Jadval 4.
Yevropa mamlakatlari bo‘yicha xalqaro turistlarning
tashrifi (2005 yil)
Asosiy turistik
yo‘nalishlar
Keluvchi
turistlarning
umumiy soni
(mln.kishi)
Hissasi (%)
Keluvchi
turistlardan olingan
daromad (mln.
dollar)
Hissasi (%)
Yevropa
441,5
100,0
348234
100,0
Avstriya
19,9
4,5
15467
4,4
Belgiya
6,7
1,5
9863
2,8
Bolgariya
4,8
1,1
2401
0,7
Xorvatiya
8,5
1,9
7463
2,1
Chexiya
6,3
1,4
4631
1,3
Fransiya
76,0
17,2
42276
12,1
Germaniya
21,5
4,9
29204
8,4
Gresiya
14,3
3,2
13731
3,9
Veneriya
10,0
2,3
4271
1,2
Irlandiya
7,3
1,7
4744
1,4
Italiya
36,5
8,3
35398
10,2
Niderlandiya
10,0
2,3
10475
3,8
Norvegiya
3,9
0,9
3441
1,0
Polsha
15,2
3,4
6284
1,8
Portugaliya
11,6
-
7931
2,3
Rossiya
19,9
4,5
5466
1,6
Ispaniya
55,6
12,6
47891
13,8
Shveysariya
7,2
1,6
11040
3,2
Turkiya
20,3
4,6
18152
5,2
Ukraina
15,6
-
3125
0,9
Buyukbritaniya
30,0
6,8
30669
8,8
Manba:
Vsemirnaya turistskaya organizatsiya (YUNVTO) ©. 2006.
Fransiya hozirgi kunda Yevropada eng ko‘p turistlar kelib ketuvchi mamlakat
bo‘lib hisoblanadi. 2006 yilda Fransiyaga tashrif buyurgan turistlarning umumiy soni
43
76 mln. kishidan ortiqdir. Eng ko‘p kelib-ketuvchi turistlar Germaniya,
Buyukbritaniya, Belgiya, Lyuksemburg mamlakatlari fuqarolaridir. Fransiyaga kelib-
ketuvchi turistlarni jalb etuvchi asosiy turistik resurslar mamlakatning xilma-xil, boy
tabiiy resurslari (Alp tog‘lari, Yassi tog‘lar, karst platolari, past tekisliklar, daryo
vodiylari,
yam-yashil o‘rmonlaridir.
Fransiyaning asosiy g‘ururi bo‘lgan
takrorlanmas dengiz qirg‘oqlari 3 ming km masofaga cho‘zilib ketgan. Mamlakatning
granit qoyalari (Britaniya), Atlantika okeani qirg‘oqlaridagi uzundan-uzoq qumli
tepalar tizmasi, baxmalsimon Mayin qumli cho‘milish plyaj (joy)lari va o‘rtayer
dengizining moviy rangli qo‘ltiq (ko‘rfaz)lari hamda Fransiyani son-sanoqsiz
madaniy, tarixiy, arxitektura yodgorliklari tashrif buyurishgan sayyohlarni o‘ziga rom
qoldiradi.
Parij shahri mamlakatda turistlarning kelishi bo‘yicha birinchi o‘rinni
egallaydi. Shaharda dunyoga mashhur bo‘lgan Eyfel minorasi, Notr-Dam
ibodatxonasi, eng yirik Luvr muzeyi, Napolyon Bonapart qabri, Lyuksemburg va
Tyuirli bog‘lari, Disleylend ko‘ngil ochar, dam olish manzilgohlari, ilm – fan
markazi Lya Vilett shahri kabilar beqiyos, son-sanoqsiz sayyohlarni o‘ziga chorlaydi.
Yevropada xalqaro tashrif buyuruvchi turistlarning umumiy soni bo‘yicha
Fransiyadan keyingi o‘rinni Ispaniya va Italiya davlatlari egallaydi. 2005 yilda
birgina Ispaniyaga keluvchi turistlarning umumiy soni qariyib 56 mln. kishiga yetdi.
Ispaniyaga tashrif buyuruvchi turistlarning aksariyat qismi G‘arbiy Yevropa
jumladan,
Germaniya,
Buyukbritaniya,
Islandiya,
Irlandiya
mamlakatlari
fuqarolaridir. Ispaniya xorijiy sayyohlarga plyajlari dam olishdan tashqari keng
ko‘lami ekskursiya dasturlarini taklif qilib kelmoqdalar. Mamlakatdagi asosiy
turistlar oqimi Salvador Dali teatr muzeyi (Fregeyros sh.), Prado muzeyi (Madrid
sh.), Ispaniya qiroli rezidensiyasi (Ekskorial sh.), ochiq osmon shahar – muzeyi
(Toledo sh.)lariga yo‘naltirilgan.
Keluvchi turistlar umumiy soni bo‘yicha Yevropada Italiya davlati uchinchi
o‘rinni egallaydi. 2005 yilda Italiyaga keluvchi turistlar soni 36,5 mln. kishini tashkil
qildi.
Italiya o‘zining xilma-xil arxitektura yodgorliklari, madaniyati, rassomlik,
haykaltaroshlik san’ati bilan dong taratgan mamlakatdir. Italiyaga ko‘proq Fransiya,
Germaniya, Shveysariya, Avstriya, Harvatiya, Sloveniya, Serbiya va Chernogoriya
mamlakatlari fuqarolari tashrif buyurishadilar. Mamlakatda turistlar ko‘proq
Venesiya, Florensiya, Pizu, albatta Rim shaharlariga borishga intiladilar.
Turistlarning to‘xtovsiz oqimi Vatikanga borib ziyorat amallarini bajo keltirish uchun
harakat qiladilar.
Yevropada xorijiy sayohatga chiquvchi davlatlar o‘rtasida Germaniya alohida
o‘rin egallaydi. Bu yerda chet ellarga chiquvchi turistlar soni yiliga o‘rtacha 5 % ga
o‘smoqda. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya turistlarning xorijiy sayyohatga
chiqishi 2020 yilga borganda ikki barobarga o‘sishi kutilmoqda va uning umumiy
soni 163,5 mln. kishi (chiqishi)ga teng bo‘lishi mo‘ljallangan.
So‘ngi yillarda turistlarning chet ellarga sayohatga chiqishi bo‘yicha Chexiya
davlati, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya kabi mamlakatlarni orqada qoldirib
ketdi. Turizm bozori Yevropaning Polsha, Vengriya, Ruminiya, Sloveniya kabi
mamlakatlarida ham tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda.
44
Osiyo turizmi. Osiyo yer sharining eng katta qit’asi bo‘lib, uning maydoni
atrofidagi orollar bilan birga 43,5 mln. kv. km. ga yaqin. Aholisi 3,8 mlrd. kishi
atrofida Osiyo va Yevropa qit’alari orasidagi quruqlik chegaralari shartlidir. Osiyo
tabiati nihoyatda xilma-xilligi bilangina emas, balki keskin tafovutlari bilan ham
ajralib turadi. Yer sharidagi eng baland tog‘ cho‘qqisi – Jomolungma (8848 m) va
quruqlikdagi eng chuqur botiq O‘lik dengizi (-395 m) shimoliy yarim sharning
sovuqlik qutbi (Oymakonda) va Mesopotamiyaning jazirama issiq o‘lkalari shu
yerdadir. Qit’aning shimolida Arktika sovuq sahrolari joylashgan bo‘lsa, janubida-
nam ekvatorial o‘rmonlar joylashgan. Osiyoda yer yuzasining 3/4 qismi yassi
tog‘liklardan, tog‘liklardan va tog‘ tizmalaridan iborat bo‘lib, tez-tez zilzilalar
takrorlanib turadi.
Xalqaro turizm bozorida Osiyo – Tinch okeani turizmi juda tezkorlik bilan
rivojlanib borayotgan mintaqalardan hisoblanadi. Birgina 2005 yilda keluvchi
turistlar soni mintaqa bo‘yicha 154,3 mln. kishiga yetdi va uning salmog‘i 19,2 % ga
ko‘paydi. Mintaqada so‘ngi 15 yil ichida (1990-2005 yillar) keluvchi turistlar soni 2,6
barobarga oshdi. 2005-2006 yillarda mintaqaga keluvchi turistlarning o‘sish darajasi
7,6 % ni tashkil qildi. Ayniqsa, yuqori darajadagi o‘sish Shimoliy-sharqiy Osiyo
(10,3 %), Janubiy Osiyo (10,1 %) va Janubiy-sharqiy Osiyo (9,0 %) mintaqalarida
kuzatildi. Shuni ta’kidlash joizki, Osiyo va Tinch okeani mintaqasining ayrim
hududlarida keyingi yillarda parranda gripining tarqalishi (2003 y.) turistlar
oqimining qisqarishga sabab bo‘ldi. Umuman olganda, Osiyo va Tinch okeani
mintaqasi o‘zining takrorlanmas rekratsiya resurslari va tabiat manzaralari bilangina
emas, balki yuqori darajadagi servis xizmati bilan ham alohida ajralib turadi.
Mintaqada turizmga sarflanadigan harajatlar miqdori Yevropa va Amerikaga nisbatan
anchagina kamligi bilan haraterlanadi. Xalqaro turistlar soni mintaqada 1970 yilga
nisbatan 17 barobarga, turizm sohasidan keladigan daromadlar esa 75 barobarga
ko‘payganligi bilan ifodalanadi. Yani ushbu mintaqa uchun harakterli bo‘lgan alomat
Yevropa singari ichki turizmning ustunligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |