kumush idishga solib qo`yiladi; Shunda idish to`lmasdan, dori
nafas olishi uchun, bo`sh joy qoldiriladi. Asal va sharobdan tashqari hamma
dorilar oltmish to`rtta dorivor o`simlikdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |