Turizmda iste’molchilik tanlovi. Talab nazariyasi iste’molchi xulqining
iqtisodiy modeliga tayanadi. Bu odamlar qaysi tovarlar yoki xizmatlar foydasiga
tanlashini va ularning tanlashiga ta’sirni tushuntirib beradi. Safar haqida qaror qabul
qila turib, kishi avval biror turistik mashulot sotib oladimi yo‘qmi, yoki boshqa
mahsulot va xizmatlarni ma’qul ko‘radimi, aniqlab olishi kerak. Agar individ
turizmda ishtirok etishga xohish bildirsa, uning oldida bundan keyingi tanlash
muammosi ko‘dalang bo‘ladi. Unga qayerga borayotgani, qanday transportda borishi,
qayerda to‘xtashi, qayerlarni tomosha qilishi va nihoyat uning sayohati qanday
tashkil etilganini hal etish lozim bo‘ladi. Bu savollarga javob izlash chog‘ida
potensial turist taklif etilayotgan ko‘plab variantlarni o‘rganadi va ularning har birini
«ha» yoki «yo‘q» tarozisi pallasiga solib ko‘radi. Alternativ (muqobil) takliflarni
taqqoslab variantlardan biriga – uning nazarida boshqalaridan ko‘proq qoniqish
beradigan (foyda qiladigan) nini ma’qul topadi. Oxir oqibat u ularni ketma-ket
qo‘yib, o‘ziga maqbul jihatdan tanlashga kirishadi.
Shaxsiy maqbul shkalalar o‘zaro sezilarli ravishda bir-biridan farq qiladi.
Ayrim turistlarga agar u tog‘ chang‘isi sporti bo‘yicha mahoratini oshirsa ko‘zlagan
maqsadga erishilgan hisoblanadi. Boshqalar uchun esa – ular kundalik tashvishlardan
xoli bo‘lib, oftobda toblanishda, uchinchi shasxlar buyuk ustalar san’ati bilan tanishib
lazzatlana olsa, to‘rtinchilar esa muqaddas joylarni ziyorat qilib, toat-ibodatni ado
etsa maqsadga erishildi deb hisoblanadilar. Guruh (oilaviy) bo‘lib sayohat qiluvchilar
uchun esa har birining birgalikda safar qilishdan o‘z ichki murod-maqsadlari,
ko‘zlangan foydali tomonlari bo‘ladi. Misol uchun, oila boshlig‘i ota jon-jon deb
baliq ovlashga borishni istasa ham oila a’zolari qarindosh-urug‘larni yo‘qlashga qaror
qilgani uchun ovdan voz kechadi. Ona ham dugonasi bilan uchrashuvni boshqa
vaqtga qoldiradi. Bolalar tengdoshlari bilan hovlida o‘yinlarni uyushtiradi. Shu tariqa
ular o‘z shaxsiy manfaatlarini ongli ravishda umum maqsadga – qarindoshlarinikiga
borishga qurbon qilishadi. Ushbu holatda qarindoshlar bilan diydorlashuv bir butun
maqsadda barcha oila a’zolariga ko‘proq qoniqish (foyda) keltiradi.
Maqbullik shkalasi turistik safarlarning turli ko‘rinishlariga munosabatda
potensial sayyoh xulq-atvoriga tushunchalar olib kiradi, lekin u tanlash jarayonini
tushuntirib berolmaydi. Nima uchun Gavay orollarida dam olishni orzu qilgan
rossiyalik o‘z ta’tilini qishloqda o‘tkazishga majbur? Iste’molchi tanlovi nafaqat
o‘zining didiga, balki qator iqtisodiy omillarga ham bog‘liq. Bu iqtisodiy holat
odamlarga hamma xohish-istaklarini ruyobga chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ko‘pincha
ular boshqa alternativ variantlar ustida to‘xtaydilar.
88
Iste’mol daromadlar hajmi va tovarlar hamda, xizmatlar narxi bilan
cheklangan. Daromad olish bilan kishi allaqancha miqdorda pulga ega bo‘ladi. Bu
pulga u nimani harid qiladi, buni narx darajasi belgilaydi. Ko‘pchilik tashrif
buyuruvchilar agar daromadlari yuqori bo‘lganda yoki narx arzon bo‘lganida g‘oyat
sifatli tovar yo xizmatlarni harid qilishgan bo‘lardilar. Daromadlar darajasi va
pulning harid quvvati iste’mol chegarasini belgilaydi. Amaldagi byudjet doirasida
yuqori darajada qoniqishga erishish yo‘llarini qidirishga majbur etadi. Maqbullikni
byudjet cheklovlari bilan qo‘shib odamlar o‘z tanlovlarini amalga oshiradi.
Iste’mol tanlovining umumiy modeli xorijga safar chog‘ida murakkablashadi.
Chunki xalqaro turistlar ehtiyojlari o‘z mamlakatlaridan tashqarida qondiriladi.
Ularni tanlashga, jumladan, boriladigan manzil keng qator iqtisodiy omillar ta’sirini
hosil qiladi. Xorijga safarga otlangan turist ko‘pincha borayotgan mamlakatida
iqtisodiy vaziyat o‘z mamlakatidagidan farq qilishiga duch keladi. Mavjud farq
ayniqsa uzoq safarda, masalan, boshqa qit’alar va mintaqalarga tashrif buyurganda
yaqqol seziladi. Shuning uchun kishi orzusini qayerda bo‘lishi bilan nafaqat byudjeti
balki, boradigan manzilidagi iqtisodiy reallik bilan muvofiqlashtirib olishi zarur.
Xorijiy safarni sotib olish qarori jo‘natuvchi va qabul qiluvchi faol ishtirokida
amalga oshiriladi. Jo‘natuvchi mamlakatda turistik talab, aholining daromad darajasi
va bo‘sh vaqtining davomiyligiga bog‘liq holda, eng avvalo yil davomida qat’iy
belgilanmagan holda ixcham ravishda shakllanadi.
Ishdan keyin qoladigan bo‘sh vaqt, fiziologik ehtiyojini qondirish va uy
xo‘jaligini yuritish turistik faoliyatining shartlaridan biridir, vaqti – vaqti bilan haq
to‘lanadigan ta’til turizm uchun alohida ahamiyatga ega. XX asr boshlarida
jahondagi industrial rivojlangan mamlakatlarda mehnat sohasida munosabatlarni
tartibga soluvchi qonun qabul qildilar. Unda ish vaqtning oqilona chegarasi
belgilangan. Bu davlatlar aholisining katta qismi uchun dam olish huquqi
mustahkalab qo‘yilgan. Bugungi kunda 500 mln. dan ziyod mehnatkashlar, xususan
Yevropa va Shimoliy Amerikadan, haq to‘lanadigan, har yilgi ta’tillarga chiqish
huquqiga egadirlar. Bu ularni turistik xizmatlarning iste’molchilariga aylantiradi.
Bo‘sh vaqtning bo‘lishi zarur, lekin u sayohatni amalga oshirish uchun yetarli
sharoit emas. Uning bilan bir qatorda kishi dam olish safariga borish, davolanish yoki
qarindosh-urug‘lari, tanish-bilishlari bilan diydorlashishga ko‘pchilik odamlar turizm
uchun yillab yoki ma’lum vaqti davomida maqsadli jamg‘arma hosil qiladilar. Kishi
naqd puli va bo‘sh vaqti bo‘lgandagina yo‘lga otlanishi mumkin. Bu omillar turgan
gap barcha potensial turistlar talabiga ta’sir o‘tkazadi va konkret turistik yo‘nalish
bilan bog‘liq bo‘lmagan sayohat imkoniyatlarini aniqlab beradi.
Ikkinchi guruh turistik talab omillarini qabul qiluvchi mamlakat shakllantiradi:
narx-navoning umumiy darajasi, taklif etilayotgan turistik mahsulotlar sifati va
xilma-xilligi. Turistik manzil iqtisodiy jozibadorligi ana shu omillar va ularning
qo‘shilishiga bog‘liq. Shveysariya kabi bir qabul qiluvchi mamlakatda qimmat baho
mustahkamlanib qolgan, Turkiyada esa nisbatan arzon narxda sifatli turistik xizmat
ta’minlanadi. Mijozlar uchun o‘zaro raqobatlashib, natijada ular hammasi birgalikda
joyidan qat’iy nazar turistik talablariga ta’sir o‘tkazishadi.
Xalqaro turizmda iste’molchilik tanlovini izohlash uchun chiqilayotgan bir-
biridan ajratilgan qabul qiluvchi va jo‘natuvchi mamlakatlarda turistik iste’molni
89
mujassam etuvchi omillarga qaramay, oldingi qarab borish lozim. Haqiqatga to‘g‘ri
keladigan navbatdagi qadam ikki konkret mamlakatlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan
iborat, ulardan birida potensial turist yashaydi, boshqasida esa tashrif buyurishni
mo‘ljallashadi.
Turistik manzil tanlanar ekan, u bir juft mamlakatlar bilan cheklanib qolmaydi,
balki bir nechta muqobil (alternativ) variantlarni tashkil etadi. Bunday ro‘yxatlar
uzundan uzun bo‘ladi (masalan, iste’molchi dam olish joyini tanlaganda qo‘yidagi
mulohazalarga amal qiladi: qumlik plyaj borligi va havo harorati kunduzi 25
o
S dan
yuqori bo‘lmasligi). Ayrim sayohatchilar o‘z safarida qandaydir u yoki bu ob’ektni
borib ko‘rishni maqsad qilib qo‘yadilar. Bunday hollarda turistik yo‘nalish avvaldan
belgilangan bo‘lib, almashtirilishi mumkin emas. Aytaylik Toj Mahalni ko‘rishni
orzu qilgan sayyohlar Hindistonga Agra shahriga yo‘l oladi. Ularda boshqa variantlar
yo‘q.
Jo‘natuvchi va qabul qiluvchi har bir juft mamlakatlarni ko‘rib chiqishda
o‘zaro shaharlikda turistik tanlovga yangi guruh omillar ta’sir o‘tkazishi qayd etiladi.
Ulardan eng asosiysi narx-navo hisoblanadi. Potensial turist o‘z mamlakati va qabul
qiluvchi mamlakatdagi narx-navo darajasini taqqoslaydi. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki,
narx-navo munosabatlari ko‘p hollarda safar haqida qaror qilishda ko‘pdan-ko‘p
tanlovda 60 % shart-sharoitga bog‘liq bo‘lib qoladi. Agar bu muammo bo‘lmasa 40
% ga tushadi. Bundan tashqari, turist-iste’molchi valyuta almashtirish kursini va
boradigan manzili uzoqligini hisobga oladi. Bu quyida keltiriladigandan bo‘sh vaqt
va pul harakterlari o‘z aksida ifodalanadi.
Uning ehtiyojiga shuningdek qabul qiluvchi tomonning turistik mahsulotni
xorijiy bozorda harakatlantirish maqsadida tashkil etiladigan reklama kompaniyasi
ham ta’sir o‘tkazadi.
Sayyoh tanlovi faqat iqtisodiy omillargagina emas balki, noiqtisodiy tartiblarga
ham bog‘liq: jumladan, huquq tartibotga rioya qilish, fuqaro erkinligi, erkin
harakatlanish, jamiyatdagi barqarorlik darajasi, moda va boshq.
Turist xulq-atvori modelini bilish katta amaliy ahamiyatga ega. Ularni
o‘rganish bozorda tovar sotishning kompleks tadqiqotlari doirasida olib boriladi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, butun bir majmua omillar turistlarga dam olish
joyini tanlashni belgilab beradi, ular orasida iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol
o‘ynaydi.
Ishbilarmon turistlar xulqi – atvori, modeli, dam olish va ko‘ngil xushlik uchun
sayohat qiluvchi shaxslar uchun harakterli bo‘lgan xulq-atvordan sezilarli farq qiladi.
Uskuna-jihozlarni o‘rnatish va sozlash, muzokaralar, shartnomalar tuzish
uchun va boshqa har xil ishlab chiqarish zarurati yuzasidan safarlarga yuborilayotgan
shaxsning didi, xohishiga bog‘liq emas. U tanlash imkoniyatidan mahrum etilgan:
«borasan, tamom» va xizmat vazifasini bajarish uchun yo‘lga otlanadi. Ammo bu
holatda iqtisodiy va noiqtisodiy cheklovlar safar haqida sayohatchining o‘zi qaror
qabul qilgan bo‘lsa ham baribir ta’sir qiladi. Ishga aloqador safarning davomiyligi,
talab qilingan xizmatlar va xizmat ko‘rsatish sifati, xuddi dam olish safari singari
daromad darajasi firmalar ishining moliyaviy ko‘rsatkichlari, narx-navo omillari,
valyuta almashlash kursi va boshqalar bilan belgilanadi.
90
Iste’molchilik tanlovining noklassik, nazariyasida asosiy tushuncha «foydalik»
hisoblanadi. Bunday yondoshuv sog‘lom fikrlashga zid emas. Biroq ko‘pchilik
iqtisodchilar iste’molchilik didining sub’ektivligi va xohish-istak hamda foydalikning
o‘lchov usuli yo‘qligini ro‘kach qilishib, bu fikrga qo‘shilmaydilar. Ular daromad
samarasi va samaradorlik konsepsiyasiga tayanishib, ehtiyoj qonuni asosida xulosa
yasashga intiladilar. Unga ko‘ra narxning o‘zgarishi talab hajmiga qanday va necha
ta’sir qilishini izohlashning ikki sababi bor. Ulardan biri narxlar o‘zgarishining real
daromadlar o‘sishiga ta’sir qilishi bilan bog‘liq. Narxning pasayishi iste’molchi real
daromadini ko‘paytiradi, unga katta miqdorda olgan tovarlar (xizmatlar) sotib olish
imkonini beradi. Ikkinchisi tovar (xizmat) iste’molining o‘sish sababi: narx tushib
ketadi, odamlar intilishi zamirida qimmatroq tovarlar (xizmatlar)ni qimmatliroq
narsalarga almashtirish ko‘zga tashlanadi.
Fikrlashning ikki yo‘li ham bitta, foydalilik konsepsisiga asoslangan, boshqasi-
daromad samarasi va uni boylikka aylantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |