Bo`lim o`ziga yuklatilgan vazifalar asosida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqa vazirlik, idora,
mahalliy ijro hokimiyati bilan birgalikda aholi bandligining hududiy dasturlarini
ishlab chiqishda qatnashish;
demografiya va ish bilan bandlik sohasida rivojlanish tendensiyalarini, mavjud
nomutanosibliklarni va ularni bartaraf etish bo`yicha takliflar tayyorlashning
kompleks va tizimli monitoringini amalga oshirish hamda holatini aniqlash;
bo`limning ma'lumotlar bazasini hamda har bir mutaxassisning nazoratidagi
masalalarni shakllantirish, yuritish va yangilab borish;
demografiya va mehnat bozoridagi muammolarni yechishga qaratilgan taklif,
loyiha va dasturlar bo`yicha kelishish uchun xulosalar tayyorlash;
vazirlik boshqarmalari, iqtisodiy organlar, hokimiyatlar va bo`lim faoliyatining
asosiy yo`nalishlaridan kelib chiqadigan masalalar bo`yicha respublikaning
boshqa idoralari bilan hamkorlik qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |