IZOHLI LU/AT
Aylanma mablag’lar – ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab
chiqarish, tayyor mahsulot, yangi mahsulotni o’zlashtirish xarajatlari, kelgusi
davr xarajatlariga sarflanuvchi korxona mablag’larining pul shaklida
ifodalanishi.
Balans - biron-bir holatning alohida tomonlarini taqqoslash va solishtirish yo’li
bilan tavsiflanuvchi ko’rsatkichlar tizimi.
Balans foydasi - korxonaning balansida aks ettiriluvchi faoliyatning barcha tur-
laridan olinuvchi umumiy foyda miqdori.
Bankrotlik - kasodga uchrash, korxonaning (tashkilot, bank) o’z majburiyatlari
bo’yicha to’lovlarni mablag’lar yo’qligi tufayli amalga oshirmasligini anglatuvchi
tushuncha. Qoidaga ko’ra, korxonani yopish yoki majburan tugatish hamda mol-
mulkini qarzlarni to’lash uchun sotib yuborishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |