O’rta Osiyolik olimlar: Muxammad Muso Al-xorazmiy (782-847) “Bilinki,
daryoning ko’zlari yoshlansa, uning boshiga g’am, kulfat tushgan bo’ladi. Odamlar
daryodan mehringizni darig’ tutmanglar” deydi, ya’ni, daryo bilan odamlarning
bir-birini tushunishlar, til topishlari, o’zaro bir-birlariga mehr-muhabbat
qo’yishlarini nazarda tutgan va suvdan tejab foydalanishini aytgan.
Abu-Nasr Farobiy “Odam a’zolarining tuzilishi, hayvonlar a’zolari va
ularning vazifalari xaqida” kitobida tirik organizmning ovqatlanish ekologiyasiga
doir muhim fikrlarni bildirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |