Korxonaning baho taktikasi.
Boshlang‘ich, dastlabki bahoni belgilash va uning maqsadiga muvofiq
o‘zgarishi yo‘nalishlarini aniqlab olish bilan bahoni shakllantirish jarayoni to‘xtab
qolmaydi. Bahoni belgilashda bozorni o‘zgarishini hisobga olib borish lozim, lekin
mahsulotning bahosini (narxi) o‘zgarishi belgilangan bahoning yuqori va quyi che-
garasida bo‘lishi kerak. Bozor talablariga ko‘ra bahoni to‘g‘rilab borish, ishlab
chiqaruvchilar tomonidan bir qator qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutadi. Natijada
ma‘lum bosqichdagi mahsulotning oxirgi bahosi o‘rnatiladi.
Korxonaning baho taktikasi yoki dastlabki bahoni to‘g‘rilab borish
yo‘nalishlarining eng asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |