mashg'ulotlarga shaxsning ish jarayonida bajaradigan harakatlari va
maxsus jismoniy mashq harakatlari ham kirishini uqtirib o'tadi.
Ibn Sino maxsus jismoniy mashqlarni kichik yoki katta, juda tez
yoki sekin, ya’ni yengil bajariladigan mashqlarga bo'ladi. Shulardan
tez bajariladigan mashqlarga: tortishish, mushtlashish, tez yurish, nayza
otish, qilichbozlik, nayzabozlik, otda yurish, biror narsaga osilish, bir
oyoqlab sakrash, ikki qo'lni silkitish, arqonda yurish, oyoq uchlarida
turib qo'llarni oldga va orqaga cho'zish kabilarni kiritadi. Juda sekin
va yengil bajariladigan mashqlarga: arg'imchoqlarda uchish, qayiq yoki
kemalarda sayr qilishni; kuchli mashqlarga esa tosh ko'tarish, otga
yoki tuyaga minish va aravalarda yurishni kiritadi.
O'rta Osiyo xalqlari orasida boshqa ko'pgina xalqlardagi kabi qadim
Do'stlaringiz bilan baham: |