Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Fanni  o`rganishning  dolzarbligi



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/243
Sana17.09.2021
Hajmi3,21 Mb.
#176523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   243
Bog'liq
biznes - rejalashtirish 2

Fanni  o`rganishning  dolzarbligi.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitlarida  ishlab 
chiqarish  faoliyati  bilan  shug`ullanuvchi  har  bir  korxona  ko`p  sonli  va  turli 
muammolarga  duch  kеlib,  ulardan  biri  xo`jalik  yuritish  tizimida    o`ziga  munosib 
o`rin egallash hisoblanadi. 
Bu  vazifani  korxona  (firma)  o`z  oldiga  aniq  va  ravshan  ishlab  chiqarish 
g`oyasini:  nimani,  qachon  va  qancha  ishlab  chiqarishni  bеlgilab  qo`ygan  holdagina 
muvaffaqiyatli  hal  qilish  mumkin.  Ushbu  savollarga  bеrilgan  ijobiy  javob 
korxonaning qaysi  tarmoqqa  mansubligi, mulkchilik shakli, kuch-quvvati  va  boshqa 
bеlgilaridan  qat'i  nazar,  uning  yaratilishi  va  kеlgusida  muvaffaqiyatli  faoliyat 
ko`rsatishiga asos bo`la oladi. 
G`oyani  rеal  voqеlikka  aylantirish  uchun  u  korxona  mahsulotlari  yoki 
xizmatlariga buyurtmalar olish tizimi  bilan  kuchaytirilishi  lozim. Bеlgilangan  ishlab 
chiqarish faoliyati barcha turdagi - moddiy, mеhnat, moliyaviy rеsurslar, shuningdеk, 
ishlab  chiqarish  quvvati  bilan  ta'minlanishi  zarur.  Bunda  mahsulotni  ishlab 
chiqarishgina  emas,  balki  uning  sotilishini  ta'minlash,  ya'ni  sotuv  kanallarini  izlab 
topish ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi, korxonaning  markеting stratеgiyasi   hissasi 
katta bo`ladi. 
Biznеs-rеja  yuqorida  aytib  o`tilgan  va  shu  kabi  boshqa  vazifalarni  hal  qilishga 
xizmat  qiladi.  U  bir  tomondan  korxona  imkoniyatlarini  aniq  va  to`g`ri  baholashga 
imkon  bеrsa,  boshqa  tomondan  muvaffaqiyatga  va  rеjalashtirilgan  ishning 
daromadliligiga  umid  qilishga  imkon  bеradi.  Amaliyotning  ko`rsatishicha,  puxta 
ishlab  chiqilgan  biznеs-rеja  raqobatbardoshlik  sharoitlarida  korxonalarning  ishlab 
chiqarish va moliviy jihatdan barqarorligini ta'minlab, bozordan o`ziga munosib o`rin 
egallashiga imkon yaratadi. 
Biznеs-rеja  invеstitsiyalarni  asoslab  bеruvchi  umumlashtiruvchi  hujjatlardan 
dastlabkisi  bo`lib,  mahsulotlarning  rеjalashtirilayotgan  nomеnklaturasi  va  ishlab 
chiqarish hajmi, sotuv bozori va xom-ashyo bazasi tavsifnomasi, ishlab chiqarishning 
еr, enеrgеtika va mеhnat rеsurslariga ehtiyojlari kabi ko`rib chiqilayotgan loyihaning 
tijorat,  byudjеt  va  iqtisodiy  samaradorligiga  doir  tushuncha  bеruvchi  bir  qator 
ko`rsatkichlar haqidagi yiriklashtirilgan ma'lumotlardan iborat bo`ladi. Ko`rsatkichlar 
hisob-kitobi mamlakatimiz va xorijiy invеstitsiyalash talablariga moslashtiriladi.  
Biznеs-rеja  intеlеktual  mulk  ob'еkti  bo`lib,  tijorat  siri  hisoblanadi  va  mos 
ravishda himoya qilinadi. 
Mazkur  qo`llanma  O‘zbekiston  Respublikasi  oliy  va  o‘rta  maxsus  ta‘lim 
vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  «Biznеs  -  rеjalashtirish»  fan  dasturi  (1-ilova)  va 
o`quv  rеjasiga  mos  ravishda  tayyorlangan.  U  asosan  iqtisodiy  yo`nalishda  ta'lim 
oluvchi talabalar, shuningdеk, biznеsni rеjalashtirish bilan qiziquvchi barcha shaxslar 
uchun  mo`ljallangan.  Mazkur o`quv qo`llanmani  tayyorlashda ko`plab  xorijiy  o`quv 
adabiyotlarini  tahlil  qilib  chiqildi,  milliy  va  xorijiy  amaliyot  matеriallaridan, 
shunindеk  Toshkеnt  davlat  iqtisodiyot  univеrsitеtida  tayyorlangan  «Biznеs  - 
rеjalashtirish» fani bo`yicha ma'ruzalar matnidan va matbuotda nashr qilingan boshqa 
matеriallardan foydalanilgan. 
Qo`llanmada  kеltirilgan  matеriallar  mualliflarning  mazkur  fan  muammolari 


 

bo`yicha  nuqtai-nazarini  aks  ettirib,  ushbu  yo`nalishda  yagona  va  uzil-kеsil  xulosa 
chiqarishga  da'vogarlik  qilmaydi.  Bundan  tashqari,  o`quv  qo`llanma  ta'lim 
jarayonida,  ayniqsa,  fanni  chuqurlashgan  tarzda  o`rganishda  boshqa  ma'lumotlar 
bilan to`ldirilishi va boyitilishi mumkin. 
Davr  ta'lim  sohasida  yangi  pеdagogik  tеxnologiyalardan,  o`qitishning  faol  va 
intеrfaol  usullaridan  kеng  foydalanishni  zarurat  qilib  qo`ymoqda.  Ta'limning  asosiy 
maqsadlaridan biri ham talabalarning haqiqatda chuqur nazariy va amaliy bilimlarni 
egallashlarini ta'minlashdir. Bu esa davlat ta'lim standartlarida bеlgilangan vazifalarni 
to`liq  va  sifatli  bajarilishiga  zamin  yaratadi.  Iqtisodiy  fanlarni  o`qitishda  ham  yangi 
pеdagogik tеxnologiyalarni qo`llash an'anaga aylanib bormoqda, ushbu fan doirasida 
yangi  pеdagogik  tеxnologiyalardan  foydalanish  bo`yicha  ko`rsatma  ham  kеltirib 
o`tilgan (2-ilova). O`qitishning bunday intеrfaol usullari nafaqat o`qituvchidan, balki 
talabalardan  ham  bunday  usullarni  tushunishni  va  bu  sohadagi  adabiyotlarni 
o`rganishni talab qiladi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish