Ызбекистон республикаси олий ва ырта


  Korxonaning bozor faolligi koeffitsentlari



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/243
Sana17.09.2021
Hajmi3,21 Mb.
#176523
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   243
Bog'liq
biznes - rejalashtirish 2

4.  Korxonaning bozor faolligi koeffitsentlari. 
4.1.  Bitta aktsiyaning daromadliligi = sof foyda / muomaladagi oddiy  aktsiya-
lar soni. 
4.2.  Aktsiyaning  bozor  bahosi  va  bir  aktsiyaga  to‘g‘ri  keluvchi  foyda 
o‘rtasidagi  munosabat  =  bitta  aktsiyaning  bozor  qiymati  /  bitta  aktsiyaga  to‘g‘ri 
keluvchi sof foyda. 
4.3.  Bitta aktsiyaga dividend me‘yori = bir aktsiyaga to‘g‘ri keluvchi dividend 
bir / aktsiyaning bozor qiymati. 
4.4.  To‘langan dividendlar ulushi = to‘langan dividendlar summasi / sof foyda. 
Yuqorida  eng  ko‘p  foydalaniladigan  moliyaviy  ko‘rsatkichlar  keltirildi.  Aniq 
bir  biznes-rejani  ishlab  chiqish  jarayonida  korxona  faoliyatni  o‘tgan  davrlarda  to‘la 
ko‘rsatib  bera  oladigan  ko‘rsatkichlarni  tanlab  olish  mumkin,  chunki  ularning 
ko‘pchiligi bir biriga o‘xshash yoki bir xil ma‘lumotni berishi mumkin.                                                             
Moliyaviy rejaning keyingi muhim bo‘limi tushum va xarajatlar balansi bo‘lib, 
u  biznes-loyihaning  (yangi  ish,  yangi  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  va  hokazo) 
foyda  keltirishi  yoki  keltirmasligi,  shuningdek,  bunday  ishlab  chiqarishni  tashkil 
qilish uchun qancha mablag‘ kiritish lozimligini baholashga imkon beradi. Odatda u 
korxonaning daromad va xarajatlari balansi deb ataladi. 
Mazkur  bo‘limning  asosiy  vazifasi  pul  mablag‘lari  kelib  tushishi  va 
sarflanishining  sinxronligini,  ya‘ni  har  bir  lahza  uchun  ushbu  mablag‘larning  etarli 
ekanligini  aniqlashi  lozim.  Boshqacha  qilib  aytganda,  korxona  aktivlarini  tezda  pul 
mablag‘lariga  aylantirish  yoki  loyihani  amalga  oshirishda  uning  likvidligini 
anglatadi.  Shuni  e‘tiborga  olish  kerakki,  likvidlik  bilan  bog‘liq  muammo  bozor 
munosabatlari 
sharoitlarida 
korxonalarning 
muvaffaqiyatsizlikka 
uchrashi 
sabablaridan biri hisoblanadi. 
Umuman  daromad  va  xarajatlar  balansi  korxonaning  qanchalik  samarali 
ishlashini  tavsiflaydi.  U  shuningdek,  soliq  deklaratsiyalarini  to‘ldirish,  kredit  so‘rab 
murojaat qilishda ham katta ahamiyatga ega. 
Moliyaviy  rejaning  ushbu  bo‘limida  aks  ettiriluvchi  asosiy  ko‘rsatkichlar 
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1) 
mazkur tovarni sotishdan kelib tushgan pul tushumi; 
2) 
mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish  bilan  bog‘liq  ishlab  chiqarish 
xarajatlari (moddalar bo‘yicha); 
3) 
umumishlab chiqarish xarajatlari (moddalar bo‘yicha); 
4) 
soliq va boshqa to‘lovlar; 
5) 
sof foyda; 
6) 
korxona tasarrufida qoluvchi foyda. 
Yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  ko‘rsatkichlarni  hisoblash  mexanizmi  ularga  xos 
bo‘lgan ishlab chiqarishning moliyaviy jihatlarini aks ettirib, xuddi ishlab chiqarishni 
rejalashtirish,  mahsulotni  sotish  hajmini  bashorat  qilish    va  biznes-rejaning  boshqa 
bo‘limlaridagi  kabi  alohida  jadvalda  umumlashtiriladi.  Yillik  daromad  va  xarajatlar 
balansi  choraklar  bo‘yicha,  choraklik  balans  esa  oylar  bo‘yicha  taqsimlagan  holda 
ishlab  chiqiladi.  Keyingi  holatda  ushbu  hujjat  tezkor  xarakterga  ega  bo‘lib, 


 
121 
korxonaning moliyaviy faoliyatini tartibga solishga xizmat qiladi. 
Daromad va xarajatlar balansi bilan birga korxona yil boshi va oxirida aktiv va 
passivlar  yig‘ma  balansini  turadi.  Bu  hujjatning  ahamiyati  daromad  va  xarajatlar 
balansi  kabi    yuqori  bo‘lmasada,  biznes-rejani  usiz  tuzish  mumkin  emas.  Ushbu 
balans tijorat banki mutaxassislari tomonidan turli shaklda kiritish mo‘ljallanayotgan 
aktivlarning  maqsadga  muvofiqligi  va  ularningn  summasini  baholash,  shuningdek, 
ushbu 
aktivlarni 
qaysi 
passivlar 
hisobiga 
moliyalashtirishga 
harakat 
qilinayotganligini aniqlash nuqtai nazaridan sinchiklab o‘rganiladi. Korxonaning o‘zi 
uchun bu hujjat moliyalashtirish manbalarining ishonchliligi va sifatliligini baholash 
uchun kerak bo‘ladi. 
 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish