Marketing tizimida axborot ta’minoti



Download 213,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana19.09.2021
Hajmi213,04 Kb.
#179193
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-maruza Menejment

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

2.2. Marketingda axborotlar tizimini yaratish. 

 

Marketing 

axborot 

tizimi 


(MAT) 

marketingli 

rejalashtirishni 

takomillashtirish,  marketing  tadbirlarini  amalga  oshirish  va  tadbirlar  ijrosi 

ustidan nazorat  maqsadlarida foydalanish yuz  asidan  aniq qarorlar qabul qilish 

uchun  zamon  va  makonda  axborotlarni  yig’ish,  qayta  ishlash,  tahlil  qilish, 

baholash  va  tarqatish  yuz  asidan  uzluksiz  va  o’zaro  bog’liq  kishilar,  asbob-

uskunalar va jarayonlar yig’indisidir. 

Marketingni  boshqarish  ishini  amalga  oshirishda  bizning  bilimlarimizni 

ko’paytiradigan  ma’lumot  va  axborotlarning  barcha  turlari  (og’zaki,  yozma, 

chizmakashlik axboroti va hokazo) axborotga kiradi. Bo’la r yangi mashinalar, 

yangi  texnologik  jarayonlar  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish,  tovarlarni  sotish, 

raqobatdoshlar,  ularning  holati,  kelajagi  va  hokazolar  to’g’risidagi 

axborotlardir.  Har  bir  korxona,  tashkilot  yoki  marketing  bo’limi,  guruhligidan 

qat’iy  nazar  axborotning  statistika,  operativ,  reja-iqtisodiy,  buxgalteriya 

axborotlarini,  moliyaviy  axborot,  moddiy  texnika  ta’minotiga  oid  axborot, 

kadrlarga oid axborot, texnologiya, konstruktorlik, spravka kabi turlari bo’ladi. 

Axborotni olish manbalariga ko’ra ichki va tashqi axborotga bo’lish mumkin. 

Axborot doimiyligi xususiyatiga ko’ra:  

1)  shartli-doimiy  (spravka-normativ)  axborot,  ya’ni  nisbatan  kamdan-kam 

o’zgaruvchan axborotga (normalar, baho, reja ko’rsatkichlari);  

 2) ishlab chiqarishda yuz  berayotgan jarayonlar dinamikasini aks ettiruvchi 

o’zgaruvchan  axborotga  bo’linadi.  Axborotning  bu  turlari  dastlabki  axborotlar 

deb  ataladi.  Bundan  tashqari,  ishlab  chiqarish  axborotlari  tafovut  qilinadi.  Bu 

axborot  shartli-doimiy  va  o’zgaruvchan  axborotni  qayta  ishlash  natijasida 

olinadi  va  boshqaruv  to’g’risida  qaror  qabul  qilish  uchun  ancha  yaxshi 

ishlangan axborot hisoblanadi. 

Axborot yo’nalishiga ko’ra dastlabki va boshqaruvchi axborotga bo’linadi. 

Agar  dastlabki  axborot  hamma  vaqt  boshqaruv  ob’ektidan  boshqaruv 

sub’ektiga,  quyi  boshqaruv  sistemasidan  yuqori  boshqaruv  sistemasiga 

yuboriladigan bo’lsa, unda boshqaruvchi axborot teskari tomonga yo’naltirilgan 

bo’ladi. 

Axborot  davriyligiga  ko’ra  smenalik,  sutkalik,  kvartallik  va  hokazo 

axborotlarga bo’linadi. Axborotning vaqti-vaqti bilan berib turilishi (davriyligi), 

ishdagi  kamchiliklarni  operativ  ravishda  tugatishga  sharoit  yaratadi.  Quyida 

MATning har bir tizimchasiga alohida to’xtalib o’tamiz. 



Ichki  hisobot  tizimi.  Ichki  hisobot  tizimining  asosini  buyurtmalar, 

transportirovka  qilish,  schyotlarni  to’plash  bilan  bog’liq  bo’lgan  hujjatlar   

yig’indisi      tashkil    qiladi.      Albatta,      marketing    bilan  shug’ullanuvchi 

firmaning  har  bir  bo’limi  kerakli  hujjatlarning  nusxasiga  ega  bo’lishi  kerak. 

Ularning  vazifasi  bu  ma’lumotlarni  tez  va  aniq  qayta  ishlashdir.  Mana  shu 

maqsadda kompyuterlar keng ishlatiladi. Masalan, Yaponiya firmalaridan birida 




kompyuterlardan  unumli    foydalanilganligi    uchun    buyurtmalar    qabul    qilish  

va uni bajarish oralig’idagi vaqt 62 soatdan 32 soatga qisqargan. SHuni aytsalar 

kerak-da: “Vaqt - bu pul” deb. 

Boshqa  bir  muammo  tovarlar  sotilishi  to’g’risida,  ularning  sotilish  joyidan 

axborotlar  olish  va  qayta  ishlashdir.  Raqobat  sharoitida  xaridorlar  bozoridagi 

baholar, taqsimotning yangi kanallari  to’g’risida  o’z  vaqtida  qarorlar qabul 

qilish  ham  o’ta  muhimdir.  Masalan,  Yaponiyaning  TOYOTA  kompaniyasida 

joylardan  tovarlar  sotilishi  haqidagi  hisobotlar  har  kuni  yig’iladi.  Barcha 

hududlardagi, regionlardagi va rayonlardagi sotish bo’yicha boshqaruvchilar o’z 

ish  kunlarini  o’tgan  kungi  buyurtmalar  va  jo’natilgan  tovarlar  haqida  hisoboti 

teletayp orqali jo’natishdan boshlaydilar. DAEWOO firmasi ham xaridorlar va 

boshqa  manbalardan  turli  so’rovlar  uyushtirish  orqali  raqobatchilarning 

tovarlarini sotilishi to’g’risidagi axborotlarni yig’ishga katta e’tibor beradilar. 

SHu  bilan  birga  firma  u  yoki  bu  MATini  tashkil  qilish  jarayonida  o’zi 

bilmagan  holda  “Qopqonga”  tushib  qolishi  mumkin.CHunki,  ko’pchilik 

olinayotgan  axborotlarni  shu  mutaxassislar,  boshqaruvchilar  to’liq  qabul  qilib 

olishga va uni idrok qilishga qodir emaslar. Axborotlarning o’z luksiz oqimidan 

muhimlarini  ajratib  olish  esa  mushkul  ishdir.  SHunday  vaziyat  ham  vujudga 

kelishi  mumkinki,  olingan  axborot  bir-biriga  mos  kelmasligi  ham  mumkin. 

SHuning  uchun  axborot  aniq  foydalanuvchiga  mo’ljallangan  bo’lishi  lozim. 

SHu  maqsadda  MATni  yetkazib  beruvchilar  uni  joriy  qilgunga  qadar 

quyidagilarni  aniqlab olishlari zarur: 

▪   Doimiy ravishda qanday qaror turlari qabul qilinayapti; 

▪   Qarorlar qabul qilish uchun qanday  axborot turlari kerak; 

▪   Doimiy ravishda qanday axborot turlari kelib to’shayapti; 

▪   Hozirgi  vaqtda  kelib  tushmayotgan  axborotlardan  qaysi  birini 

kelajakda olish zarur; 

▪   Har kuni, har haftada, har oyda va har yilda qanday axborotlarga 

zaruriyat bor; 

▪   Qanday  jurnallar,  gazetalar,  savdo  tahlillari  yoki  boshqa  axborot 

manbalaridan doimiy ravishda foydalanmoq zarur; 

▪   Axborotlarda qanday maxsus mavzular o’z aksini topmog’i zarur; 

▪   O’rganish  uchun  qaysi  bir  hisobot  analitik  dasturlardan 

foydalanish mumkin; 

▪   Mavjud  MATini  takomillashtirish  yuzasidan  eng  muhim 

tadbirlarni aytmoq. 

Aniq  axborotga, shu jumladan  aynan  o’zi xohlagan axborotga ega bo’lgan 

boshqaruvchi bir xil sharoitlarda boshqalarga nisbatan to’g’ri va foydali qarorlar 

qabul  qilishda  uchunlikka  ega  bo’ladi.  SHuning  uchun  MATini 

rejalashtiruvchilar  boshqaruvchida  u  yoki  bu  axborot  mavjudligini  aniqlabgina 

qolmasdan, uni u yoki bu axborotga qarab to’g’ri mo’ljal olishga undashga ham 

harakat  qilishlari  zarur.  Aytaylik,  savol  tug’iladi:  boshqaruvchi  reklama 

buyudjeti hajmini aniqlashda, assortiment bo’yicha qarorlar qabul qilish uchun 



nimalarni bilishi kerak?  SHu narsa  ma’lum  bo’ladiki, boshqaruvchi bozorning 

to’yinish darajasi, reklamaning mavjud emasligi sharoitida sotishning pasayish 

darajasi,  raqobatchilarning  rejalari  haqidagi  axborotlarga  muhtojdir.  Xuddi 

shunday  axborotlarni  MAT  orqali  boshqarish  sohasida  qarorlar  qabul  qilish 

uchun rejalashtirish uchun olish zarurdir. 

Intellektual  tizim.  Yuqorida  ko’rib  chiqilgan  tizimda  hisobot  ma’lumotlari 

haqiqiy ma’lumotlar bilan ko’rsa, intellektual tizim qayta ishlangan va hattoki 

ba’zida  uchrab  turadigan  ma’lumotlar  bilan  ham  ta’minlaydi.  Bu  tizim 

marketingning  turli  tasnifi  to’g’risida  kundalik  axborotlar  olish  uchun 

foydalaniladigan  manbalar  va  jarayonlar  yig’indisidan  iborat.  Tizimning 

intellektual  imkoniyatlari  kitoblar,  gazetalar,  maxsus  maholalar,  xaridorlar, 

mahsulot  yetkazib  beruvchilar,  vositachilar  va  firmaning  o’z  xodimlari  bilan 

suhbatlardan  tashkil  topadi.  Marketing  bilan  to’laqonli  shug’ullanayotgan 

firmalarda  ko’pchilik  hollarda  intellektual  tizim  sifatini  yaxshilash  maqsadida 

qo’shimcha  imkoniyatlar  yaratiladi.  Birinchidan,  xodimlarni  yangi  g’oyalar 

haqida  xabar  qilishlariga  o’rgatiladi  va  rag’batlantiriladi.  Masalan,  ular 

boshqalar tomonidan e’tiborga olinmagan qiziqarli axborotlarni to’plaganlari va 

u to’g’risida xabar qilganliklari uchun rag’batlantiriladi. 

Ikkinchidan,  “Marketingli  intellekt”ni  yig’ish  bo’yicha  mutaxassislar 

tayinlanadi.  Ularga  qandaydir  raqobatchilar  mahsulotini  sotib  olish  yo’li  bilan 

ularni  o’rganish,  yangi  savdo  nuqtalarini  ochilishini  ko’z  atish,  raqobatchilar 

faoliyati to’g’risidagi hisobotlarni o’qib borish, ular tashkil qiladigan kengashlar 

va  konferentsiyalarda  qatnashish,  raqobatchilarning  xodimlari,  mahsulot 

yetkazib beruvchilari va agentlari bilan suhbatlashish topshiriladi. 

Uchinchidan,  kompaniya  axborotni  tashqaridan  buyurtma  qilib  olishi 

mumkin. Masalan AQSHda A.S. kompaniya u yoki bu tarmoq bozorini tovarlar 

bilan  ta’minlanganligi,  chakana  baholar,  aktsiya  kurslari  haqida  axborotlarni 

sotadi,  boshqa  kompaniyalar  esa  u  yoki  bu  bozordagi  vaziyat  to’g’risida 

hisobotlarni sotadi. 

To’rtinchidan,  bir  qator  kompaniyalar  intellektual  axborotlarni  yig’ish  va 

qayta  ishlash  uchun  axborot  markazlari  tashkil  qiladilar.  U  markazning 

xodimlari  faqatgina  axborotlarni  yig’ish  va  qayta  ishlash  bilan  shug’ullanib 

qolmasdan, boshqaruvchilarga ulardan foydalanishda yordam qiladilar. 


Download 213,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish