Suyaklarning birlashuvi.
Odam tanasidagi barcha suyaklar birikishi natijasida tana skeleti hosil
bo‘ladi. Suyaklar birlashuvi anatomik-fizialogik xususiyatiga ko‘ra uch turga
bo‘linadi
1.Harakatsiz (uzluksiz) birlashma -sinartrosis.
2.Harakatchan (uzlukli) birlashma-diarthrosis.
3.Yarim bo‘g‘im (chala bo‘g‘im)- hemiartrosis.
Harakatsiz yoki kam harakatli birlashmada suyaklar o‘zaro tog‘ay yoki
qo‘shuvchi parda yordamida birlashadi va o‘z navbatida uchga bo‘linadi.
1.Sindesmos birikish: Suyaklar tolali biriktiruvchi to‘qimalar vositasida
birikadi. Masalan boldir va bilak suyaklararo parda vositasida birikishi, kalla
skeleti qopqog‘i suyaklarining chok hosil qilib birikishi.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |