58
Kasbiy pedagogika fanning haqli ravishda tabiatning oliy mahsuli - insonning
ma'naviy shakllanishi, uning shaxs sifatida rivojlanish, komil insonni shakllanish
qonuniyatlarni, mutaxassislik asoslarini o‘rgatuvchi ustuvor fanlardan biriga aylanadi.
Oliy maktabning vazifalari kasb va pedagogik nazariyani mukammal egallagan,
o‘z mutaxassisiligi bo‘yicha har tomonlama chuqur va mustahkam bilimga ega
bo‘lgan, mustaqil tafakkur qila oladigan, davlat va jamiyat siyosatini xalq oldida
targ‘ibot qilishga layoqatli, e'tiqodli, ijodkor, tartib-intizomli bo‘la oladigan
ma'naviyatli yetuk insonni tarbiyalashdan iborat. Talabalarimiz
fan-texnika-madaniyat
taraqqiyotini jadallashtirishda murakkab asbob-uskunalar bilan ish yurita oladigan,
kasbi va pedagogikadan chuqur bilimdon bo‘lishlari davr talabi bo‘lib qolmoqda.
Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, oliy o‘quv yurtlarga endi kirgan talabalarning
ko‘pchiligi yangi hayotga, ya'ni oliy ta'lim tizimining o‘ziga xos, maktab paytlaridagi
umuman o‘xshamaydigan talablariga ruhiy qiyinchiliklar bilan ko‘nikadi, o‘zi
tanlagan kasbi haqida yetarli axborotlarga ega emas, oliy dargoh shakl va metodlarini
sekinlik bilan o‘zlashtiradi, o‘z mashg‘ulot va mustaqil vaqtlarini to‘g‘ri rejalashtira
olmaydi, ulardan unumli foydalana olmaydi, boshiga tushgan juda ko‘p yangi
tasavvurlardan qo‘rqib qoladi va qiyinchiliklar bilan ularni o‘taydi, o‘zining intilish
va irodasini shu murakkab, ba'zan og‘ir xatti-xarakatlarga sekin moslashadi.
Pedagogik va psixologik fanlar, shu jumladan “Kasbiy pedagogika” fani o‘qitilishi,
oliy o‘quv yurtlarida rejalashtirilgan tarbiyaviy ishlar tizimi jarayoni oliy maktab
hayotiga tezroq moslashtirish, uning sharoitini o‘zlashtirib olishda ko‘maklashish,
bilim va malakalarni yaxshi o‘rganishda yordam berish, kelajak kasb haqida to‘liq
ma'lumot berish, unga qiziqtirish, maxsus va ijtimoiy-gumanitar fanlar pedagogik-
psixologik fanlar bilan birgalikda bakalavriat bosqichini to‘liq o‘zlashtirishga
tayyorlash maqsadida ham o‘tilmoqda.
“Kasbiy pedagogika” fani talabalarga pedagogikaning qisqacha taraqqiyoti tarixi,
pedagogik tizimlarning tuzilishi, kasbiy pedagogikaning maqsad va vazifalari, o‘quv
jarayonni ilmiy asosda tashkil etish, ta'lim-tarbiya tizimining shakllari, davlat ta'lim
standarti, o‘quv reja, o‘quv dastur, darslik va qo‘llanmalarining mazmuni, ilmiy-
tadqiqot ishlari, o‘quvchi-talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning joriy,
oraliq, yakuniy reyting tizimi haqidagi, shuningdek, kundalik faoliyat tartibi va
mustaqil ishlarni tashkil etish, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarni
o‘tkazish, o‘quvchi-talabalarning huquq va burchlari, maxsus kasbiy va pedagogik
kitob, risola, maqola ustida ishlash kabilar bilan tanishtiradi. Ushbu fanda o‘quv
materiallarning puxta o‘zlashtirilishi uchun harakatlar qilinishi lozimligi, o‘quvchi-
talabalarni reyting tizimi asosida sinov-imtihonlarga tayyorlash hamda ularni
o‘tkazishni tashkil qilish, o‘quvchi-talaba o‘quv, aqliy va jismoniy faoliyati, uning
turmush tarzi, madaniyati va dam olishini tashkil etish singari masalalarga ham
alohida o‘rin ajratilmoqda.
59
Yangi avlodni kamol toptirmay, jamiyatimizning ilmiy, moddiy-ma'naviy bazasini
yaratmay turib, mustaqilligimizni takomillashtirib bo‘lmaydi. Bu ulug‘vor vazifani
amalga oshirish uchun bo‘lajak mutaxassis-pedagoglar ham yangi insonni
shakllantirish va rivojlantirish yo‘l-yo‘riqlarini aniq va ravshan bilib olishi darkor.
Haqiqatdan ham, yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash bilan bevosita shug‘ullanuvchi
kishilar - avallambor pedagoglar buni chuqur bilishlari zarur. Ushbu murakkab
vazifalarni ado etish uchun jiddiy ilmiylik, aqliy, ruhiy va jismoniy salohiyat, yuksak
samimiylik, oddiylik, kamtarinlik, bolalarni sevish, do‘stona munosabat va shu
o‘rinda talabchanlik, demokratik va insonparvar hamkorlik, oila va jamoada
hammalarga hurmat va ishonch, o‘quvchining taqdiri uchun qayg‘urish kabilarni
o‘zlashtirish, o‘ziga singdirib borish har bir bo‘lajak muallim uchun g‘oyat muhimdir.
Bu bayon etilgan fazilatlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Buning uchun yuksak
insoniy fazilatlarini birinchi navbatda talabalarning o‘zida oliy dargohda
o‘qishlarining birinchi kunlaridanoq boshlab tarbiyalashimiz darkor. Yosh
talabalarning saviyasini oshirish ko‘p jihatdan ularning bo‘sh vaqtdan oqilona
fodalanishlariga bog‘liq. Shuning uchun talabalar uy vazifalarini bajarishida va
mustaqil ishlari bilan shug‘ullanishida darslardan tashqari paytlardan unumli
foydalanishni bilishlari kerak. Talabalik yillari bo‘lajak pedagog - mutaxassislarning
ma'rifiy balandlik,
ma'naviy kamol, g‘oyaviy fuqarolik topish davridir.
Insonparvarlik, vatanparvarlik, jamiyatimiz yuksak g‘oyalariga sadoqat, samimiyat,
halollik va pokizalik - ana shu ajoyib va himmatli fazilatlar
hur ona yurtimizga xizmat
qilayotgan ziyolilar ko‘rkidir. Ana shu fazilatlarni tarbiyalash oliy maktabdagi barcha
professor-o‘qituvchilarning faxrli burchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: