‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi y. Masharipov sport psixologiyasi



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/167
Sana20.09.2021
Hajmi7,57 Mb.
#179565
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   167
Bog'liq
18sportpsixologiyasipdf

To'rtinchi  guruhga  aviamodel,  avtomodel  va  shunga  o'xshash 
konstruktorlik  qobiliyatlar  bilan  bog'liq  bo'lgan  sport  turlari  kiradi. 
Sportning  bunday  turlari  sportchidan  talant  va  ijodkorlik  qobiliyat­
larini  o'stirishni  talab  qiladi.  Sportchi  o'zidagi  ijodiy  xayoliy  obrazlar 
yordamida yangidan  yangi aviamodel va avtomodel  qurilmalarini  ixtiro 
qilish  qobiliyatlarini  o'stirishga  e ’tibor  beradi.
Beshinchi guruh  sport  turlariga shaxmat  va  shashka kiradi.  Bu  sport 
turlari  bilan  shug'ullanuvchi  sportchilarda  fikrlash  qobiliyati  hamisha 
aniq  maqsadga  qaratilgan,  ixtiyoriy  xarakterga  ega  bo'ladi.  M ahoratli 
shaxmatchi  o'yin  paytida  o 'ta  murakkab,  qiyin  usullarni  raqibidan 
aniqroq,  tezroq  anglaydi.  Sportchi  ongida  hal  etilishi  talab qilinadigan 
mulohazali  xayoliy masalalar va ulaming yechimi tez-tez paydo bo'ladi. 
Sportchi  o'yin  jarayonida  raqibining  fikrini  oldindan  tez  sezadi,  uni 
vahimaga  soladi,  o g'ir  vaziyatlarni  vujudga  keltiradi  va  tez-tez  o'yin 
taktikasini  o'zgartirib  turadi.
Hozirgi  kunda  eng  qadimgi  sport  turlaridan:  chopish,  sakrash, 
uloqtirish,  kurash  kabilar zaminida yangi-yangi  sport  o'yinlari  ko'payib 
borm oqda.  S huningdek,  suv  ch an g 'isi,  b atu ta,  badiiy  va  ritm li 
gimnastika,  muzda  raqsga  tushish,  parashutdan  sakrash,  suv  tagida 
hamda  suv  ustida suzish  kabi juda  ko'p sport  turlari  paydo bo'lm oqda. 
Bizning  milliy  kurashimiz  ham jahon  sport  turlari  qatoridan  o'zining 
munosib  o'rnini  topm oqda.  O'zbek  milliy  kurashi  bo'yicha  bir  necha 
davlatlarda jahon  birinchilik  musobaqalari  o'tkazildi.  So'nggi  yillarda 
o'zbek  kurashiga  bo'lgan  qiziqish  oshib,  sportning  bu  turi  bo'yicha 
jaho n 
c h e m p io n la ri  yetish ib   ch iq m o q d a. 
Bu  esa  b iz d an  
kurashchilarimizni  jismoniy,  ruhiy,  taktik  va  texnik  tayyorgarliklarini 
yanada  rivojlantirish  uchun  alohida  ilmiy  asoslangan  uslublardan 
foydalanishni  talab  etadi.
S p o rtch i  o 'z i  sevgan  va  sh u g 'u lla n a y o tg a n   sp o rt  tu rid a n  
muvaffaqiyatlarga  erishish  uchun  kuch-g'ayratini  to'liq  ishga  soladi, 
o'zidagi  bor  mahorat  va  qobiliyatini  namoyish  etadi.  H ar  bir  sport 
turida  raqibdan  ustun  kelish,  g'alaba  qilish  yo'llari  turlicha  bo'ladi. 
Sportchilaming yuqori  ko'rsatkichlarga erishishlari  ulaming  individual 
xususiyatlari  va  um um iy  tayyorgarlik  darajasi;  m oddiy  jih a td a n  
t a ’m inlanganligi,  ovqatlanish  sifati  va  jism o niy  rivojlanganligi; 
sportchining  jism oniy,  ruhiy  va  m a'naviy  tarbiyasi  ham da  sport 
harakatlarining  takomillashganligi  kabi  omillarga  bog'liq  bo'ladi.
Hozirgi  sp o rtd a   rek o rd lam in g   yangilanib  va  o 'zg arib   tu rish i
www.ziyouz.com kutubxonasi


sportchidan  maksimal  (yuqori)  kuchlanish  bilan  mashq  qilishni  talab 
etadi.  Sportchi  bajaradigan  har  bir  harakatini  to'g'ri  idrok  qilishi  lo ­
zim.  Buning  uchun  sportchi  organizmi  har qanday  qarshiliklarni  yen- 
gishda  chidamli  boMishi;  baland  va  past  temperaturada,  turli  sharoit­
larda (masalan, baland tog'larda)  mashq qilishga moslashishi to‘g ‘risida 
fiziolog  va  psixolog  olimlarning  ilmiy  tajribalari,  amaliy  izlanishlari 
natijalariga  asoslangan  nazariy  xulosalarga  amal  qilishi  maqsadga 
muvofiq.  Ko‘pincha yetarli tajribaga  ega boMmagan sportchilar jismoniy 
mashqlarni  tez,  muntazam,  izchil  va  uzoq  muddat  bajarishga  ruhiy 
jihatdan  tayyor  emasligi  sababli  sport  musobaqasi  jarayonida  paydo 
boMadigan tashqi va ichki qiyinchiliklarni  yengishda turli  xil to ‘siqlarga 
uchraydilar.  Ayrim  sportchilar  jismoniy  mashqlar  bajarish  tem pini 
(sur’atini),  ritmini  (maromini)  va  ketma-ketlik  farqini  to ‘g‘ri  idrok 
qilish  malakalarining  yaxshi  rivojlanmaganligi  (masalan,  100  metrga 
yugurish jarayonida  masofani  to'g'ri  idrok  qilsa-da,  lekin  musobaqada 
kuchli  hayajon va vahimaga berilib, yugurish sur’ati va maromiga e ’tibor 
bermasligi)  bois,  o'zining  imkoniyat  darajasini  hisobga  olm asdan, 
chopish  tezligini  oshirib  yuborishi  natijasida  tez  charchab  qoladilar. 
Shu sababli  murabbiy sportchilarni  musobaqada vahimaga berilmasligi 
uchun  mashg'ulotlar  jarayonida  o‘rtoqlik  musobaqalari  uyushtirishi, 
har  xil  masofalarga  vaqtga  qarab  takror  va  takror  tezlikni  oshirib 
chopishda qadamlarining uzunligiga e ’tibor berishi, belgilangan masofa 
bo‘ylab  chopishda  kuchni  to ‘g‘ri  taqsimlash  hamda  harakat  va  vaqtni 
to ‘g‘ri  idrok qilishga o ‘rgatishi  zarur.  Agar sportchi  maxsus mashqlarni 
takror  va  takror  bajarsa,  masofa  bo‘ylab  yugurishda  vaqt  va  harakat 
tezligi  hamda  sarflanadigan  kuchni  to ’g'ri  taqsimlash  malakasini  aniq 
va  puxta  egallab  boradi.  Sportchi  musobaqada  800  metrga  yugurishni 
mashq  qilmoqchi  boMsa,  bundan  yaqin  boMgan  200  m  — 400  m  — 800 
m  —  1000  m  —  1500  m  masofaga  belgilangan  vaqtga  ko‘ra  chopishni 
mashq  qilishi,  800  metrga  chopishda  kuch  va  tezlikni  o ‘zi  mustaqil 
idrok qilish darajasiga yetishi,  masofa bo'ylab yugurishda o'z kamchiligi 
haqida to'g'ri  fikr yuritishga odatlanishi  lozim.  Sportchi  800  m  masofa 
bo'ylab yugurishni  muntazam  ravishda mashq qilishi  natijasida chopish 
tezligi oshadi,  qadamlarining uzunligi  ham o'zgaradi,  nafas olish sur’ati 
yaxshilanadi.  Natijada sportchi organizmida psixofiziologik o'zgarishlar 
paydo  bo'ladi,  musobaqada  o'z  kuchiga  ishonch  hislari  oshadi.
Bir  qator  sport  turlarida,  jumladan,  yengil  va  og'ir  atletika,  suvga 
sakrash,  gimnastika,  figurali  uchish,  kamon  va  to'pponchadan  otish
www.ziyouz.com kutubxonasi


m usobaqalarida  yaxshi  ko'rsatkichlarga  erishishning  m uhim   om illari- 
dan  biri  sportchining  barcha  y o 'nalishlar  bo'yicha  ruhiy jih a td a n   tay- 
yorgarligidir.  Shuningdek,  m usobaqa jarayonida bajariladigan jism oniy 
m ashqlarning  sifati,  bajarilishi  kerak  bo'lgan  harakatlarga  diqqatning 
maksim al  darajada  y o'naltirilishi  ham da  sportchining  fikrlash  qobili­
yati  ham   g'alabaga  erishish  om illari  hisoblanadi.
Ayrim  sport  m utaxassislari  m usobaqada g'alaba  qilish  k o 'p  jih atd an  
sportchi  jism oniy  sifatlarining  yaxshi  rivojlanganligiga  b o g 'liq   degan 
g'oyani  ilgari  surm oqchi  bo'ladilar.  Biroq,  bizningcha,  sportchin ing  
m usobaqada  g'alaba  qilishi  yoki  m ag'lubiyatga  u ch rash in in g   asosiy 
sabablaridan  yana  biri  uning  ruhiy jih atd an   qay  darajada  chiniqqanligi 
ham dir.  Buni  m urabbiylar unutmasligi  kerak.  M asalan,  tennischi  to'pg a 
diqqatini  chalg'itm asdan  b arqaror ushlab tura  olmasligi  sababli  raketka 
bilan  to 'p n i  qayta  urolm ay  qoladi.  Xuddi,  shuningdek,  balandlikka 
sakrovchi  sportchi  m ashqlarda  plankaga  (to'siqqa)  urilish  holati  ketm a- 
ket  so d ir  b o 'lib ,  vah im ag a  tu sh ish i,  b e z o v ta la n ish i,  o 'z   kuch iga 
ishonmasligi  va boshqa salbiy  his-tuyg'ular ta ’sirida  harakatlarini  to 'g 'ri 
boshqara  olm ay  qoladi.  N atijada  sportchining  chopib  kelib,  depsinib 
sakrash  harak atlari  qiyinlashadi,  m usobaqa  yoki  m ash g 'u lo tlard ag i 
k o 'r s a tk ic h la r i  p a s a y a d i.  B u n in g   u c h u n   m u ra b b iy la rd a n   s p o rt 
m a s h g 'u lo ti  ja ra y o n id a   p la n k a   (to 's iq q a )g a   u rilm a s d a n   sa k ra sh  
m ash q la rin i  y an ad a  k o 'p ro q   ta k ro r-ta k ro r  b a ja rtirish   y o rd a m id a  
sportchida  to 'g 'ri  sakrash  m alakalarini  rivojlantirish  talab  qilinadi.
Barcha  sport  turlarida  ruhiy  tayyorgarlik  bugungi  k u nn ing   dolzarb 
m uam m olaridan  biri  b o 'lib  qolm oqda.  M asalan,  sportning qilichbozlik 
turida  ikki  xil  ruhiy tayyorgarlikka  ega  sportchilam ing  ikki  xil jangovar 
holati,  ikki  xil  irodaviy  harakatlari,  ikki  xil  texnik va taktik sifatlarining 
takom illashgan  h arakatlarini  kuzatam iz.  Har  ikkala sportchining  sovuq 
qurollar bilan qisqa  m uddat  ichida g'alaba  qilishga  intilishidagi  muskul 
harakatlarining  sezgirligi  ularning  psixologik  jih a td a n   tayyorgarligiga 
bog'liq  ekanligini  ko'rsatadi.  Shuningdek,  qisqa  m asofaga  yuguruvchi 
va  b o k sc h ila m in g   te z k o r  h a ra k a tla ri,  su z u v ch in in g   s u z ish d a   suv 
qarshiligini  yengish  bilan  b o g 'liq   b o 'lg an   harakatlarni  bajarishdagi 
m ahorati;  uzoq  masofaga yuguruvchining harakatni, vaqtni  to 'g 'ri  idrok 
qilish  zam inida  bo 'lajak  m usobaqaga  ruhiy jih atd an   tayyorgarlik  holati 
m uhim   o 'rin   tutadi.
Barcha  sport  turlarida  g o ‘zallik  va  nafosatlilik  talab  qilinadi.  Ba’zi 
bir sport  musobaqalari o'tkaziladigan joy estetik jih atdan talab darajasida
www.ziyouz.com kutubxonasi


jihozlangan  b o 'lm asa-d a,  o ‘sha  joyda  m usobaqa  o'tkaziladi.  Sport 
am aliyotida  kuzatiladigan  bunday  noxush  vaziyatlar sportchining ruhiy 
holatiga  salbiy t a ’sir etishi  m um kin.  M asalan,  og‘ir atletika yoki  kurash 
m usobaqalari  ishtirokchilari  uchun  m usobaqaoldi  tayyorgarlik  m ay- 
d o n c h a sin in g   y o ru g '  b o 'lm a s lig i,  s h ta n g a   yoki  k u rash   z a lin in g  
m e’m orchilik  talablariga  javob  berm asligi,  dam   olish  joyining  torligi 
yoki  dam   o lish   u c h u n   sh a ro itn in g   y o 'q lig i,  kurash  g ila m in in g  
yaroqsizligi,  birinchi  og'irlikni  raqibdan  oldin  ko'tarish  holatidagi  ruhiy 
kechinm a,  raqibning boshlang'ich  og'irlikka bergan buyurtmasi va uning 
b irin c h i 
k o 'ta r is h d a g i 
n a tija s i, 
s p o rtc h ig a  
m u ra b b iy  
yoki 
tom oshabinlarning  m unosabati,  sportchining  shaxsiy  qiziqishi  bilan 
jam oa  a ’zolari  o'rtasidagi  o'zaro   m unosabatlam ing  to 'g 'ri  kelishi  yoki 
kelmasligi,  sinov  urinishining  muvaffaqiyatsizligi,  birinchi  urinishdagi 
m a g 'lu b iy at,  o g 'irlik n i  k u tilm ag an d a  yaxshi  k o 'ta rish id a g i  ruhiy 
o'zgarishlar,  sportchining  shtangani  ko'kragiga  to 'g 'ri  va  yengil  olishi 
yoki  shtangani  ko'kragiga  olishidagi  xatolar,  a w a l  olingan jaro hatn ing  
ta'siri,  raqibga bergan bahosi  va boshqa shu  kabi  hodisalar sportchining 
ruhiy  holatiga  salbiy  ta ’sir  etadi.
H ar  bir  sport  turida  sportchining  m usobaqalarda  va  m usobaqa 
paytida  bajariladigan  harakatlarga  tayyorgarlik  holati  turlicha  bo'ladi. 
M ashhur gim nastikachilar  m usobaqa  paytida  bajariladigan  m ashqlarni 
am alda bajarishdan oldin  o'sha  m ashqlarni  fikran  bajaradilar.  G im nast 
m ashqni  bajarish  ko'prigining eng  chekka  burchagida  harakatsiz,  ko'zi 
yarim   yopilgan  holatda  turadi.  Labi  qisilgan,  q o 'li  pastga  tashlangan 
h o latd a  b arm oqlarin i  sekin  h arak atlan tirg an d ek   b o 'lad i.  Sportchi 
xayolida  o 'z in i  sport  anjom ini  shartli  ushlavotgandek  his  qiladi, 
bajaraladigan  ham m a  m ashqlarni  ongida  rejalashtiradi:  q o'llarining 
tagiga  halqa  keltirilayotgandek  o 'z in i  xuddi  halqaga  ch iq q an d ek , 
ta sa w u r etadi;  bajariladigan barcha  m ashqlarni  ongida,  fikrida xayolan 
to 'la   aks  ettirganidan  so'ng,  m ashqni  am alda  bajarishga  kirishadi.
M urabbiylardan  shogirdlarda  har  bir  m ashqni  tez  va  aniq  idrok 
qilish  xususiyatlarini  o'stirish;  sportchidan  esa  har  bir  sport  turiga  xos 
jism oniy  m ashqlarni  bajarishda  alohida  sezgirlik,  har  bir  m ashqni  tez 
va aniq  idrok qilish xususiyatlarini  rivojlantirish talab qilinadi.  M asalan, 
balandlikka  sakraydigan  sp o rtch ilar  o 'zlari  k o'tarilgan   balandlikda 
bo'ladigan  ju d a  kichik,  qisqa  masofa  yoki  daraja  (santim etr)dagi  har 
bir  o'zgarishni  sezish  ham da  balandlikdan  o 'tish  uchun  zarur  bo'lgan 
h a ra k a tla rn i  k o 'rib   idrok  qilish  m alaka  va  k o 'n ik m a la rin i  puxta
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'zlashtirishlari  lozim.  U lar  ana  shundagina  jiddiy  m uvaffaqiyatlarni 
qo'lga  kiritadilar,  m usobaqalarda  g'alabaga  erishadilar.  A na  sh u n d a ­
gina  vestibulyar  sezgirligi  yaxshi  rivojlangan  gim nastikachi  h a r  b ir ay­
lanm a  harakatning  elem entlarini  gim nastik  snaryadlarda  to 'g 'r i,  aniq 
va  tez  idrok  etadi,  am alda  m ahorat  bilan  bajara  oladi.  A gar  gim nas- 
tikachida  vestibulyar  sezgirlik  yaxshi  rivojlanm agan  b o 'lsa,  sportchi 
harakat  koordinatalarini  bajarishda juda qo'pol  xatoliklarga yo'l qo'yadi, 
hatto,  m ashqlardan  zo'riqib,  boshi  aylanish  darajasigacha  y etib   b o ra ­
di.  O g 'ir atletikachi jism oniy  m ashqlar va sport  musobaqasi jaray o n id a
1-2  kilogramm  og'irlikdagi  farqni aniq, to 'g 'ri  idrok qilishi, zarur bo'lgan 
o g 'irlik n i  k o 'ta r is h d a   m uskul  h a ra k a ti  sezg irlig id an   fo y d a la n is h  
malakasini  o'zlashtirishi  kerak.
«Sport  psixologiyasi»  fanida  uzoq  yillar  davom ida  m uskul  harakat 
sezgilari  to 'g 'risid a deyarli  ilmiy izlanishlar olib borilm aganligi,  m azkur 
sezgilar  «noaniq  sezgi»  sifatida  o'rganilm aganligi  sababli  bu  sezgilar 
haqida  yetarli  darajada  ilmiy  m a’lum otlarga  ega  em asm iz.  V aholanki, 
sp o rtc h ila r  subyektiv(ichki)  sezgilari  y ordam ida  turli  h a ra k a tla rn i 
bajarishlarida barcha  muskul guruhlarining  ishtirok etishini yaxshi anglab 
yetishlari  zarur.
H a r  q an day  sport  tu rid a   h arak at  m ashqlarini  ta k o m illash tirish  
yordamida g'alabaga erishiladi.  Masalan, bokschining jangga tayyorgarlik 
darajasi  aynan  him oyalash  harakatlari  bilan  aniqlanadi.  H im oya  qilish 
h arak atlarig a  nafaqat  shaxsiy  h im o y a la r  (to 's ish la r,  q a y ta ris h la r, 
qochishlar,  og'ishlar,  ortga og'ishlar va boshqa  harakatlar),  balki alohida 
qarshi  va  javob  zarbalari  ham   kiradi.  Agar  him oya  qilish  harakatlari 
qarshi  hujum ga  aylanm asa,  qarshi  harakatlar  raqib  hujum ini  to 'x ta tish  
m aqsadida  q o'llaniladi.  Bokschilarda  him oyalanish  uchta  bosqichda 
davom  etadi:  birinchi bosqich gavda yordam ida.  ikkinchi bosqich q o 'llar 
yordam ida,  uchinchi  bosqich  oyoqlar  yordam ida  am alga  oshiriladi. 
Bokschining  him oyalanish  harakatlari  q o 'lla r  yordam ida  50  foizni, 
oyoqlar  yordam ida  29,6  foizni,  gavda  yordam ida  him oyalanish  20,4 
foizni  tashkil  etishi  aniqlangan.  Bokschi tayyorlov  harakatlarining katta 
qism ini  aldam chi  h arak atlar  (79,7  foiz)  tashkil  etadi.  S h u n in g d ek , 
«manyovr»  harakatlari  m iqdori  17,0  foizni,  «razvedka qilish»  harakatlari 
u m u m iy  m iq d o rn in g   3,3  foizni  tash k il  etad i.  « R azv edk a  qilish» 
harakatlarining aham iyati juda katta bo'lib,  ular raqibning yaxshi  ko'rgan 
harakat  va  h o latla rin i,  kuchli  zarbasi  m asofasini,  jan g   o lib   b orish 
xususiyatini,  jism oniy  tayyorgarligini  aniqlash  uchun  ju d a   asqotadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bokschining  tayyorlov  harakatlarida  raqibiga  ruhiy  t a ’sir  ko‘rsatish 
ham da  m a ’lum   darajada  jangni  keskinlashtirish  kabi  usullar  ham  
qoMlaniladi.  Bu  vaziyatlarda  kim da-kim   turli  xil jangovar vositalardan 
yaxshiroq  foydalana  olsa,  o 'sha  g ‘olib  boMadi.

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish