‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi y. Masharipov sport psixologiyasi



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/167
Sana20.09.2021
Hajmi7,57 Mb.
#179565
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   167
Bog'liq
18sportpsixologiyasipdf

Birinchi variant.  Murabbiy sportchilarga  birorta jism oniy  mashqni, 
masalan,  ikki  oyoqda  o'tirib  turish  yoki  qo'lda  tortilish  mashqlarini 
bajarishni  uyga vazifa tariqasida beradi.  Murabbiy ertasiga shogirdlaridan 
mashqlarni  ko'rsatishni  talab  qiladi.  Berilgan  mashqlarni  sportchilar 
bir  necha  m arotaba  takrorlaganidan  so'ng,  ularda  siqilish  va  zerikish 
holatlari  paydo  boMadi.  Bu  holat  mashg'ulot  samaradorligiga  salbiy 
ta ’sir  ko'rsatadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ikkinchi  variant.  Murabbiy  shogirdlariga  o'zlari  sevgan  harakatli 
o‘yin  yoki jismoniy mashq turlaridan  birini  tanlab,  uni  bajarishni  talab 
darajasida  o ‘rganib  kelishni  tavsiya  etadi.  A lbatta,  navbatdagi 
mashg'ulotda  uyga  vazifaning  bajarilishi  tekshiriladi.  M urabbiyning 
bunday mashg'uloti birinchi  variantga  qaraganda  qiziqarli  bo'ladi.  Har 
bir  sportchining  mustaqil  o'rgangan  mashqlari  boshqa  sportchilarda 
ham qiziqish  uyg'otadi.  Sportchilar, albatta o'zlari tanlagan sport turiga 
oid  har  bir  harakatni  diqqat  bilan  kuzatib,  har  xil  harakatli  o'yin  va 
mashq  turlarini  o'zlashtirib  oladilar.  Sportchilaming  harakatli  o'yin 
hamda  mashqlarni  bajarish  uslublari  ular  shaxsini  va  ichki  dunyosini 
ochib  beradi.
Sportchilar o'zlarida namoyon bo'ladigan qiziqishlar yoki barqarorlik 
darajasi  bilan  ham  bir-biridan  farq  qiladi.  Ba'zi  sportchilar  bo'ladiki, 
ularda hosil bo'lgan  muayyan  qiziqish-havaslar doimiy bo'lib,  umrbod 
saqlanib  qo lad i.  M asalan,  Rufat  Risqiyev,  A rtu r  G rig o ry a n , 
Muhammadqodir  Abdullayev  singari  sportchilarda  bo'lgan  qiziqishlar 
doimiy  va  barqaror  qiziqishlardir.  Ba’zi  sportchilar  o'zlari  tanlagan 
sport  turiga  juda  qattiq  qiziqadilar,  mehr  qo'yadilar,  lekin  ularning 
qiziqish-havaslari  uzoqqa  borm aydi.  Bunday  sportchilarda  b iro r 
faoliyatga bo'lgan zo 'r qiziqish,  havas o'rnini darrov boshqa bir qiziqish, 
havas  egallaydi.  Bunday  sportchilaming  qiziqishlari  tez  o'zgaruvchan 
hamda  nihoyatda  kuchsiz  bo'lib,  tez  o'tib  ketadi.  Biroq,  shu  o'rinda 
ta’kidlash joizki,  to 'g'ri  yo'lga  qo'yilgan jismoniy  mashg'ulot  va  sport 
ishlarining  o'ziyoq  yoshlarda  sportga  bo'lgan  qiziqishni  tarbiyalaydi. 
Har qanday sport  mashg'uloti va  har qanday sport  musobaqasi  sportchi 
uchun  qiziqarlidir.  Boshlovchi  sportchilarda  tanlangan  sport  turiga 
bo'lgan  qiziqishlarning  barqarorligini  saqlab  qolish  uchun,  avvalo, 
mashg'ulotlarning emotsional,  yorqin va jonli bo'lishi;  tashkil etiladigan 
sport  musobaqalari  kelgusida  kasb  egallash,  ma’lumotini  oshirish  va 
sog'ligini  mustahkamlash  uchun zarurligini sportchilarga anglatib borish 
katta  ahamiyatga  egadir.
Qiziqishlari  past  yoki  tartibsiz  bo'lgan  sportchilaming  m a’naviy 
hayoti  mazmunsiz  va  tartibsiz  bo'lib,  bunday  sportchilar  o'zlarining 
nima  uchun  sport  bilan  shug'ullanayotganliklarini,  nim a  uchun 
yashayotganliklarini  ko'pincha bilmaydilar va hayotda o'z o'rnini topish­
ga  qiynaladilar.  Sportchilarda  qiziqishlarning  susayib  yoki  yo'qolib 
ketishi  ularning  faoliyatini  susaytirib  yuboradi,  boshqa  m a’naviy  fazi- 
latlariga  putur  yetkazadi;  sportchini  bekorchilikka  moyil,  yalqov  qilib
www.ziyouz.com kutubxonasi


qo‘yadi.  Bunday sportchilar bo'sh  qolgan vaqtlarida nima bilan mashg‘ul 
bo'lishlarini  bilmay  zerikadilar  yoki  vaqtni  o'tkazadigan  biror  bekor- 
chi ermak topishga urinadilar.  Muayyan aniq bir sport turi bilan doimiy 
izchil  shug'ullangan  sportchilar  har  doim  tetik,  faol  bo'ladilar.  Bun­
day sportchilam ing  hayoti  m a’noli  va  serm azm un  kechadi.  Ular doim 
biror maqsad  yo'lida  olg'a  intiladilar.  Qalban  Vatan  hissini  teran  idrok 
etadilar,  murabbiylar va do'stlari,  ota-ona oldidagi burch va mas’uliyatni 
yaxshi  anglay  oladilar.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish