111
tafovutlarni qay darajada hisobga olishiga bog‘liqdir. Bu borada o‘qituvchi-murabbiy
maktabgacha yoshdagi va maktab hamda o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida ta'lim
olayotgan o‘quvchi-talabalarning yosh davrlari bilan xususiyatlarini hisobga olmog‘i
lozim. Biroq, tarbiya - rivojlantiruvchi manbaa emas, bu faqat tug‘ma, tabiiy
alomatlarning rivojlantiruvchi asosiy omilidir. Faraz qiling, odam va maymun
bolalarini mutlaqo bir xil sharoitlarda o‘stirsak, tarbiyalasak, maymun bolasi bir, ikki,
o‘n yildan keyin o‘zining aqliy va ruhiy xususiyatlari bilan odam bolasiga
o‘xsharmikan? Albatta, yo‘q, irsiyat o‘z so‘zini bu yerda aniq ayta oladi: maymun
odamday fikrlashni ham, gapirishni ham, o‘zini tutishini ham o‘ziga qamrab olmaydi.
O‘quvchi-talabaning rivojlanishida o‘z-o‘zini boshqarish ahamiyati va ta'siri
beqiyos kattadir. Bola intilishi uning bilimlarni o‘zlashtirishi, tafakkurini o‘stiradi,
ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib qoladi, unda
shaxsiy va ijtimoiy xulq me'yorlari shakllanadi. Shaxs qaysi yoshda bo‘lishidan qatiy
nazar, uning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. U ulg‘aya borgan
sari uning faoliyatga intilishi ham mazmunan, ham shaklan o‘zgarib boradi, turli yosh
davrlarida esa mehnat faoliyati turlari ham o‘zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida
o‘yin, o‘quvchi hayotida o‘qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlariga intilishlari
katta ahamiyatga egadirlar. Bu borada mehnat insonning aqliy, ruhiy, jismoniy hamda
ma'naviy kamol topishida muhim manba bo‘ladi. Mehnat jarayonida odam o‘zining
nimaga qodir ekanligini ko‘rsatishga harakat qiladi. Mehnat orqali shaxsning aqliy va
axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda mas'uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. U o‘z-
o‘zini tarbiyalashga astoydil kirishadi. O‘z-o‘zini tarbiyalashga oila, o‘qituvchining
tarbiyaviy ta'siri yanada samarali bo‘lishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchi shaxsning o‘z-
o‘zini boshqarishiga yordam sifatida boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish,
bilish faoliyatining o‘zgarish sabablarini aniqlash zarur.
Shaxs, uning temperamenti, aqliy salohiyati, biron ishga layoqatligi, bilimlarni
o‘rganish va malakalarni amalga oshirish tezligi, tushunish saviyasi va o‘zlashtirish
darajasi, xarakteri, xulq-atvori, umuman aqliy, jismoniy va ma'naviy taraqqiyotini
o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu jarayon murakkab va ziddiyatlidir. Shu sababli
rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, bunda qiyinchiliklar sodir bo‘ladi. Shunday
ekan, o‘qituvchi va murabbiylar o‘quvchining ehtiyojlarida, intilish va qiziqishlarida
uning muayyan rivojlanish davridagi belgilovchi omillarning hammasi birgalikda
ta'sir ko‘rsatishini bilishi bilan ijobiy sifat o‘zgarishlarini hayotga chaqirib muntazam
ishlashi darkor. Shaxs kamoli, uning shakllanishi va rivojlanishi - bu maqsad, uni
ta'lim-tarbiyasi esa - vositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: