31
O‘qituvchi dars tugashiga 3–5 minut qolganda o‘quvchilarni ishni tugatish zarurligi haqida
ogohlantiradi, ya’ni ular hamma yozuvlarni va hamma vazifalarni tekshirishni erkin bajarib
ulgursin. Qo‘yilgan aniq vaqtda barcha o‘quvchilar vazifalarni topshirishlari zarur.
O‘quvchilar vazifalarni tekshirib bo‘lgandan keyin, ikkinchi kun o‘qituvchi nazorat ishining
tahlilini o‘tkazadi. U ishning natijasi haqida so‘zlab beradi, yaxshi bajarilgan ishlarni ajratadi, yo‘l
qo‘yilgan xatolarni aytib o‘tadi.
Yuqorida ko‘rib chiqqan matematika darsining turlarida darsning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan
ba’zi bir xususiyatlar kelib chiqadi. Ya’ni matematika darsi o‘quvchilarning amaliy ishlariga ham
qaratilishi mumkin: o‘lchashga doir, geometrik figura chizish, predmetlarni tortish, o‘qituvchi
tomonidan ko‘rsatmalar (instrukturlashni) kiritish, o‘quvchilarni raqobatli ishlarini tashkil qilish,
bajarilgan ishlarni o‘qituvchi qabul qilish va boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.
Bunday dasturning xususiyati shundan iboratki, bu yerda o‘quvchilar faqatgina darslik va daftar
ustida ishlash bilan shug‘ullanmay, balki o‘lchash, chizish va boshqa qurollar bilan ishlashga
o‘rganadilar.
Bunday amaliy ishga bog‘liq bo‘lgan darslar quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olishi mumkin:
o‘lchash vaqtida qo‘llaniladigan asbob va qurollarni ko‘rsatish, uning tuzilishini qisqacha bayon
qilish; uni qo‘llash qoidasini aytib berish; kesma, og‘irlik va boshqalarni o‘lchash usullarini
tasavvur qilish asosida o‘quvchilarga alohida o‘lchatish; amaliy xarakteridagi mustaqil ishlar, bu
ishni tekshirish va o‘z-o‘zini tekshirish, xulosa.
Amaliy ish darslariga taalluqli ishni har bir o‘quvchi bajarishinii nazorat qilib borish kerak.
Ba’zan ishni bajarishda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Bunday holda har guruhning oldiga
vazifani shunday qo‘yish kerakki, har bir guruh a’zosi faol ishtirok etish.
5. O‘quvchilarning alohida va guruhli ishlari.
Guruhli mashg‘ulotlar butun guruh bilimidagi kamchiliklar bir xil bo‘lgandagina o‘tkaziladi.
Individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlaridagi
kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kurash, o‘quvchilarnig o‘zlashtirmaslik sabablarining oldini
olish va uni bartaraf qilishdan iborat. Guruhli mashg‘ulotlari butun sinf o‘quvchilari bilimidagi
kamchiliklar bir xil bo‘lgandagina o‘tkaziladi. Bazan bunday mashg‘ulotlar individual xaraktyerda
bo‘lishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlarning tafsiloti muvoffaqiyatni erishmoq uchun u yoki bu
o‘quvchining o‘zlash-tirmaslik sabablarini aniq bilish, ular yo‘l qo‘yadigan xatolarni aniq hisobga
olish kerak... bu o‘quvchi qaysi bosqichda «xatoga yo‘l », nimani yetarlicha o‘zlashtirmaganini
aniqlashga yordam beradi deb xulosalanadi.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,,16,17,18,19,20.
Do'stlaringiz bilan baham: