Qisqa xulosalar
Biznes-reja tuzilmasida marketing rejasi korxonaning mahsulot sotuv
bozorlarini va raqobatchilarini baholash hamda marketing strategiyasini asoslab
berishi mo‘ljallangan.
Marketing rejasi doirasida bozor sig‘imi haqidagi, bozorning to‘yinganligi va
sig‘imining
o‘zgarishi
haqidagi
ma‘lumotlar
shakllantiriladi,
bozorni
segmentlashtirish usullari aniqlanadi, sotuv hajmi va raqobatchilar hatti-harakatlari
bashorat qilinadi, tovarni tarqatishning printsipial sxemalari, bahoni shakllantirish
usullari ishlab chiqiladi. Marketing kommunikatsiyalari kompleksi o‘z ichiga
quyidagi vositalarni oladi: reklama, sotuvni rag‘batlantirish, shaxsan sotish,
jamoatchilik bilan ishlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing, sponsoring, mahsulot-
94
pleysment, brending.
Do'stlaringiz bilan baham: |