Dorilar bilan davolashning 3 ta qonuniyati bor:
Birinchisi, dorilarni mizojiga qarab, ya`ni issiqlik yoki sovuqlik, ho`llik yoki
quruqligiga qarab tanlash qonuni.
Ikkinchisi, dori miqdorini aniqlash qonuni, ya`ni dorilarning og’irligini o`lchash
va dorilarni ta`sir qilish vaqtini aniqlashga bo`linadi.
Uchinchisi, dorilarni qaysi vaqtda iste`mol qilish vaqtini aniqlash qonuni.
Kasallikni davolash uchun unga zid bo`lgan dorilar bilan davolanadi. Dorining har
jihatdan miqdorini bir butun qilib o`lchash uchun, a`zoninig tabiati, kasallikning
darajasi, jins, yosh, yil fasli, yashash muhiti, kasb, quvvat va tashqi ko`rinishi asos
qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |