Marketing tizimida axborot ta’minoti



Download 213,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana19.09.2021
Hajmi213,04 Kb.
#179193
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-maruza Menejment

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


2.3. Axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va boshqarish uchun tayyorlash. 

 

Ma’lumotlar nihoyatda xilma-xil va ular marketingni boshqarishda alohida 

ahamiyatga  ega.  Ularni  yig’ish  sermashaqqat,  ko’pdan-ko’p  mutaxassis  va 

texnik  vositalardan  foydalanish  orqali  amalga  oshirilganligi  tufayli,  ularni 

yig’ish doimo qimmatga tushadi. Lekin qo’yilgan maqsadga erishish uchun bu 

faoliyat juda zarurdir. Bu ma’lumotlarni xaridorlar, vositachilar, sotuvchilar va 

raqobatchilar o’rtasida turli so’rovlar, intervьyular o’tkazish yo’li bilan olinadi. 

Birlamchi  ma’lumotlarni  yig’ishning  bir  necha  usullari  mavjud:  kuzatish, 

obzorlar tayyorlash, eksperiment. 

Kuzatish  usulini  qo’llab  tadqiqotchi,  xaridorlar  va  sotuvchilar  atrofida 

o’ralashib,  uni  qiziqtirgan  tovarga  bo’lgan  talabning  o’zgarishi  haqida 

ma’lumotlarni  yig’ish  mumkin.  Xuddi  shu  yo’l  bilan  raqobatchilar  tovari 

to’g’risida ham ma’lumot yig’ish mumkin.  

Obzorlar tayyorlashda yangi tovarlar tasnifini yaratishda, reklama matnlarini 

tuzishda,  reklama  qilishda  ommaviy  axborot  vositalaridan  foydalanilganda, 

sotishni  rag’batlantirish  tadbirlariga  tayyorgarlik  ko’rishda,  tovar  harakati 

kanallarini  tadqiq  qilish  va  boshqalardan  foydalanish  muhimdir.  Bu  usul 

kuzatish va eksperiment oralig’ida turuvchi usuldir. 

Eksperiment  yordamida  tadqiq  qilinayotgan  narsani  qandaydir  omillari  va 

ularning  o’zgarishiga  bo’lgan  ta’siri  aniqlanadi.  Bu  usulning  maqsadi  ishchi 

gipotezalarini  inkor  etishdir.  Ma’lumotlar  yig’ishni  bu  usuli  savdo  personalini 

tayyorlashning  yaxshi  usulini  aniqlashda,  baholar  darajasini  aniqlash  kabi 

marketing muommolarini o’rganishda qo’llaniladi. 

Kerakli  axborotni  yig’ish  uchun  tadqiqotchi  ilgaridan  ma’lum  bo’lgan  va 

ishonchli, yangi  yaratilgan instrumentariyadan  foydalanishi  lozim. Kuzatish  va 

eksperiment  usuli  texnik  vositalar,  ya’ni  magnitofonlar,  foto,  video  va 

kinokameralaridan foydalanish bilan tasniflanadi. Obzorlar tayyorlash va ayrim 

hollarda eksperiment anketa so’rovlari o’tkazishni talab qiladi. 

Anketa so’rovlari - birlamchi ma’lumotlar yig’ish instrumentidir. Anketalar 

respodentlarga  mo’ljallangan  savollarga  javoblardan  iboratdir.  Respodentlar  - 

anketa  so’roviga  javob  beruvchilardir.  Anketa  so’rovi  o’tkazishda  xato  va 

kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik  uchun  ilgaridan juda  aniq tayyorgarlik ko’rish 

zarur. Bunday tayyorgarlik jarayonida quyidagilarni aniqlab olish lozim: 

▪   Olinishi kerak bo’lgan axborot; 

▪   Anketa turi va harakat usuli

▪   Har bir savolning mazmuni

▪   Har bir savolning lug’atini aks ettirish; 

▪   Savollar ketma-ketligi va davomiyligi

▪   Anketaning jismoniy tanifi. 

Anketa  tuz  ish  yuqori  malakani  talab  qiladi.  Har  bir  savol,  uni  keng 

miqyosida  ishlatishidan  tanlash  orqali  ba’zi  xaridorlar  orasida  sinab  ko’rilishi 



kerak. Bozorni tadqiq qiluvchi tanlashni o’rganish rejasini tuz ishdan oldin uch 

asosiy savol bo’yicha qaror qabul qilishi zarur. 

1. Aniq qilib kimdan so’rash kerak? 

2. Qancha kishidan so’rash kerak? 

3. So’rovni qanday qilib o’tkazish kerak? 

Boshqacha  qilib  aytganda,  so’z  tanlash  birligi,  hajmi  va  protsedura 

to’g’risida  so’z  bormoqda.  Yuqoridagi  savollardan  har  biri  o’ziga  xos 

murakkabdir.  Masalan,  tanlash  birligini  aniqlash  uchun  kerakli  axborotning 

tasnifini  bilish  yetarli  emas.  Misol  uchun  telefon  apparatiga  xaridorlar 

munosabatini aniqlash uchun, zarur bo’lgan obzorni tayyorlash uchun oilanimi, 

oila boshlig’inimi yoki bolalarni, tanlash birligi qilib olish kerak. 

Agar  sotib  olishga  ta’sir  qiluvchi,  sotib  olish  haqida  qaror  qabul  qiluvchi, 

sotib  oluvchi  va  undan  foydalanuvchi  bir  shaxs  bo’lsa,  tadqiqotchi  uchun  uni 

aniq  qilib  ajratib  olishi  kerak  bo’ladi.  Bundan  tashqari,  bu  so’rov  juda  qisqa 

rasmiy intervyu tasnifiga ega. 


Download 213,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish