Marketing kommunikatsiyalari kompleksi o‘z ichiga quyidagi vositalarni
oladi: reklama, sotuvni rag‘batlantirish, shaxsan sotish, jamoatchilik bilan ishlash,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing, sponsoring, mahsulot-pleysment, brending.
Eng maqsadga muvofiq, samarali kompleksni aniqlashda har bir tashkil etuvchi
vositalarning kuchli va kuchsiz tomonlarini hamda samarali bo‘lish shartlarini
hisobga olish lozim.
Reklama - bu ma‘lum sponsor nomidan g‘oyalar, tovarlar hamda xizmatlarni
taklif va taqdim etishning har qanday pullik shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |