Tarbiyachi: Endi o`g`il bolalarning navbati, bizga Ixlosbek o`zining Boychechak
haqidagi she’rini aytib beradi.
Kun ketidan kun o`tar
Tun ketidan tun o`tar
Keldimi deb Gulbahor
Hamma yo`lga ko`z tutar
Yumshoq yerda yumalab
Tong nuriga cho`milib
Kulib chiqar boychechak
Olqishlarga ko`milib
Tarbiyachi: Juda ham yaxshi Ixlosbek, Muslimaxon ham o`zini she’rini sizlarga aytib
berar ekan, birgalikda eshtamiz.
Sitora tom boshida
Nigora yonboshida
Chakkasida qizg`aldoq
Tezroq keeling qizchalar
Ra’no chanqovuz chalar
Buncha yoqimli oxang
Nog`oraga hamohang
Bivjov-bijing, chaqira-chak
Bijov- bijing, taqira-taq
Tarbiyachi: Demak bolajonlar she’rlarni hammangiz chiroyli qilib aytib berdingiz,
endi sizlarni bilimlaringizni yana bir sinab ko`raylikchi. Qanday baxor taomlarini
bilasizlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |