Buyuk olim faqat sog'lom kishilarning o'z organizmini chiniqtirish
uchun bajaradigan jismoniy mashq turlari va ahamiyatini ko'rsatibgina
qolmasdan, balki kasal, kamquwat kishilarning ham jismoniy mashq
qilishi natijasida kasallikdan qutulish yo'llarini ko'rsatishga harakat
qiladi. Olim, shu o'rinda, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanuvchi
kishi o'zining kamquwat organlarini ortiqcha harakat qildirishdan
saqlashi lozimligini alohida ta’kidlaydi. Jumladan, «Harakatlar, — deb
izohlaydi Ibn Sino, — organlarning holiga qarab turlicha bo'ladi.
Masalan, oyoq tomirlarining kengayishi kasalligi bilan og'rigan kishi
oyoqning ko'p harakat qilishini talab qiluvchi mashqlar bilan
shug'ullanmasdan, balki harakatning ko'pini gavdaning yuqori qismiga,
masalan, bo'yin, bosh va qo'llarga ko'chirishi kerak. Gavdaning yuqori
Do'stlaringiz bilan baham: |