14
asbob-uskunalar tez-tez o‘zgarib turgan iqtisodiyot globallashuvi – hozirgi kunda
biznes va tadbirkorlik korxonalari yaratilayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan muhit
aynan shundaydir. Boshqaruv xarajatlarining nisbatan kamligi, faoliyatning ko‘p
funktsionalligi iqtisodiy muvaffaqiyatga tez erishish imkoniyatlari KB va tadbirkorlik
korxonalarini jamiyatning iqtisodiyot strukturasida ustivor bo‘lishini belgilab beradi.
Kichik va o‘rta biznes, xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning nodavlat sektorida
karvonboshi hisoblanishi shubhasiz, albatta. Bundan tashqari, muhim struktura
yaratuvchi omil sifatida KB korxonalari iqtisodiyotning nodavlat sektori
rivojlanishiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadilar.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
qatoriga xususiy tarmoq va kichik tadbirkorlikni (biznesni) (KB) rivojlantirish kiradi.
Shu nuqtai nazardan ham ularni rivojlantirishni jadallashtirish va YaIMdagi ulushini
ko‘paytirish, bozor iqtisodiyotiga mos tovar va xizmatlar bozorini shakllantirish
hamda mahsulot eksportini oshirishda asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi: davlat
tashkilotlarini xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini cheklash, xususiy
tadbirkorlarni resurslar va sotish bozorlarida ishtirokini kengaytirish, moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha soliq imtiyozlarini joriy etish.
Kichik tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng
qamrovli chora-tadbirlar, xususan, tadbirkorlikni erkin faoliyat yuritishi uchun
kafolatlarning ta‘minlanganligi, ularni davlat tomonidan ro‘yxatga olishning ixcham
mexanizmining joriy etilishi, kredit mablag‘laridan foydalanish doirasining
kengayishi, qulay makroiqtisodiy muhitning shakllanganligi, milliy valyuta kursi
barqarorligi, KBning YaIMdagi ulushini o‘sishini ta‘minladi.
Bu sharoitlarda odamlar psixologiyasini o‘zgartirish, tadbirkorlik motivatsiyasi
tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, biznes va tadbirkorlik
«yuqoridan» berilgan chaqiriq va tashabbus emas, balki insonning, butun jamiyatning
hayotiy ehtiyoji bo‘lishi lozim. Biznes va tadbirkorlikni moddiy ishlab chiqarishni
rivojlantirish hamda mavjud va ishlab chiqarishga jalb qilinayotgan resurslardan
samarali foydalanishga yo‘naltirish muhim. Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, aynan
ishlab chiqarish yo‘nalishidagi biznes tufayli ko‘plab /arb mamlakatlari, hozirgi
kunda esa Sharq mamlakatlari ham ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va
iqtisodiyotning gullab-yashnashiga erishgan.
Shu sababli ishlab chiqarish yo‘nalishidagi, ya‘ni oldi-sotdiga emas, balki aholi
va jamiyat uchun kerakli mahsulot chiqarishga asoslangan biznesni rivojlantirish
iqtisodiyotning ustivor yo‘nalishiga aylangan. Rivojlanishning aynan shu yo‘li milliy
boyliklarni ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: